O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 22 yilligi munosabati bilan Chirchiq qurilish va kommunal xo’jaligi kasb- hunar kollejida o’tkaziladigan Konstitutsiyamiz baxtimiz poydevori nomli ko’rik tanlov senariysi



Download 34,06 Kb.
Sana03.11.2019
Hajmi34,06 Kb.
#24925
Bog'liq
Конституция

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 22 yilligi munosabati bilan Chirchiq qurilish va kommunal xo’jaligi kasb- hunar kollejida otkaziladigan Konstitutsiyamiz baxtimiz poydevori nomli korik tanlov

SENARIYSI

Konistitutsiyaning 22-yilligi munosabati bilan majlislar zali bayramona bezatilgan. Zal to’rida ishtirokchi o’quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaga doir bukletlar, devoriy gazetalar o’rin olgan.



Boshlovchi: O’zbek elim, nuri diydam qarog’imsan,

O’zbek elim, osmonimu tuprog’imsan,

Ham quvonchim, ham bahtimu, firog’imsan,

Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.

Har gardingda ajdodlarim izi qolgan,

Bobolarim terlarining tuzi qolgan,

Har gardingda momolarim ko’zi qolgan,

Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.

Bobo Shiroq izlarimi sening izing,

To’marisning ko’zlarimi sening ko’zing,

Navoiyning so’zlarimi sening so’zing,

Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston,

Beshigingda allalading dunyolarni,

Dunyo ochgan necha-necha daholarni,

Bolam deding yuraklari adolarni,

Jonim ichra jonimdursan O’zbekiston.

Bu dunyoda bor, dardlaring manga bo’lsin,

Sochlaringga qo’nar gardlar menga bo’lsin,

Dilimdagi muhabbatlar senga bo’lsin,

Jonim ichra-jonimdursan Ozbekiston.

Sen o’tmishim, sen bugunim, kelajagim,

Tarixlarda nomi mangu qolajagim,

Istiqboli quyosh misli kulajagim,

Jonim ichra-jonimdursan O’zbekiston.

Assalomu alaykum mehri daryo qalbi qaynoq, fidoiy ustozlar, hurmatli mehmonlar, aziz o’quvchilar. Hozirda yurtimiz bo’ylab katta to’y, tantana kezmoqda. Davlatimiz bosh qomusi bo’lmish Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 22 yilligi nishonlashish arafasida. Katta to`yu-tantana munosabati bilan mamlakatimiz bo`ylab keng targ`ibot va tashviqont ishlari olib borilmoqda. Bizning kollejimizda ham bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan. Bugun shunday tadbirlarimizdan biri “ Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori ” nomli ko’rik tanlov bo’lib, kollejimiz o’quvchilari o`z bilimlari asosida bellashadilar. Saxnaga “Yosh huquqshunoslar” guruhi hamda “Advokatlar” guruhini taklif etamiz. Guruhlarimiz 4 ta shart asosida bellashadilar.

Birinchi shart: Tanishtiruv sharti bo’lib bunda o’quvchilar o’z guruhlarining homi, guruh shiori hamda Konstitutsiya va moddalar haqida ma’lumotlar va Vatan haqida she’r aytishlari mumkin ushbu shart uchun 10-daqiqa vaqt ajratiladi.

Ikinchi shartimiz: Savol-javob sharti bo`lib, ushbu shartda har bir guruh uchun mo’ljallab oldindan savollar tuzib konvertga solib qo’yiladi. Guruh ishtirokchilari bitta konvertni tanlab undagi 5-ta savolga javob beradilar. Savollarga tayyorlanish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.

Uchinchi shartimiz: Sahna ko`rinish bo`lib. Bunda guruh a`zolari sud yoki tergov jarayonlarini namoyish etishlari lozim. Bu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi.

To`rtinchi shartimiz: Sardorlar belashuvi. Guruh sardorlari o`zaro bellashadilar.

Ushbu shartlarni baholab borish uchun sizlarni hakamlar hayati bilan tanishtirib o’tamiz.

1.O’IBD. o`rinbosari Nabixanova J.A. - hakamlar hayati raisi:

2 MMIBD. o`rinbosari Norov N.J. - hayat a`zosi.

3. rus tili fani o`qituvchisi Yuldasheva T.A. hayat a`zosi.

4. ingliz tili fani o’qituvchisi Xonsaidova M.M. hayat a`zosi.

Endi navbatni birinchi shartimizga beramiz marhamat _____________________________________________________________________________

Eng sara qonunlarda, qomusim oftob ro’ya,

Yozilgan tilla harfdan bizning Konstitutsiya!

Bering bir ahamiyat, jamdir davlat, jamiyat,

Har modda yuksak niyat, bizning Konstitutsiya!

Sakkizinchi dekabr doim qilingay qadr,

Ozod Vatan haqdadir, bizning Konstitutsiya!

Navbat savol javob shartiga eslatib o'tamiz savollarga tayyorlanish uchun 3-daqiqa vaqt beriladi. Guruh sardorlari marhamat savollarni tanlab olishingiz mumkin.



I-konvert savollari

1-Savol: Jamiyat haqida tushunchangiz.

Javob: Jamiyat bu-muayyan hududda yashovchi, maqsad va manfaatlariga ko’ra uyushgan kishilar jamoasidir. “Jamiyat” - arabcha so’zdan olingan bo’lib, jamlangan, birlashgan degan ma’molarni bildiradi. Bizga qadar 6 ta jamiyat bosib o’tilgan: 1.Ibtidoiy jamiyat 2.Quldorlik jamiyati 3.Fiodalizm jamiyati 4.Kapitalizm jamiyati 5.sotsializm jamiyati 6.Demokratik jamiyat

2-savol: Davlatning boshqaruv shakllari haqida sozlang.

Javob: Davlatning boshqaruv shakllari ikki turda Respublika va monarxiyaga bo’linadi.O’z navbatida Respublika boshqaruv tizimida aralash, Prezidentlik va Konstitutsiaviy boshqaruv shakli farqlanadi monarxiyada esa cheklangan va mutlaq monarxiya shakllari mavjud.

3-savol: Oliy Majlisning quyi palatasi qanday nomlanadi va uning asosiy faoliyati nimadan iborat?

Javob: Oliy Majlisning quyi palatasi qonunchilik palatasi deb nomlanadi va uning asosiy faoliyati Respublika hayotida muhim ahamiyatga ega qonunlarni ishlab chiqishdan iborat.

4-savol: Qonun qachondan kuchga kirgan hisoblanadi?

Javob: Qonun matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

5-savol: Shaxsiy huquqlarni sanab bering.

Javob: Yashash, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, e’tiqod va vijdon erkinligi shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi.

II-konvert savollari

1-savol: Davlatning tuzilish shakllarini ayting

Javob: Unitar, federativ va konfederativ

2-savol: Oliy Majlisning yuqori palatasi haqida malumot bering

Javob: Senat deb nomlanadi uning asosiy faliyati qonunchilik palatasi tomonidan chiqarilgan qonunlarning Konstitutsiya va huquqiy hujjatlarga mosligini ko’rib chiqish, tasdiqlashdan iborat.

3-savol: Siyosiy huquqlarni sanab bering

Javob: Davlat va jamoat ishlarida ishtirok etish, tinch yo’l bilan namoyish va mitinglar uyushtirish, siyosiy partiyalarga a’zo bo’lish, saylash va saylanish kabilardir.

4-savol:Voyaga yetish yoshi necha yosh qilib belgilangan?

Javob: Konstitutsiyaga binoan 18-yosh qilib belgilangan.

5-savol- Fuqorolik deganda nimani tushunasiz?

Javob: Fuqorolik bu- insonning u yoki bu davlatga mansubligini ifodalab, davlat bilan huquqiy munosabat bog’laydi.

O’zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqorolik jamiyatini shakllantirish yo’lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqorolar ahilligi tufayli yosh davlatimizishonch va hurmatga sazovor bo’lmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o’zgartirish sohasida keng ko’lamli islohotlar o’tkazilmoqda. O’tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog’liq.Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqoroviy munosabati demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Bu borada mamlakatimizda o’quvchilarning huquqiy bilim saloxiyatlarini oshirish maqsadida ta`lim tizimiga “ Huquqiy bilim asoslari” fani ham kiritilgan. Hyquqiy madaniyati shakillangan yoshlar jamiyatimizning rivojlanishiga o`z xissasisni qo`sha oladi. Bugun ham o`quvchilarimiz o`z huquqiy bilimlarini namoyish etmoqdalar. Endiga navbatni uchinchi shartimizga yani sahna ko`rinishiga beramiz. Eslatib o`taman guruh a`zolari sud yoki tergov jarayonlarini namoyish etib beradilar. Bu shartimizga 10 daqiqa vaqt beriladi. Marxamat_____________________________________________________________________

Navbatni hakamlar hayatiga beramiz. Ushbu shart bo`yicha olgan baholarni e`lon qiladilar. “Yosh huquqshunoslar” guruhining olgan baholari. “Advokatlar” guruhining olgan baholari.

Va nihoyat eng so`ngi hal qiluvchi shartimiz to’rtinchi shartga beramiz. Bunda guruh sardorlari o’zaro bellashadilar. Guruh sardorlariga omad tilagan xolda ularni saxnaga taklif qilamiz.

O’nta bo’lsa o’rni boshqa uning-chun,

O’g’lim otashimdan yaralgan uchqun.

Qizm parilardan yuzlari gul-gun,

Yuzlari lolam, deb yashaydi o’zbek.

Navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

____________________________________________________________________________

Bir qo’lda belanchak,bir qo’lda qur’on

Bir yelkada ketmon, birida iymon.

Barchaga barobar bir oftob simon,

Yashnasin olam, deb yashaydi o’zbek.

Kindik qoni tomgan tuproq unga shon,

Kerak bo’lsa so’zsiz berar unga jon.

Ko’krakka urmaydi Vatan, deb Vatan,,

Alpomish og’longa o’xshaydi o’zbek.

Ehtirom etganda ehromlari bor

Kekkayganga bo’yin egmaydi zinhor.

Beshik to’la jajji Islomlari bor,

Tosh o’tmas qo’rg’onga o’xshaydi o’zbek.

Ko`rik tanlovimizmi yakuniy qismini hakamlar hayat raisiga beramiz.

I-konvert savollari

1-Savol: Jamiyat haqida tushunchangiz.

2-savol: Davlatning boshqaruv shakllari haqida so’zlang.

3-savol: Oliy Majlisning quyi palatasi qanday nomlanadi va uning asosiy faoliyati nimadan iborat?

4-savol: Qonun qachondan kuchga kirgan hisoblanadi?

5-savol: Shaxsiy huquqlarni sanab bering.



II-konvert savollari

1-savol: Davlatning tuzilish shakllarini ayting

2-savol: Oliy Majlisning yuqori palatasi haqida ma’lumot bering

3-savol: Siyosiy huquqlarni sanab bering

4-savol:Voyaga yetish yoshi necha yosh qilib belgilangan?

5-savol- Fuqorolik deganda nimani tushunasiz?




Download 34,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish