Ommaviy axborot vositalari haqida
Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommаviy axborot yetqazishning boshqa shakllarini o’z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib uzatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi sabab bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsiya va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. Ommaviy axborot vositalari axborot manbayi hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbayi uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali bog’langan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat uzatilayotgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy guruhlar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir ko’rsatadi. O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi.
Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: urushni propoganda qiluvchi, yovuzlik va bosqinchilikni targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, hujjatli va badiy filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sog’ligiga zarar yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotosyomka yordamida tayyorlangan, mavjud jurnalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bo`lgan ma`lumotlarni buzish, ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxs yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi. Jurnalistlik huquqini shuningdek shaxs yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, yoshi, kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi, hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida ishlatish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositasi insonlar hayotida muhim o’rin egallaydi desak ham bo’ladi. Chunki odamlar OAV orqali dunyoviy hayotdan, yangiliklardan, ilmdan va ko’plagan foydali ma’lumotlardan xabardor bo’ladi. Shuningdek Ommaviy axborot vositasi har xil sohalarda o’z o’rnini egallagan.
OAV bo’lib hisoblangan gazeta va jurnallar haqida aytadigan bo’lsak.
Gazeta - (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obʼyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan birga G. tovar — moddiy mahsulot ham hisoblanadi. G. hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan koʻp boʻlishi mumkin.
Gazeta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazadi va shu yoʻl bilan oʻz oʻquvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo boʻlishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlar shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon boʻladi. Huquqiy demokratik jamiyatda gazeta faoliyati tegishli qonunchilik asosida kechadi. U oʻzi tarqatayotgan axborotning xolis va haqqoniyligi uchun qonun oldida javobgar hisoblanadi, xalq maʼnaviy qudratini yuksaltirishga, omma ijtimoiy ongini rivojlantirishga koʻmaklashadi, hokimiyat bilan jamiyat oʻrtasida xolis vositachi vazifasini oʻtaydi. Jamiyat va xalq nomidan boshqaruv idoralarining faoliyatini nazorat ostiga oladi. Demokratik jamiyatda kafolatlangan siyosiy erkinliklar, jumladan matbuot erkinligi G. faoliyatining samarali boʻlishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Avtoritarizm va totalitar tuzum sharoitida esa G. bunday imkoniyatdan amalda mahrumdir.
G.da turli janr va uslublardan, ayniqsa axborot va b. publitsistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi; sharu,, suhbat (intervyu), taqriz va b. vositasida voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi; maqola, obzorlar va sharxlarda voqelik tahlil qilinadi; bulardan tashqari G.da lavha, ocherk, pamflet, felyeton kabi publitsistik janrlardan ham foydalaniladi; shuningdek unda gazetxon-larning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar, chizma va fotosuratlar bosiladi. G.ni bezatish oʻziga xos boʻlib, bu avvalo G. mazmunini gazetxonga qiziqarli va ommabop tarzda yetkazish, muhim xabar va fikrlarga ularning eʼtiborini jalb etishga qaratiladi. G. faoliyati bosh muharrir, boʻlimlar mudirlari, turli yoʻnalishdagi muxbirlar (reportyor, sharhlovchi va b.)dan iborat tahririyat tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Koʻpgina G.larning maxsus muxbirlari, mamlakatning ichida vaxorijiy davlatlarda oʻz muxbirlari boʻladi. G.lar faks, "Internet" tizimi, telefon va teleks vositalari orqali dunyoning turli chekkalaridan zud ax-borotlarni olib turadi.
G.ning ibtidoiy turi dastlab Rim-da — mil. av. 1-asrda (varaka va byulletiyeklar shaklida), Xitoyda 7-asrda ("Di bao" — "Poytaxt axboroti" nomi bilan) chiqqan. Hoz. gazetalarning dastlabki turlari 16—17-asrlarda Yevropada paydo boʻlgan. Ular xususiy shaxslar, ak-sariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari tomonidan nashr qilingan. Ilk G.lar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada boʻlgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, ti-jorat xabarlari bosilgan. 16-asrda Venesiyada yozma axborotlar uchun "gazetta" degan chaqa pul toʻlashgan (nomi ham shundan). 1631 y.da Parijda qirol Lyudovik XIII (1586—1653) ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar — Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda "La Gazzette" nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. Hoz. maʼnodagi "gazeta" termini mana shu nashr tashkil qilingach, soʻzlashuvda rayem boʻla boshlagan, degan fikr mavjud.
G.chilik 18-asrdan eʼtiboran, ayniqsa Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH mamlakatlarida taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda koʻplab ijtimoiysiyosiy yoʻnalishdagi kundalik G.lar paydo boʻldi. Mazkur davrda tarmoq, yaʼni soha G.lari ham tarkib topdi. Umumsiyosiy nashrlar qatoriga iqtisodiyot, tijorat, ilm-fan, adabiyot, sport va b. sohalarga ixtisoslashgan maxsus G.lar qoʻshildi. G.lar chiqarish bilan xususiy noshirlardan tashqari turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, firma va kompaniyalar ham shugʻullana boshladi. Shu tariqa G.lar turli siyosiy qarashlar, mafkuralar jarchisiga aylana bordi, uning paydo boʻlishi va ravnaq topishida ijtimoiy hayotning faollashuvi, ommada ijtimoiy axborotga ehtiyojning ortishi, savdo, sanoat va maorifning yuksalishi, bosmaxona anjomlari va qogʻoz i. ch.ning rivojlanishi, axborot toʻplash, uni qayta ishlash va tarqatish muassasalari tarmogʻining kengayishi va b. omillar muhim ahamiyat kasb etdi.
Demokratax qadriyatlarning , siyosiy erkinliklarning umumjahon miqyosida eʼtirof qilinishi va jamiyat hayotiga singishi tufayli G.lar yoʻnalishi va mazmunida jiddiy oʻzgarish-lar sodir boʻladi. Demokratik rivojlanish yoʻlidan borayotgan mamlakatlarda G.lar oʻzlarini shaxe va jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida namoyon etmoqdalar.
G.chilik taraqqiyoti Oʻzbekistonda ham oʻz tarixiga ega. Bu yerda 19-asrning 70-y.laridan "Turkestanskiye vedomosti" G.sining chiqa boshlashi Turkistonda davriy matbuotning ibtidosi boʻldi. Unda oʻlka tarixi, madaniyati, geogr.si, etnografiyasi, sanoati va b.ga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda oʻzbek tilida "Turkiston viloyaining gazeti" ham nashr etila boshladi. 1917 y.gacha Turkistonda bu ikki G.dan tashqari, turli vaktlarda oʻzbekcha va ruscha (baʼzan qirgʻiz va tojik tillarida) 100 dan ortiq G.lar chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari — Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Qoʻqon, Andijon, Fargʻona va b. shaharlarda nashr etilgan. Bular vazifasi, davriyligi va b. xususiyatlari jihatidan turlicha edi. 20-asr boshida hozirgi Oʻzbekiston hududida taraqqiyparvar oʻzbek maʼrifatchilari tomonidan nashr qilingan "Tarakkiy", "Xurshid", "Shuhrat" (1906—07), "Buxoroyi Sharif", "Samarkand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona"( 1912—15), "Najot", "Fargʻona nidosi", "Turk eli", "Xurriyat", "El bayrogʻi" (1917—18) kabi G.lar milliy gazetachilik tarixida munosib oʻrin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari oʻz ifodasini topgan. Ayniqsa "Taraqqiy" birinchi bor erkinlik, tenglik gʻoyalarini ilgari surdi, jadidlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning maʼnaviy zamini masalasiga katta eʼtibor berdi. Shuning uchun ham OʻzR Oliy Kengashi "Taraqqiy" G.sining 1-soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasini oʻzbek jurnalistlarining kasb bayrami — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi (1993).
Oʻzbekistonda shoʻro tuzumi davrida oʻzbek va b. mahalliy tillarda, shuningdek rus tilida yangi yoʻnalishdagi G.lar tizimi tarkib topdi. Bularning barchasi ("Sovet Oʻzbekistoni", "Pravda Vostoka", "Haqiqati Oʻzbekiston", "Qishloq haqiqati", "Oʻqituvchilar gazetasi", "Yosh leninchi" va b.) kommunistik mafkura na-zorati ostida nashr etilgan, totalitar tuzum maqsadlariga xizmat qilib, kompartiya xohish-irodasini ifoda etgan. Ularning sahifalarida xalq tarixini soxtalashtiruvchi, milliy qadriyatlarni yerga uruvchi, mamlakatdagi yakka hokimlik siyosatini keng qoʻllabquvvatlovchi, dahriylikni targʻib etuvchi maqolalar koʻplab bosilgan. Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach (1991), G.larga mafkuraviy yakkahokimlik barham topdi. Shundan soʻng mavjud G.lar oʻz siyosiy yoʻnalishini, mazmun-mohiyatini tubdan oʻzgartirdi. Ayrimlarining nomi ham oʻzgardi: "Sovet Oʻzbekistoni" — "Oʻzbekiston ovozi", "Haqiqati Oʻzbekiston" — "Ovozi tojik", "Qishloq haqiqati" — "Qishloq hayoti", "Oʻqituvchilar gazetasi" — "Maʼrifat", "Yosh leninchi" — "Turkiston", "Lenin uchquni" — "Tong yulduzi" nomi bilan chiqa boshladi .
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida"gi qonun (1997)ga binoan G.lar taʼsis etish huquqiga ega boʻldi. Oʻzbekistonda tur va xil jihatdan farqlanuvchi keng tarmoqli G.lar tizimi tarkib topdi. Ayni paytda OʻzR da 507 nomda (shundan 77 tasi respublika, 162 tasi viloyat, 176 tasi tuman, 45 tasi koʻp nusxali) G.lar nashr etiladi. Bularning bir galgi oʻrtacha umumiy adadi qariyb 2,1 mln. nusxadan iborat (2001).
G.lar oʻzbek, rus, qozoq, tojik, qoraqalpoq, koreys, ingliz va b. tillarda chiqadi. Oʻzbekistonning yetakchi G.si— "Xalk soʻzi" va "Narodnoye slovo" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Respublika Vazirlar Mahkamasining nashridir. Bu G.lar haftasiga 5 marta chop etiladi. Oʻzbekistondagi oshkoralik va demokratiya muhitida yuzaga kelgan yangi partiyalar ham oʻz G.larini nashr eta boshladilar (qarang "Oʻzbekiston ovozi", "Milliy tiklanish", "Adolat", "Fidokor"). Bundan tashqari turli hukumat idoralari, xalq harakatlari, uyushmalar, jamgʻarmalar muassisligida nashr etilayotgan G.lar ("Birlik—Yedinstvo", "Xurriyat", "Oʻzbekistan adabiyoti va sanati", "Mulkdor", "Mening mulkim" — "Chastnaya sobstvennost", "Sogʻlom avlod", "Savdogar" va b.) ham chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻplab reklama-tijorat, xususiy G.lar paydo boʻldi. "Darakchi", "Tasvir", "Biznesvestnik Vostoka", "EKO", "Sado", "7x7", "Zakovat", "Vostochnie vesti", "Qizilqum" kabi G.lar shular jumlasidandir. Ularning bir galgi adadi 30 mingdan 250 minggacha nusxani, hajmlari 48—64 sahifani ("Biznes-vestnik Vostoka", "Solikdar va bojxona xabarnomasi") tashkil qiladi (yana Q. Matbuot, Jurnalistika ).
Jurnal — biror nom ostida muntazam chop etiluvchi vaqtli nashr. Gazetadan qogʻozi sifati yaxshiroqligi va varaqlari birlashtirilgani bilan farqlanadi.
Jurnal (fransuzcha: journal — kundalik daftar) — bosma davriy nashr. Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakl-lantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Ing . „Magazine“, frans. „Revue“, nemischa „Zei schrift“, ispancha „Relista“ soʻzlari ham jurnal maʼnosini anglatadi. Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan jurnallar, odatda, haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gaz.ga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va b. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi.
Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnallarda suhbat, publitsistik kuzatuv, maʼlum mavzuni sharhlovchi maqolalardan tashqari, reportajlar, sheʼrlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. Soʻnggi paytlarda ommaviy jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy sanʼat asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari va h. k. tobora kengroq oʻrin olmokda. Haftalik, oʻn kunlik jurnallarda chizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi. Ilmiy jurnallarda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham eʼlon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda jurnal mundarijasi va uning oʻquvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy jurnallar — ijtimoiy-siyosiy va adabiybadiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi.
jurnalchilik taraqqiyoti. Jurnalchilik tarixi Fransiyada „Jurnal de Savan“ („Olimlar jurnali“), („Journal des scavans“, keyinroq „Journal des savants“) jurnaldan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665-yilning 5 yanv.da bosmadan chiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi boʻyicha Yevropaning turli mamlakatlarida nashr qilingan kitoblar haqida maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, shu yili, Londonda „Filosofishal tranzekshne of Royyal sosayenti“ („Qirollik jami-yatidagi falsafiy oʻzgarishlar“) jurnal nashr qilingan. Turli kitoblar sharhidan iborat boʻlgan bunday jurnallar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo boʻlgan, faqat mavzular doirasi tor bulganligi uchun bu jurnallar omma orasida keng tarqalmagan.
jurnalchilik 19-asr 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda jurnal targʻibotining usul va vositalarida ham katta oʻzga-rishlar yuz berdi. Jurnallar adadi uzluksiz oʻsib bordi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida jurnallarning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi oʻrin egallay boshladi. 1960-yil oxirida AQSH da 9400, Angliyada 4600, Fransiyada 14600 (bu mamlakatda siyosiy gaz.lardan tashqari, davriy nashrlarning hammasi jurnallar roʻyxatiga kiritiladi), GFRda 2200, Yaponiyada 5800 ga yaqin jurnal nashr qilingan. Ayrim mamlakatlarda (AQSH, Fransiya, Angliya) jurnallar kundalik gaz.larga nisbatan tez tarkaladi. Rasmlibezakli ommabop jurnallar miqdori va adadi boʻyicha AQSH dunyoda oldingi oʻrinda turadi (1960-yil oxirida „The Reader’s Digest“ 17,5 mln.; „Pazad“ 8 mln.; „Life“ 7,3 mln. nusxada chop qilingan).
Oʻzbekistonda jurnalchilik. Turkistonda davriy matbuotga 19-asrning soʻnggi oʻn yilligida asos solingan: 1896-yil Toshkentda „Sredneaziatskiy vestnik“ („Oʻrta Osiyo darakchisi“) jurnalning birinchi soni bosmadan chiqadi. Keyinchalik „Turkestanskiy skorpion“ („Turkiston chayoni“, 1907), „Srednyaya Aziya“ („Oʻrta Osiyo“, 1912), „Stepnie miraji“, („Sahrodagi sarob“, 1914) jurnallari nashr qilinadi. Bu jurnallarda asosan adabiy janrlarda yozilgan asarlar chop etilgan. „Srednyaya Aziya“ jurnalda Turkistondagi mahalliy aholining madaniy hayotiga oid materiallar ham oʻrin olgan.
Turkistonda milliy jurnalchilik tarixiga atokli maʼrifatparvar adib va publitsist Behbudiy asos solgan. Uning muharrirligida 1913—1915-yillarda Samarqand sh.da „Oyina“ jur. nashr qilingan. Mazkur jurnal turkistonliklarni zamonaviy ilmu urfondan, maʼrifatdan bahramand etish, oʻlkadagi milliy taʼlim tizimini isloh qilish kabi davr uchun dolzarb masalalardan bahs yuritgan. Oʻzbek tilidagi ikkinchi jurnal „Al-Isloh“ nomi bilan Toshkentda nashr qilingan.
1917—18 y.larda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi bir qancha yangi oʻzbekcha jurnallar paydo boʻldi. Qoʻqonda 1-soni Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida „Kengash“ (keyinchalik „Hurriyat“ nomi bilan chiqqan), taniqli olim va publitsist Ashurali Zohiriy rahbarligida „Yurt“ jurnallari nashr qilingan. Toshkentda „Chayon“ (1917), „Ishchilar dunyosi“ (1918) kabi yangi jurnallar chiqa boshlagan. „Yurt“ va „Chayon“ jurnallari Turkiston muxtoriyati gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan va targʻib qilgan. „Ishchilar dunyosi“ bolsheviklarning xususiy mulkni tugatish sohasidagi siyosatini tanqid qilgani uchun shoʻro hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan. 1918—24 y.lar Turkistonda jami 129 nomda jurnal va byulletenlar nashr qilingan. Ularning asosiy qismi rus tilidagi tarmoq nashrlaridan iborat boʻlib, ayrim jurnallar bor-yoʻgʻi 1—2 soni chiqqan, xolos. Shu davrda oʻzbek tilida nashr qilingan „Oʻzgarishchi yoshlar“ (1922-24), „Inqilob“ (1922-24) va „Mushtum“ (1923) jurnallari nisbatan keng tarqalgan. Bu nashrlarda Nazir Toʻraqulov, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Usmonxon Eshonxoʻjayev, Gʻozi Yunus singari isteʼdodli oʻzbek adiblari va publitsistlari faol hamkorlik qilganlar.
20-y.larning 2-yarmida Oʻzbekistonda oʻzbek tilida „Yer yuzi“ (hoz. „Guliston“), „Yangi yoʻl“ (hoz. „Saodat“), „Maorif va oʻqituvchi“, „Yangi kishloq“, „Alanga“ kabi ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi yangi jurnallar tashkil topdi. „Yer yuzi“ oʻzbek tilidagi birinchi rasmli-bezakli ommabop nashr hisoblanadi. 1930-yil boshida u 10000 nusxada chiqqan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida jurnallar tarmogʻi keskin qisqardi. Urush tugagach, koʻpchilik jurnallar qaytadan chiqa boshladi, yangi jurnallar paydo boʻldi. 1975-yilda Oʻzbekistonda jami 134 nomda jurnal chop qilingan. Jurnallar faoliyati ham gaz.lar kabi oʻsha davr tuzumi koʻzlagan siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga boʻysundirilgan.
Oʻzbekistonda davlat mustaqilligi eʼlon qilingach, keng ommaga moʻljallangan mavjud jurnallar faoliyati qayta tashkil qilindi. Respublikada jami 165 jurnal nashr etiladi, ularning yillik oʻrtacha adadi 704,7 ming nusxa (2002). Yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda, milliy ongni oʻstirishda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-badiiy jurnallar yetakchilik qilmoqsa. Bu turkumga mansub „Sharq yulduzi“, „Guliston“, „Saodat“, „Muloqot“, „Fan va turmush“, „Yoshlik“, „Mushtum“ jurnallari katoriga istiklol davri jurnallari — „Tafakkur“, „Sogʻlom avlod uchun“, „Jahon adabiyoti“ qoʻshildi.
Bulardan tashqari, yangi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy munosabatlarni ask ettiruvchi maxsus jurnallar — „Bozor, pul, kredit“, „Menedjer“, „Optovik“, „Jamiyat va boshqaruv“, „Buxgalter kutubxonasi“, „Tijorat“, „Ekonomicheskoye obozreniye“ (rus va ingliz tillarida) ham tashkil topdi. Avtomobilchilar uchun moʻljallangan „Avto-olam“, „Avto PressTIJ“ singari yangi nashrlar paydo boʻldi, „Nash futbol“ (oylik nashr) va „Prilojeniye k jurnalu Nash futbol“, „PressTIJ“ va „Biznes Osiyo“ haftalik jurnallari chiqmoqda. Bulardan reklama materiallari keng oʻrin olgan. „PressTIJ“ tahririyati tomonidan tayyorlanayotgan „Press TIJ-TV“ xaftaligi 53 ming nusxada (1999) tarqaladi. 1998-yildan respublikada „Saida“ nomli rasmli-bezakli ayollar jurnalli oʻzbek va rus tillarida nashr qilinadi.
Oʻzbekistonda ilmiy jurnallarning keng tarmogʻi mavjud. Oʻzbekiston FA ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan 12 ta ilmiy akademik jurnal nashr qilinadi (2002). Ularda mamlakat olimlarining nazariy va amaliy tadqiqotlari, taj-ribalari yakunlari yoritiladi. „OʻzR Fanlar akademiyasi maʼruzalari“ jurnali ilmiy akademik nashrlarning yetakchisi hisoblanadi. Jurnal sahifalarida fanning barcha sohalariga oid tadqiqotlar natijasining qisqa mazmuni eʼlon qilinadi. „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnallari ijtimoiy fan sohalari, „Informatika va energetika muammolari“, „Mexanika muammolari“, „Oʻzbekskiy ximicheskiy jurnal“, „Oʻzbekskiy biologicheskiy jurnal“ nashrlari aniq va tabiiy fanlar tarmogʻidagi ilmiy yutuqlarni aks ettiradi. „Tabiiy birikmalar kimyosi“ va „Geliotexnika“ jurnallari 1965-yildan nashr etilmoqda. Ushbu jurnallar AQShda ingliz tiliga tarjima qilib chiqariladi. Oʻzbekiston ilmiy jurnallarining koʻpchiligi AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya va b. mamlakatlarning ilmiy markazlarida ham tarqaladi.[1]
“
Do'stlaringiz bilan baham: |