46
sohasidagi
ilmlarni
xulosalab,
mujassamlashtirilsa,
ular
sakkizta
asosiy
fazilatlargaylanadi:
yaxshi fikr pokiza odob-ahloq
go‘zal fe'l-atvor xushgo‘y muomalalik
halol ish, ezgu sabr-toqat,
yuqori kuch-g‘ayrat ma'noli mardlik
Ushbu sifatlar o‘qitishning, ta'lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh
maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish,
yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o‘quv, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira
borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko‘nikmalar hosil qilishdan
iborat bo‘lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini
ko‘rsatadi.
Pedagogika
fanining
predmeti
o‘qitishning
ta'lim-tarbiya
zamonaviy
qonuniyatlari, mazmuni, usullari. vositalari bilan kelajak yosh mutaxassislarni
qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va
vazifalari dunyoning moddiy-ma'naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi
qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Ta'lim berish, o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy
huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ruyobga
chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini
ta'minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu sohada faoliyat
ko‘rsatish uchun moddiy-ma'naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan
iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta'limning har bir bo‘g‘ini turi va bosqichlarining
o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi.
Fanlar tizimida kasbiy pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan belgilanadiki, u
shaxsni kasbiy ta'lim tahsil olishida shu kasbni kelajak o‘qitish jarayonida o‘quvchini
rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma'lumotli qilish va o‘qitish qonuniyatlari
borasida bilim oladi. Shu sababli, shaxs, o‘quvchi, tarbiyalanuvchini ob'yekt deb
bilamiz, uni shu kasbni o‘qitish jarayonida rivojlantirish, shakllantirish, ta'lim va
tarbiya berish kasbiy pedagogikaning predmeti deb ataladi.
Shaxs turli omillar ta'sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi,
rivojlantiruvchi omillardan biridir. Pedagog - mutaxassislar turli vositalar va usullar
orqali ma'lum maqsadni ko‘zlagan holda o‘zlarida ma'lum xislatlarni hosil qilish va
rivojlantirishni xohlaydilar. Shunday qilib, tarbiya shaxsni muayyan yo‘nalishda
shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta'sir
ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatidir.
Ta'lim maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar rahbarligida amalga oshiriladigan bilim berish
jarayonidir.
47
Ta'lim pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o‘quvchi-talabalarning (bilim
olish, o‘qish) faoliyatlaridan iborat qo‘shaloq jarayondir.
Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning
natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma'lumot ta'lim-
tarbiya jarayonining natijasi orqali to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi
va shakllangan ma'naviy fazilatlar majmuidir.
Ma'lumot olishning to‘g‘ri va ishonchli yo‘li davlat ta'lim standartlari bo‘yicha
bilim beradigan, aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o‘quv yurtlarida tashkil
qilinadigan ta'lim-tarbiya jarayonidir.
Shuning bilan
"Kasbiy pedagogika" fanining ob'yekti bo‘lmish barcha oily
Do'stlaringiz bilan baham: