Bog'liq 10 11 синфлар учун ЧҚБТ миллий дастури лойиҳа
Taqvim mavzu-rejada quyidagilar aks etishi zarur: -mavzu va mashg‘ulotlarning nomlanishi (mavzularning mantiqiy ketma-ketligi);
-ta’lim shakli va usuli;
-ta’lim metodi;
-dars turi;
-boshqa fanlar bilan aloqadorligi;
-o‘tish joyi va vaqti;
-ta’lim vositalari;
-mashg‘ulot o‘tiladigan sinf va sanasi;
-uyga vazifa;
-foydalanilgan adabiyotlar nomlari va boshqa uslubiy ko‘rsatmalar.
6.Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan o‘q otish mashqlari o‘quvchilarning otish qoidalari va usullarini qay darajada o‘zlashtirib olganligini tekshirish va ularni jangovar o‘qlar bilan avtomatdan otish bo‘yicha dastlabki mashqlarga tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi.Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlarini bajarish maxsus jihozlangan o‘q otish joylari (tir)da, xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda tashkil qilinadi. Otish xavfsizligi ta’minlanmagan o‘q otish joylarida (tir) otish mashqlarini bajarish va otish mashqlariga rahbarlikni ChQBT rahbari yoki o‘qituvchilar amalga oshiradi.
Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlariga otish qoidalarini mukammal o‘rgangan, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladigan, otish tartibini biladigan o‘quvchilargina qo‘yiladi. Qolgan o‘quvchilar ushbu talablarga javob bera oladigan darajaga yetgandan so‘ng darsdan tashqari tadbirlarda otish mashqlarini bajaradilar.
Har bir kichik kalibrli miltiqdan yoki avtomatdan otish mashqini bajargandan so‘ng, guruh nishon oldiga olib kelinib otish natijalari ko‘zdan kechiriladi.
Avtomatda jangovar o‘qlardan otish mashqlari maxsus jihozlangan otish joylarida (tirlarda) yoki otish maydonlarida garnizon boshlig‘i (harbiy qism boshlig‘i) va xalq ta’limi organlarining xududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tuman (shahar) Mudofaa ishlari bo‘limlari rejalari asosida o‘tkaziladi. Otishni tashkil qilish va amalga oshirish tartibi «Quruqlikdagi qo‘shinlar otish qurollari, jangovar mashina va tanklardan otish kurs»larida (KSSO, BM va TSV-95) belgilangan.
Otish mashqlarni boshlashdan avval otish mashqlari rahbari o‘quvchilarning xavfsizlik qoidalarini, avtomatning tuzilishi va qismlarini, bir joydan turib paydo bo‘luvchi va haraktsiz nishonlarga o‘q otish tartib qoidalari bo‘yicha bilimlarini tekshiradi. Ushbu qoidalarni bilmagan o‘quvchilar avtomatdan jangavor o‘q bilan otish mashqlariga qo‘yilmaydi.
Ta’lim muassasining rahbari o‘quv qurol-aslahalarni ta’lim muassasalariga berish va ularni saqlash haqida maxsus buyruq yoki boshqa xujjat olmaguncha, uning tegishli vazirlik va tashkilotlardan ta’lim muassasasini maxsus tabelga muvofiq qurol-aslaha, artilleriya va muhandislik vositalari bilan ta’minlanishini talab qilish huquqiga ega emas.