Epidemiologiyasi.
Infeksiya manbai – bemor odam va bakteriya
tashuvchilar. Mikroblar ular organizmidan najas bilan ajralib, sog‘lom odam
organizmiga tushadi. Oqava suvlar bilan ifloslangan ochiq suv havzalari (daryo,
ko‘l, kanal, quduq va boshqalar) kasallikni yuqtiruvchi omil hisoblanadi.
Zararlangan ovqat mahsulotlari ham ma’lum rol o‘ynashi mumkin. Xalqaro
aloqalar rivojlangan hozirgi davrda vabo kasalligi havo transporti vositasida
104
dunyoning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga oson etishi mumkin.
Klinikasi.
Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 5 kungacha.
Kasallik turli og‘irlikda kechishi mumkin. Ko‘pincha to‘satdan enterit belgilari
bilan boshlanadi. Ich tez-tez suvdek, ko‘plab ketadi, hojat vaqtida og‘riq
sezilmaydi. Ich ketishi davom etgani sari najas oqish, xuddi guruch suviga
o‘xshash bo‘lib qoladi. Bu holat 1-2 kun davom etib, engil hollarda kasallik shu
bilan tugaydi. Og‘irroq hollarda u avj olib, kasallikning 2-holati – o‘tkir
gastroenterit boshlanadi. Ich ketishi davom etgani holda, qayta-qayta ko‘plab
qusish ham boshlanadi. Natijada bemor juda ko‘p suyuqlik yo‘qotib, organizmi
suvsizlanib qoladi. Suv bilan birga mineral tuzlar ham chiqib ketadi. Natijada
bemorning ahvoli og‘irlashib, kuchsizlanib qoladi. Qo‘l-oyoq mushaklari tirisha
boshlaydi. Tanasi muzlaydi, gavda harorati normadan pastga tushishi mumkin. Til
quriydi, ovoz chiqmay qoladi. Bu holat 1,5-2 kun davom etib, tuzalmasa eng og‘ir,
3-bosqichga – vabo algidiga o‘tadi. Bunda yuqoridagi belgilar yana ham zo‘rayadi.
Teri ko‘karib yopishqoq ter chiqadi, burishib qoladi. Lab ko‘karadi va yorilib
ketadi. Gavda harorati 35-34
o
gacha tushadi. Puls ipsimon, yurak tonlari zo‘rg‘a
eshitiladi, qon bosimini aniqlab bo‘lmaydi. Bu holatdagi bemorlarni davolash
ancha qiyin.
Diagnostikasi.
Laboratoriya diagnostikasi maqsadida najas peptonli bulonga
ekiladi. Qusuq massasi ham sterillangan bankaga yig‘ilib, laboratoriyaga
jo‘natiladi. Keyingi yillarda serologik usullardan ham foydalanilmoqda.
Davolash.
Bemor darhol kasalxonaga jo‘natilib, alohida xonaga yotqiziladi.
Davolashdan asosiy maqsad – yo‘qotilgan suv va mineral tuzlar o‘rnini
to‘ldirishdan iborat. Bu maqsadda №1 va №2 standart tuzli eritmalar vena tomiriga
tez-tez yuboriladi. Shuningdek, fiziologik eritma, Ringer eritmalarini ham ishlatish
mumkin. Birinchi kunda yuboriladigan suyuqlik miqdori 20-30 litrga etishi
mumkin. Antibiotiklardan tetratsiklin 300000 TB dan kuni 4 marta 5 kun
davomida beriladi. Barcha klinik belgilar yo‘qolgandan, keyin, bakteriologik
tekshirish 3 marta manfiy natija berganda so‘ng, bemor kasalxonadan chiqariladi.
Profilaktikasi.
Vabo aniqlangan joyda karantin joriy etiladi. Maqsad
105
kasallikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bemor bilan aloqada bo‘lgan barcha
odamlar alohidalanib, bakteriologik tekshirishlardan o‘tkaziladi. Bemorlarning
topish maqsadida uyma-uy yuriladi. Maxsus profilaktika maqsadida vaboga qarshi
vaksina bilan emlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |