O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI O’ZBЕKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
428 guruh talabasi: BOYMATOV HABIBJON XUSANBOYEVICH
Ilmiy raxbar:A.A.Safronov
Маvzu:YUGURISH TURLARI BILAN SHUG’ULLANUVCHI YOSH SPORTCHILARNI YUGURISH TEXNIKASIGA O’RGATISH USLUBIYATI
Kirish
Kirish
O’zbekistonda mustaqil davlat va sog’lom jamiyat barpo etishning dastlabki yillaridanok sportga katta e’tibor qaratila boshlandi. 1999 yil 27 maydagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning chora tadbirlarito’g’risidagi” № 271 sonli qarori, 2000 yil 26 maydagi “O’zbekiston Respublikasi” Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonunining yangi tariridagi Respublikamizda yosh avlodi sog’lom va jismonan baquvvat qilib tarbiyalash shu bilan birga qizlar sportiga ham e’tibor qaratish, sport seksiyalari va mashg’ulotlarini barpo etish , sport anjomlari bilan ta’minlash malakaliy mutaxasis va murabbiylarni tayyorlash chora tadbirlari ko’rib chiqilgan. Prizentimiz tashabbusi bilan yurtimizda 3 bosqichli sport musobaqalri tizimi o’tkazib kelinayotganligi kelajakda Osiyo, Olimpiyada o’ynalriga Jahon chimpionatlariga iqtidorli sportchilarni tarbiyalash va olib chiqish imkoniyatini yaratmoqda. Sportchilarimiz orasida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Unversiyada” sport musobaqalarinig dasturiga kiritilgan sport malikasi Yengil atletikaning sakrash, uloqtirish va ko’pkurash turlarining g’olib va sovrindorlari hozirgi kunda Osiyo o’yinlari va Jahon chimpionati g’olibligini qo’lga kiritishgan lekin yugurish turlarida sportchilarimiz yuqori sport natijalariga erisha olmaganligini o’tkazib kelinayotgan sport musobaqalarining kuzatuv jarayonida va natijalar taxlilida ham yaqqol kuzatish mumkin.
ISHNING MAQSADI
ISHNING MAQSADI
Birinchi o’quv mashg’ulot yilida 13-14 yoshli tajriba guruhi o’quvchilariga yugurish texnikasini fzalarga (qismlarga) bo’lib, samarali sport mashqlari yordamida yugurish texnikasi elamentlarini o’rgatishdan iborat.
ISHNING YANGILIGI
Yugurish turlarida (qisqa, o’rta va uzoq) masofani bosib o’tishning optimal varianti, yani mukammal o’zlashtirilgan yugurish texnikasi yordamida kam energiya sarflab qisqa vaqt ichida belgilangan masofani bosib o’tish
Tadqiqotning vazifasi.
Tadqiqotning vazifasi.
1. Mavzuga oid ilmiy uslubiy adabiyotlarni o’rganish va umumlashtirish hamda olingan ma’lumotlarni taxlil etish.
2. Tadqiqot davrida o’quvchilardan pedagogik nazorat testlarini olish orqali ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini o’siah dinamikasini solishtirish.
3. Yillik va haftalik mashg’ulotlar tuzulmasini ishlab chiqish.
4. Tajriba guruhi tarbiyalanuvchilarini yugurish texnikasiga o’rgatishda mashg’ulot uslubiyatini ishlab chiqish va samaradorligini pedagogik amaliyotda aniqlash
TADQIQOTNI PEDAGOGIK KUZATUV VA TESTLAR.
TADQIQOTNI PEDAGOGIK KUZATUV VA TESTLAR.
Tadqiqotda 2010-2011-o’quv yillarida 144-sonli maktabning 6-7-sinf (13-14yoshli) o’quvchilarini jismoniy rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida qo’yidagi testlardan foydalandik.
1. 60m ga yuqori startdan yugurish.
2. 60m ga yugurishda o’quvchilarning qadamlari sonini aniqlash.
3. 60m ga yugurishda qadamlarning o’rtacha uzunligini aniqlash.
4.100m ga yuqori startdan yugurish.
5.200m ga yuqori startdan yugurish.
6. 1000m ga yugurish.
7. 3x10m ga mokkisimon yugurish.
8. Turgan joyidan uzunlikka sakrash.
9. 10 sekund davomida turgan joyda tizzalarni baland ko’tarib yugurish.
10. Yugurish holatida turgan holda 10 sekund davomida oyoqlar o’rnini almashtirish.