O`zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi


Xulosa……………………………………………………………………….. 23



Download 85,07 Kb.
bet2/14
Sana31.12.2021
Hajmi85,07 Kb.
#209101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
tayyor

Xulosa……………………………………………………………………….. 23


IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….. 25

Kirish

Hozirgi davrda butun olamdagi deyarli barcha oilalarning ham maslahatgo‘yi, ham hamkori va do‘stiga aylanib ulgurgan televideniya sohasi zamon talablariga monand tobora rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Televizoringiz chiroyli ko‘rsatsa ovozi jozibali bo‘lsa rohatlanasiz, asablaringiz dam oladi, ayniqsa, dunyodagi ajoyib tabiat manzaralari, mo‘jizakor maaskanlarini raqamli televideniya orqali tomosha qilsangiz, bilimingiz, dunyoqarashingiz kengayib, dilingiz orom oladi.

Ma’lumki, o‘lkamizda televideniya sohasi yarim asr oldin yo‘lga qo‘yilgan. Ilk surat shaklidagi tasvirni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga uzatish XIX asrning 2-yarimida amalga oshirilgan, ammo shuni ta’kidlash joizki, televideniya texnologiyasi faqatgina bir inson tomonidan yoki bir vaqtning o‘zida yaratilgan emas. Televideniya zamirida 1873-yilda Uilloubi Smit tomonidan selenda aks ettirilgan tashqi fotoeffektning (fotoelektron emissiyasi) kashf etilishi yotadi.

Ma’lumki, televideniya sohasida dastlabki qadamlar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiylar tomonidan qo‘yilgan bo‘lib, 1928-yil 26-iyul kuni harakatlanuvchi tasvir Toshkent shahrida masofaga uzatilgan. Ushbu tajriba Toshkent tramvay trestida o‘tkazilganligini inobatga olgan holda, Toshkent zamonaviy televideniyaning vatani deb hisoblanadi.

Tramvay trestidan uzatilgan harakatlanuvchi tasvir Toshkent shahri, Bola Masjid ko‘chasi, 74-uyda yashovchi Yusuf aka va Xamza opa Mirzamuhamedovlar uyida qabul qilingan. Toshkent tajribasiga yo‘l ochib bergan dastlabki televizion to‘lqin qabul qiluvchi qurilma, «telefot» deb nom olgan. XX asrning 2-yarmidan teleko‘rsatuvlar dunyo bo‘ylab keng ko‘lamda tarqala boshladi.

Hozirgi davrda zamonaviy televideniya raqamli televideniya deb ataladi. Bunga sabab hozirgi zamon raqamli televideniyaning imkoniyatlari juda keng. Unda radio-to‘lqinli spektorni samarali qo‘llash va ko‘p dasturli televizion ko‘rsatuvlarni uzatish, interaktiv xizmatlarni joriy etib, yuqori sifatli televizion video tasvirlarni berib borish imkoni bor.

Bugungi kunda raqamli televideniya Toshkent shahri hamda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida reja asosida va bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda.

Hozirning o‘zidayoq Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarining aksariyat hududlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilivchi har bir fuqaro zamonaviy televizor yoki raqamli tunerni xarid qilgan holda, yuqori sifatli tasvirdagi teledasturlarni bemalol tomosha qilish imkoniga ega.

Shunday qilib, hozirda raqamli televideniya respublikaning katta foiz aholisini qamrab olgan.

Raqamli televideniya tarmog‘i abonentlari bilan samarali ish olib borish maqsadida «UZDIGITAL TV» MCHJning internetdagi rasmiy saytida(uzdtv.uz) shaxsiy kabinet mavjud bo‘lib, uning yordamida abonent xizmatlar ko‘lami hamda shaxsiy hisob-raqam holati to‘g‘risida axborot olish mumkin. Shuningdek, yaqindan boshlab Internet tarmog‘i foydalanuvchilari ushbu shaxsiy kabinet orqali o‘z xizmatlarini boshqarish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shu jumladan, 2012-yildan e’tiboran to‘lovlarni qabul qilishga mo‘ljallangan SMS-TO‘LOV tizimidan foydalanish yuzasidan ish olib borilyapti. Bu o‘z navbatida, raqamli TV abonentlariga mobil telefonlaridan SMS-xabarlarini jo‘natish orqali shaxsiy hisob-raqamlarini to‘ldirish imkonini berdi.

Ushbu xizmat doirasini kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:


• SMS xabarlari orqali tarif rejasi, hisob-raqamidagi qoldiq va to‘lovning tugayotganligi haqida ogohlantirish uchun SMS servislarini kiritish bo‘yicha;
• xizmatlar, hisob-raqami holati haqida abonentlarga ma’lumot beradigan va tovush menyusi orqali xizmatlarni boshqarishga ko‘maklashadigan «avtoinformator» tizimini o‘rnatish bo‘yicha.

Bundan tashqari, efirga uzatilayotgan va uzatiladigan ko‘rsatuvlar haqida tuner menyusidan ma’lumotlar va ko‘rsatuvlar dasturini o‘z ichiga qamrab oluvchi raqamli televideniyaning qo‘shimcha xizmati — «Telegid»ni ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Raqamli texnologiyalar dastur yaratuvchilari va teletomoshabinlar o‘rtasidagi bevosita jonli muloqot vositasiga aylanib, nafaqat axborot qabul qilishga, balki uning shakllanishi, yuqori sifatli televideniya translyatsiyasi, ma’lumotlarni uzatish maqsadida teledasturlardan foydalanish hamda teletomoshabinlarga qulay vaqtda, statsionar va mobil holatda dasturlarni tomosha qilish uchun imkon yaratadi.


Download 85,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish