Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan joylardagi muassasa, shuningdek shaharlar orasida bo’ladi.
Telegrammaning boshqa ish qog’ozlaridan o'ziga xos ixchamligi va qisqaligidir. Xizmat telegrammalari 2 nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa uchun aloqa bo'limiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning o'zida saqlash uchun saqlanadi. Telegramma, qoidaga binoan, maxsus ish qog’ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni ko'pincha odatdagi qog’ozga yozuv mashinasida bosh harflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jo'natuvchining adresi mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi. qo’lda yozilganda, harflar yirik-yirik, so’zlar orasi aniq va ravshan bo’lishi kerak. Telegramma bosma ish qog’ozining yoki oq qog’ozining faqat bir tomoniga yoziladi.
Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qisqa va siqiq uslubda yoziladi. Unda to'liqsiz gaplardan keng foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so'zlar, tinish belgilar faqat zarur bo'lgandagina, ya’ni ularsiz gapning mazmuni o'zgarib ketsa yoki ikki xil ma’noda qabul qilinsagina qo’llanadi, boshqa barcha hollarda ular tushurilib qoldiriladi. Harfni bayon qilishda ixcham so’zlarni tanlash, qisqartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf usulining eng asosiy talablaridan biridir.
Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’in ko'chirilmaydi. Xat boshisiz barcha qatorlar to’ldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni so’z (harflar) bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo’lgan murakkab sonlarni o'zicha yozish mumkin.
Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:
Xujjatning nomi (Telegramma)
Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar)
Telegramma yetib borishi zarur bo’lgan joy adresi, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi)
Matn
Jo'natuvchi muassasaning qiskacha nomi va matnini imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas)
Xabar jo’natuvchining adresi
Matn kim tomonidan jo’natilayotgan bo’lsa, o’sha shaxsning imzosi.
Muhr
Sana
Telegrammaning matn adresidan ajralib turushi kerak. Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan bo’lsa, matn oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (indeks), matn oxirida esa o’z jo’natma shartli raqami yoziladi.
Telegramma namunasi:
Kattako'rg’on ko’cha 25 paxtazavodi Karimovga tezda besh vagon paxta tolasi jonating. Shartnoma hisob raqami 1356 Toshto’qimachilik kombinati Salimov 162
700160 Toshkent To’qimachilar 5
Toshkent to’qimachilik kombinati direktori Salimov
1999.02.09 Muhr
|
Do'stlaringiz bilan baham: |