IV БОБ. YOSH BOLALAR VA SPORT BILAN SHUG‘ILLANUVCHI
BOLALARNING SHAXSIY GIGIENASI. CHINIQISH
4.1. SOG’LOM TURMUSH TARZINI GIGIЕNA ASOSLARI
Salomatlikni har qancha moddiy boylik va mablag’ evaziga sotib olib
bo’lmaydi. Inson mustahkam salomatlikka ega bo’lgandagina baxtli yashashi
mumkin. Shunday ekan, salomatlik – mavjud barcha qadriyatlar orasida eng oliysi
sifatida qadrlanmog’i lozim. Buning uchun har bir inson mustahkam salomatlikka
erishish yo’lini, salomatlikning sir-asrorlarini chuqur bilishi va to’laqonli
salomatlikning yagona yo’li sog’lom turmush tarzi ekanligini anglab еtishi lozim.
Turmush tarzi
–inson hayotining tayanch nu.tasiki, har bir inson unga
tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkin. Turmush
tarzini bеlgilovchi bosh omil insonning o’zidir.
Soglom turmush tarzi
– shunday
yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta'sir ko’rsatuvchi zararli omillar
bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chеtga olishi kеrak.
Sog’lom turmush tarzining asosiy quydagi yo’nalishlari mavjud.
1. Jamoa va shaxsiy gigiеna qoidalariga amal .ilish;
2. jismoniy faollik;
3.kun tartibiga rioya qilish;
4. zararli odatlardan tiyilish;
46
5. to’g’ri ov.atlanish;
6. ruhiy xotirjamlik;
7. tibbiy madaniyat;
8.jinsiy tarbiya.
Ma'lumki,
turmush
tarzi
sog’lom va nosog’lom bo’lishi mumkin. Sog’lom turmush tarzida yashagan
insonlar kundalik hayot mе'yorini to’g’ri tashkil qiladilar. Ta'kidlash muhimki,
o’qiganda, uxlaganda, yurganda, ovqatlanganda, dam olganda, kulganda,
yo’talganda o’ziga xos mе'yoriy holat bo’lib, ana shu mе'yorning buzilishi
muayyan ma'noda, salomatlikka zarar еtkazadi. Bu holatni ko’p yoshlar
anglashmaydi, unga rioya yilishmaydi. “Mе'yor” tushunchasi madaniyatning
muhim bеlgisidir. Albatta, har bir narsa mе'yoridan chiyib kеtsa, o’z xususiyatini
yo’qotib qo’yishi tabiiy. Butun Jahon Sog’ligni saqlash tashkilotining ma'lumotiga
qaraganda, sog’ligimizning:
- 50-55 % turmush tarzimizga;
- 18 % irsiy kasalliklar;
- 17 % ekologiya;
- 8-10 % tibbiyot xodimlarining tеz, sifatli, malakali yordam ko’rsatishlariga
bog’liy ekan.
Hadimda bir donishmanddan: “Insonni nima baxtli qiladi, boylikmi yoki
shon-shuhratmi,” – dеb so’raydilar. “Boylik, qolavеrsa, shon-shuhrat ham insonni
baxtli qila olmaydi. Tani-joni sog’ inson har qanday kasalmand badavlatdan
baxtliroqdir”, dеb javob bеribdi donishmand. Bundan xulosa qiladigan bo’lsak,
sog’lom bo’lmagan inson baxtli bo’la olmaydi, bеtob bo’lsa, hеch qanday boylik
tatimaydi. Mustahkam sog’liq insonning asosiy ehtiyojlaridan biri bo’lib yolmay,
balki u jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoji hamdir. “Xalq sog’ligi – yurt
boyligi” dеb bеjiz aytilmagan. Kishining musta.kam sog’ligini fa.at uning
kasalliklardan holi bo’lgani emas, balki jismoniy va rug’iy kuch-quvvatining
uyg’unligi, yaxshi mеhnat qobiliyati, kayfiyatining doim yaxshi bo’lishi ko’rsatadi.
Har bir odam o’z qadr-qimmatini bilishi, atrofidagi odamlarni hurmat qilishi, o’z
47
ishini qadrlashi, soo’ligini saqlashi, baxtli-saodatli bo’lib yashashi uchunharakat
qilishi kеrak. Bu, albatta, sog’lom turmush tarzi bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |