O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Qishloq mehnatkashlari mehnat rejimidagi jismoniy tarbiyaning xususiyatlari



Download 0,53 Mb.
bet245/248
Sana27.08.2021
Hajmi0,53 Mb.
#157143
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248
Bog'liq
1. ЖТСН ва У UMK-2-4= 2020-2021

Qishloq mehnatkashlari mehnat rejimidagi jismoniy tarbiyaning xususiyatlari

Keyingi yillarda qishloq aholisi orasida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar va sportchilar soni ancha ortdi. Bunga aholi madaniyati umumiy darajasining ko‘tarilishi, o‘rta maktablar, klublar tarkibidagi va mustaqil sport inshootlari sonining ortishi asos bo‘ldi. Shu bilan birga, qishloq mehnatkashlari orasida ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirishda echilmagan muammolar, qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklar hali ham ko‘p.

Respublikamiz qishloqlarida mehnat qilayotgan ko‘pgina kasb egalarining aniq belgilangan kun tartibi yo‘q. Bu mehnat xususiyatiga, ishning mavsumiyligiga va boshqa omillarga bog‘liq.

Qishloq xo‘jaligida mexanizatorlarning ishi katta jismoniy va statik kuchlanish (zo‘riqish), noqulay ishlab chiqarish (ishlab turgan traktor yoki kombaynning shovqini, tebranish, havoning iflosligi) va tabiiy-iqlimiy (yozda havo haroratini keskin ortishi, qishda esa pasayib ketishi) shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Bu omillarning ta’siri mexanizatorlarning ish qobiliyatiga va mehnat unumdorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bahorgi-yozgi mavsumda ularda ish kunining davomiyligi 12-14 soatgacha etadi. Mashinada sut sog‘ish operatorlari (sut sog‘uvchilar) o‘z ishlariga mavsumning ta’sirini sezmaydilar. Ular har kuni (ularga dam olish kuni surilib boruvchi jadval bo‘yicha beriladi) uch marta: ertalab, kunduzi va kechqurun sigir sog‘ishga boradilar. Ularning mehnati o‘rtacha jismoniy kuchlanish bilan farqlanadi. Asalarichilik brigadasi a’zolari uchun og‘ir jismoniy mehnat xos. Ularda uzoq davom etadigan mavsumiy ish ustuvorlik qiladi.

Qishloq sharoitlarida eng keng tarqalgan mazkur kasb vakillari uchun ish kuni tartibida jismoniy mashqlarning xususiyatlariga to‘xtalamiz.

Ishdan keyin (qish paytida va mavsumlar orasida) boshlang‘ich gimnastika va umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish mexanizatorlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Yig‘im-terim davrida ularga ish boshlanishi oldidan boshlang‘ich gimnastika bilan bir qatorda ish boshlangandan 4-6, 8 va 10 soatdan keyin jismoniy tarbiya pauzalari va jismoniy tarbiya daqiqalari mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Tortilish, gavda, qo‘l, oyoq mushaklarini bo‘shashtirish mashqlariga hamda aniqlik va koordinatsiyaga yo‘naltirilgan harakatlarga alohida e’tibor berish kerak. Yig‘im-terim davrida mexanizatorlarning bunday harakat rejimini maxsus tadqiq etish ularning jismoniy tayyorgarligi darajasi ortishini, nafas olish, yurak-qon tomir va boshqa tizimlarning faoliyati yaxshilanishini ko‘rsatdi. Mazkur holda mexanizatorlarning mehnat unumdorligi 10 % ga ortdi.

Har gal sigir sog‘ishdan oldin sog‘uvchilarga boshlang‘ich gimnastikaning maxsus majmuasini bajarish taklif etiladi. Bu majmuaning maqsadi faqat organizmning umumiy ish qobiliyatini oshirish bo‘lib qolmay, balki qo‘llarning ishlaydigan mushak guruhlarida etarlicha yuqori tonusni vujudga keltirish hamdir. Ish tugaganidan keyin qo‘llar uchun maxsus mashqlarni ularni uqalash bilan birgalikda bajarish maqsadga muvofiq.

Asalarichilik ishlari davrida har 50–60 daqiqadan keyin bo‘shashgan holda o‘tirib, 3 daqiqalik dam olish, undan keyin gavda va oyoq mushaklariga yo‘naltirilgan hamda asosan dinamik xususiyatli 2-3 ta jismoniy mashqni bajarish ishchilarningning ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish