O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


B)  O‘qituvchi  va  murabbiy.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/148
Sana17.09.2021
Hajmi1,25 Mb.
#176824
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

B)  O‘qituvchi  va  murabbiy.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va 
murabbiyi kasbi. 
O‘qituvchi  bevosita  moddiy  mahsulot  yaratib  bermaydi,  balki  o‘quvchi-talaba 
shaxsini  tarkib  toptiradi.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va  murabbiyi  ham 
bolalarning  sog‘lom  o‘sishlari  va  kamol  topib  borishlari  uchun,  baxtli  hayot 
kechirishlari,  mustaqil  hayotda  o‘z  o‘rnini  topib  ketishlari  uchun  kerak  bo‘lgan 
hamma  zaruriy  tadbirlarni  ko‘radi.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  mutaxassisligini  faqat 
layoqatli va tanlangan odamlargina  egallashlari  mumkin. Jamiyat, xalq va  hayotning 
o‘zi  jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va  murabbiyi  kasbiga  eng  yuksak  va 
murakkab  talablar  qo‘yadi.  Chunki  bolalarni  jismoniy  tomondan  tarbiyalash,  ta'lim 
berish,  ularning  jismoniy  madaniyatini  o‘stirish,  sportdagi  qobiliyatlarini 
rivojlantirish,  jismoniy  kamchiliklarini  iloji  boricha  korreksiyalash  ishlarini  amalga 
oshirish  o‘qituvchi  va  murabbiyning  mahorati,  mehnatsevarligi,  etiqodi,  o‘z  shaxsiy 
namunasiga,  uning  xulq-atvori,  hissiyotlari,  dunyoqarashiga  va  axloqiy  qiyofasiga 
asoslanadi.  Tarbiya  qonuniyati  shundayki,  tarbiyachining  o‘zi  tarbiyalangan  bo‘lishi 
darkor. Abdulla Avloniy "bitta yaxshi o‘qituvchi yuz va minglarcha yaxshi odamlar 


82 
 
va bo‘lajak mutaxassislardir va aksincha, bitta yomon o‘qituvchi - jamiyatda o‘nlar va 
yuzlarcha tarbiyalanmagan, hatto buzilgan odamlar demakdir" fikri jamiyat va millat 
kelajagi uchun aynan topib aytilgan.  
 
Mutaxassis-pedagog shaxsini shakllantirish
 
Rivojlanishda shaxs 
faoliyatining roli 
Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va 
rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligi 
Rivojlanishda shaxsning yoshi va 
o‘ziga xos xususiyatlarining roli 
 
 
Jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va  murabbiyi  kasbining  muhim 
xususiyatlaridan  yana  biri  shuki,    bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalash,  jismoniy 
korreksiyalash  ishi  ularga  ta'lim  berishdek  yagona  bir  jarayonga  uzviy  ravishda 
mazmunan  qo‘shilib  ketadi.  Ta'lim  jarayoni  tarbiyalovchi  xarakterga  ega.  Maktab, 
litsey,  kollej,  oliy  dargohda  o‘quvchi-talabalarni  o‘qitish  sifati  qanchalik  yuqori 
bo‘lsa,  yosh  avlodga  tarbiya  berish  vazifalari  shunchalik  yaxshi  va  samarali  hal 
etiladi. Har bir o‘qituvchi faqat o‘qituvchigina bo‘lib qolmay, ayni bir vaqtda u ham 
o‘qituvchi,  ham  tarbiyachidir.  O‘qituvchining  ishi  ijodiy  xarakterga  va  ijodiy 
yunalishga ega. Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiyi  kasbining o‘ziga 
xos xususiyati shundan iboratki, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoni o‘qituvchi 
bilan  o‘quvchining  bir-biriga  bo‘lgan  murakkab  o‘zaro  munosabatiga  asoslanadi  va 
bu  munosabatning  muayyan  psixologik,  axloqiy  va  ijtimoiy  qonuniyatlari  bor. 
Muayyan  bir  o‘qituvchi  bilan  muayyan  bir  o‘quvchi  o‘rtasida  qanday  konkret 
munosabat  paydo  bo‘lishi  va  tarkib  topishi,  har  bir  o‘qituvchi  bilan  bolalar 
jamoasining  muayyan  tarkibi  o‘rtasida  qanday  konkret  munosabatlar  tug‘ilishi  va 
o‘sib  borishi  nihoyatda  muhimdir.  Bu  jarayonni  boshqara  bilish  o‘qituvchiga  katta 
mas'uliyat yuklaydi. Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiyi mutaxassisligi 
shu bilan xarakterlanadiki, u o‘zining kundalik faoliyatida o‘quvchilarning oilalari va 
jamoatchilik  bilan  hamkorlikda  ish  ko‘radi.  U  hammavaqt  ham  hamkasabalar  bilan 
bog‘langan.   
Bolalarni jismoniy tarbiyalash va sportga yaqinlashtirish manfaati maktab, oila va 
butun  jamoatchilikning  birgalikda  ta'sir  ko‘rsatishini,  maslahatlashib,  birgalikda 
ishlashini talab etadi. Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiyi o‘z ishining 
mantig‘iga ko‘ra har bir o‘quvchi-talaba yashayottan moddiy-maishiy sharoitni yaxshi 
bilishi lozim bo‘lganligi, yosh avlodga tarbiya berishdagi umumiy ishga xudo bergan 
aqliy,  ruhiy  va  jismoniy  kuchlarini  jalb  eta  bilishi  lozimligi  uchun  ham  uning  ishi 
ancha  murakkabdir.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va  murabbiyi 
mutaxassisliginnng o‘ziga xos ayrim xususiyatlari haqidagi qisqa ta'rif ana shulardan 
iborat  bo‘lib,  bularning  hammasi  birgalikda  bu  kasbning  fazilati,  go‘zalligi  va 
buyukligini tashkil etadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish