O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Sog‘lomlashtirish-profilaktika gimnastikasi



Download 448,5 Kb.
bet247/248
Sana12.02.2022
Hajmi448,5 Kb.
#445407
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Sog‘lomlashtirish-profilaktika gimnastikasi
Noqulay mehnat shart-sharoitlari: havoning ifloslanganligi, yuqori harorat, shovqin, tebranish va shu singarilar, ayniqsa, neft va kimyo, gaz, issiqlik, metallurgiya, tog‘-kon, to‘qimachilik, ko‘mir qazib olish sanoati va boshqa ayrim korxonalarda kuzatiladi. Bular organizmdagi fiziologik tizimlarning normal ishlashida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Agar ularga qarshi muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilmasa, u holda yillar o‘tishi bilan turli kasalliklar rivojlanishi mumkin. Xuddi shunday natija majburiy ishchi vaziyatida uzoq yillar bir xil mehnat qilish jarayonida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Bunday kasalliklarning oldini olish uchun sog‘lomlashtirish- profilaktika gimnastika mashqlari majmuasidan foydalanish zarur va u quyidagi asosiy masalalarni echishga xizmat qiladi:
a) organizmni umumiy mustahkamlash hisobiga noqulay mehnat sharoitlariga moslanuvchanlik darajasini oshirish, organizmning nomaxsus himoyasi – immunologik xossalari va funksional imkoniyatlarini oshirish;
b) kasb kasalliklari va funksional buzilishlarni profilaktika qilish;
v) o‘zgarishga uchragan funksional tizimlarning tiklanish vaqtini qisqartirish.
Cho‘zilish mashqlari mehnat jarayonida statik kuchlanish sababli mushaklar, bog‘lamlar, paylarning qisqarishi natijasida buzilgan bo‘g‘inlarda harakatchanlikni tiklash uchun qo‘llaniladi.
Bo‘shashish mashqlari organizmda qon va limfa aylanishini yaxshilab, karbonat angidrid gazining chiqarilish jarayonini, charchoqning bartaraf etilishini yanada tezlashtiradi.
Izometrik mashqlarmushaklar atrofiyasining oldini olib,lokal ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Kuch va tezlik-kuch mashqlariumumiy mustahkamlash ta’siridan tashqari yana kichik sohada ham ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan qon aylanishini yaxshilash, modda almashinuvini kuchaytirish, sarflangan kuchni va mushaklar qisqarishi tezligini tiklashda foydalaniladi. Shu bilan birga, ular nafas olish tizimiga ahamiyatli ta’sir o‘tkazadi.
Korreksiyalovchi mashqlardan umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, tovondagi turli deformatsiyalarni to‘g‘rilashda foydalaniladi. Lokal ta’sir ko‘rsatuvchi va ma’lum dastlabki holatdan bajariluvchi bunday harakatlarda kuchlanish bilan cho‘zilish birlashtiriladi. Masalan, bukrilikni elka bo‘g‘imlarida aylanma harakatlarni, ko‘krak mushaklarini kengaytiruvchi va elka mushaklarini mustahkamlovchi mashqlarini bajarish orqali to‘g‘rilash mumkin. Tebranuvchi asbob bilan ishlashda koordinatsiyani, tezkorlikni, aniqlikni, ritmikani tiklash uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan bir qatorda barmoqlar harakatlari koordinatsiyasiga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar ham qo‘llanadi.
Harakatlarni koordinatsiyalash mashqlaridan mehnat ritmi va sur’atini tiklash, shuningdek, ishga kirishishda optimal holatni yaratish uchun foydalaniladi.
Muvozanatni saqlash mashqlari vestibulyar apparat faoliyatini yaxshilashga, to‘g‘ri gavda tuzilishini tarbiyalashga xizmat qiladi, shuningdek, trofik va vegetativ reflekslarni kuchaytiradi hamda tiklaydi.
Ishdan keyingi tiklanish – profilaktika gimnastikasi uslubiyotchi- yo‘riqchi rahbarligida guruhli usulda yoki individual o‘tkaziladi. Mashg‘ulot davomida yuklama sekin-asta oshirib boriladi, mashg‘ulot o‘rtasiga kelganda yuklama maksimumga etadi va keyinchalik asta-sekinlik bilan ayrim mashqlarni takrorlashlar sonini, sur’atini, amplitudasini, mashqlar murakkabligini, mushaklardagi kuchlanish darajasini o‘zgartirish hisobiga kamaytiriladi. Majmua 12-14 ta mashqdan iborat bo‘ladi, maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlar hajmining nisbati 1:2 yoki 1:3 bo‘lishi kerak.
Changli havo, ortiqcha gazlashgan shart-sharoitlarda ishlaydiganlar uchun o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish-profilaktika gimnastikasida maxsus nafas olish mashqlarini qo‘llash kerak. Shu bilan birga, nafas olish chuqur nafas olish hisobiga to‘liq bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak.
Turli xil kasalliklarning rivojlanishining oldini olish maqsadida jismoniy mashqlar bilan bir qatorda sog‘lomlashtirish tadbirlarining butun bir majmuasi tavsiya etiladi. Tushlik tanaffusdan oldin issiq vanna qabul qilish yoki maxsus qurilmalarda qo‘llarni issiq havo bilan isitish lozim. Shu bilan bir vaqtni o‘zida qo‘llarning panjalarini artish, barmoqlarni siqish, yoyish,yig‘ish va rostlash lozim.
Ish tugagandan keyin dush qabul qilish, maxsus sog‘lomlashtirish- profilaktika gimnastikasi majmuasini va o‘z-o‘zini uqalashni bajarish kerak.



Download 448,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish