Kimlar o‘qitilishi kerak
MTT faoliyati qayta tiklanishiga qadar,
barcha xodimlar o‘qitilishi kerak: rahbariyat,
ma'muriyatning boshqa xodimlari, tarbiyachilar va o‘quv jarayoniga jalb etilgan barcha
mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, tarbiyachilar yordamchilari, texnik xodimlar va oshxona
ishchilari.
MTT rahbari xodimlarni doimiy ravishda kasbiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda,
ularning psixologik salomatligini qo‘llab-quvvatlashi va ruhiy-ijtimoiy ehtiyojlarini ino-
batga olgan holda harakat qilishi lozim.
MTT, ularning xodimlari o‘qitilmaguncha, o‘z faoliyatlarini qayta yo‘lga qo‘ymay turishlari
kerak. MTT fayoliyati qayta ochilgandan so'ng, xodimlar, shubhasiz, tajriba almashish
va yanada ko‘proq ma'lumot/tavsiyalar olish yo‘lida qo‘shimcha imkoniyatlarga ehtiyoj
sezadilar; bunday imkoniyatlar ularga dasturlarni samarali ravishda moslashtirishga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |