Quyidagi jumlalardagi mantiqsizlikni ko‘rsating.
Endi kuy va raqslar tinglab dam oling.
Bufetchi Toji Ibrohimov kitobga 50 so‘m qo‘yib sotmoqda.
Davron uni qo‘yarda-qo‘ymay choyga o‘tqazdi.
Suratga olingan akula quruqlikdagi sut emizuvchilarga o‘xshab tuxum qo‘ymaydi, balki tirik bola tug‘adi. (“Fan va turmush”dan).
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy mezonlari bo‘lmish to‘g‘rilik va aniqlik bilan uzviy bog‘liqdir. Haqiqatdan ham, lisoniy jihatdan to‘g‘ri tuzilgan materiallarni yaxshi bilmaslik mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq yetib bormasligi, ba’zan butunlay anglashilmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |