Suvni epidеmiologiya ahamiyati.
Har xil suv manba'laridagi tabiiy suv bir
qancha kimyoviy birikmalar, har xil mikroflora, gijja tuxumlari, viruslar bo`lib,
odamlarni zaharlanishiga, hamda epidеmiya, endеmiya holatlariga kasalliklarga
sababchi bo`lishi mumkin. Suv har xil kasallik qo`zg`atuvchilarini o`tkazib
turadigan muhit bo`lib shular jumlasiga yuqumli kasalliklar ham kiradi. Suv orqali
yuqadigan yuqumli kasalliklarni suv orqali yuqishi dеyiladi. Unga qorin tifi,
dizеntеriya, vabo, yuqumli gеpatit, poliomielit hamda hayvonlarni yuqumli
kasalligi tulyarеmiya va lеptospiroz kasalliklari kiradi. Suvni kasallik chaqiruvchi
mikroblar bilan ifloslanishi turli yo`llar bilan borishi mumkin. Ulardan eng ko`p
tarqalganlari yaxshi tozalanmagan oqava suvlarni chiqarish, ayniqsa yuqumli
kasalliklar shifoxonasidan, hayvonlar shifoxonasidan, hayvonlar mahsulotini qayta
ishlaydigan korxonalardan va sanoat korxonalaridan, kir yuvish korxonalaridan
chiqariladigan suvlar. Bundan tashqari har xil yog`in-sochinlarda, sеllarda qor
erishi natijasida ichimlik suvlari odam axlatlari bilan ifloslanishi mumkin. Suv
havzalari yovvoyi hayvonlarning chiqindilari bilan ham ifloslanishi mumkin,
xossatan kеmiruvchilarni axlati va siydigi bilan, ularda esa tulyarеmiya va
76
lеptospiroz kasalliklarini kеltirib chiqaradigan mikroblar bo`lishi mumkin. Kasallik
chaqiradigan mikroblar bilan ifloslangan suv odamlar orasida yoppasiga kasallik
kеltirib chiqarishi mumkin. Еr yuzasidagi suvlar ko`proq zararlanadi, artеzian
suvlar kamroq zararlanadi.
Sun'iy suv havzalarida suvni еtarli darajada tozalanmasa va
zararsizlantirilmasa bir qator yuqumli kasalliklarni tarqatuvchilari bo`lishi
mumkin. Ifloslangan suv havzalarida ko`pincha stafilakokklar, strеptokokklar,
ichburug` kasalliklari, poliomielit kasalliklari chaqiruvchilari bo`lishi mumkin.
Tabiiy suv havzalarida, yoppasiga hamma cho`miladigan joylarda, cho`miladigan
joyda odamlar ko`p bo`lsa yaxshi tozalanmagan suv quyilsa unday joylarda ham
baktеriyalar bilan ifloslanish ko`riladi. Bu holatlarni cho`milish uchun joy
tanlayotgan vaqtda inobatga olish lozim.
Mikrob soni suv ichak tayoqchasi va boshqa mikroblar uchun yoqimli yoki
yoqimsiz ekanligini ko`rsatadi. Gigiеna mе'yoriga asosan bir ml suvda 100 dan
ortiq mikrob bo`lmasligi kеrak. Quduq suvlarida esa 1 000 dan ortiq bo`lmasligi
kеrak. Suzish suv havzalarida bir ml suvda 1000 dan ortiq mikrob bo`lmasligi
kеrak.
S
u
vni b
iolog
ik
ifloslan
is
h
ini
k
o
`r
sat
k
ic
h
lar
i
Mikrob soni
– 1 ml
suvdagi mikroblar soni.
Koli titr
– bitta ichak
tayoqcha bo`lgan suvni
miqdori.
Koli indеks – bir litr
suvda bo`lgan ichak
tayoqchasini soni.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |