Ta’limning uslubga qo‘yadigan umumiy talabi
Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilinganidagina ta’minlanadi.
Uslubning ilmiy asoslanganligi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan olingan samaraning tarbiyaviyligi, ilmiyligi va sog‘lomlashtirishini ta’minlaydi.
Ta’limning dars oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan muvofiqligi. Dars vazifalarining aniq belgilanishigina ta’limga nisbatan to‘g‘ri uslubni tanlash imkonini beradi. Misol uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka sakrashni o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda uslubni aniqlashning qiyinligi ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki vazifa bunday umumiy ifodalanganida, teng darajada umuman o‘rgatish uslubidan ham, harakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubidan ham foydalanish mumkin. Ko‘proq aniq vazifalarda, masalan, uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o‘rgatishda harakatni qismlarga taqsimlab o‘rgatish zaruriyati vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |