Bolalarga COVID-19ga qarshi asosiy profilaktika choralari nimalardan iborat
ekanini o‘rgatish kerak:
■
Qo‘llaringizni muntazam ravishda, kamida 20 soniya davomida, sovun bilan yuving
(1-surat). Qo‘l yuvish vaqti kamida 20 soniya bo‘lishi uchun, bolalar bilan qandaydir
bir qo‘shiqni yod oling.
1-surat. Qo‘l yuvish qoidasi
■
Bolalar kundalik hayotining bir qismi sifatida, qo‘l gigiyenasini tez-tez amalga
oshirib turish jadvalini tuzing. Bolalarni har ovqatlanishdan oldin va keyin,
hojatxonaga borgandan, o‘ynab bo‘lgandan, sayr qilib kelganlaridan so‘ng, albatta
qo‘llarini sovun bilan yuvishga odatlantiring.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |