O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Qobiliyatlar rivojining harakat faoliyati rejimiga bog‘liqligi



Download 448,5 Kb.
bet162/248
Sana12.02.2022
Hajmi448,5 Kb.
#445407
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   248
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Qobiliyatlar rivojining harakat faoliyati rejimiga bog‘liqligi.
Jismoniy qobiliyatlar ularning namoyon bo‘lishinigina emas, ularni bajarishning muayyan rejimini ham talab qila-digan faoliyat jarayonida rivojlanadi. Rejim deganda, bir mashg‘u-lot yoki mashg‘ulotlar tizimi doirasida qandaydir jismoniy mashq-larning bajarilishi va ular orasidagi dam olish tushuniladi. Kerakli tartibni o‘rnatishda, eng avvalo, insonning ish qobiliyatidagi bosqichlar tebranishi muhim ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida organizmning quvvat va funksional zahiralari sarfi bilan bog‘liq holda ishchanlik qobiliyati darajasi pasayadi.
Dam olish chog‘ida (mashq tugatilgach) ishchanlik qobiliyatining tiklanishi yuz beradi. Inson organizmi bu vaqtda bir necha holatlarni: ishchanlik qobiliyati susaygan bosqichni; ishchanlik qobiliyati to‘la tiklangan bosqichni va, nihoyat, o‘ta tiklangan, ya’ni ishchan-lik qobiliyati kuchaygan bosqichni bosib o‘tadi. Sanab o‘tilgan bosqichlarning har biri boshqa sharoitlardan tashqari, bajarilgan ishning xususiyatlari, shiddati va davomiyligiga bog‘liq bo‘lgan muayyan uzunlikka ega bo‘ladi.
Har bir keyingi mashq dam olishning qaysi bosqichida takrorlanishiga qarab, harakat faolligining uch asosiy rejimini ajratib ko‘rsatish mumkinki, ular jismoniy sifatlarning rivojlanishiga har xil ta’sir ko‘rsatadi:
1-rejim: bunda darsdagi har bir keyingi mashq qisqa muddatli dam olish oraliqlari bilan, ya’ni ishchanlik qobiliyati to‘la tiklanmagan bosqichda takrorlanadi. Ishchanlik qobiliyati-ning barcha ko‘rsatkichlari muntazam pasayib boradi. Ish va dam olishning bunday navbatlashish rejimi chidamlilikning rivojlanishiga mosdir.
2-rejim: har bir keyingi mashq organizmning bir qancha funksional ko‘rsatkichlarini faoliyat ko‘rsatishdan avvalgi darajaga qaytaradigan dam olish oraliqlari bilan, ya’ni ishchanlik qobiliyati to‘la tiklangan bosqichda takrorlanadi. Bunday rejim tezkorlik, kuch va muvofiqlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan darslarga xos bo‘ladi.
3-rejim: bunda har bir keyingi mashq ishchanlik qobiliyati ortig‘i bilan tiklangan bosqichga mos keluvchi ancha uzoq muddatli dam olish oraliqlari bilan takrorlanadi. Bunday rejimda mashq takrorlangani sayin insonning harakat imkoniyatlarida xar tomonlama o‘zgarishlar kuzatiladi – mushak kuchi va tezkorlik oshib, chidamlilik pasayadi.

Download 448,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish