O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION
RIVOJLANISH VAZIRLIGI
vazifalari, ro‟li va ahamiyati.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O„zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to„g„risida”gi PF-5264-son Farmoniga asosan
mamlakatimizda innovatsion tadbirkorlikni yangi sahifada namoyon bo‟lishiga turtki bo‟ldi.
Vazirlik O„zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida
jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik
salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi
organi hisoblanadi.
O‟zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish vazirligining vazifalari:
Mamlakatimizdagi innovatsion g„oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish
masalalari bo„yicha
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari
hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi:
Ilmiy-tadqiqot, ta‟lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat
ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi. Shu o‟rinda aytish
joizki vazirlik ko‟plab yoshlarning yangidan yangi g‟oyalar ustida ishlashligi uchun ko‟plab
grant va imtiyozlar tashkil etadi.
Vazirlik huquq va majburiyatlar bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar
agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi;
innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va ilm-fan sohasida ilg„or xalqaro
tajribani o„rganish
va tatbiq etish, shuningdek vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va
topshiriqlarni bajarish. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta‟lim ilm fan sohasida xalqaro
miqyosida, jahon standarlari bilan hamkorlikda ko‟plab yangiliklar yaratish kabilardir.
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda
innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish,
shuningdek, jamiyat
va davlat taraqqiyotini ta‟minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg„or texnologiyalarning ustuvor va
istiqbolli yo„nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash.
Aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni ta‟minlash
bo„yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish,
shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o„sishi
uchun zarur shart-
sharoitlarni ta‟minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini
shakllantirish;
innovatsion g„oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo„yicha xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Vazirlik kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan biznesni yuritishga qulay
shart-sharoitlarni yaratish va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish orqali rivojlantirishga oid uzoq
muddatli dasturlarni tayyorlaydi. Bundan ko‟rinib turibdiki mamlaktimizdagi kichik biznesning
mikra darajadagi ko‟rinishlariga ham e‟tibor qaratiladi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya
qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik
tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish
bo„yicha dasturlarni ishlab chiqadi.
Hududlar innovatsion faoliyati ko„lamini kengaytirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya
qilish, qoloq tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlarning
iqtisodiy rivojlanish
darajasida tabaqalashuvni qisqartirishga ko„maklashadi. Mamlakatimizning chekka qishloqlaridagi
har bir hududlariga o‟z yangilanish sohalari bilan kirib borish.
Yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, sanoat zonalari, logistika xablarini yaratish va
amaldagilarining samaradorligini oshirish bo„yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga
oshiradi, shuningdek, respublikaning innovatsion salohiyatini oshirishga ko„maklashadi va bu
boradagi bilim va ko‟nikmalarini oshirishdan iborat.
Aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni ta‟minlash
bo„yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish,
shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o„sishi uchun zarur shart-
sharoitlarni ta‟minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini
shakllantirish sohasida Aholi davlat uchun emas davlat aholi uchun
xizamat qiladi shiorini
ta‟minlash.
Ta‟lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o„qitishning zamonaviy va interfaol
metodlarini joriy etish orqali targ„ib qiladi, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda
tutuvchi innovatsion o„quv dasturlarini ishlab chiqishni ta‟minlaydi;
Davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo„nalishlarini belgilash hamda
grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning
davlat ilmiy-texnikaviy
dasturlarini tasdiqlash sohasida:
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-
xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini
kengaytirishga yo„naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish sohasida:
Innovatsion g„oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo„yicha davlat
boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ulardan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur
ma‟lumotlarni so„rab olish;
lmiy-texnika va innovatsion loyihalarni ekspertizadan o„tkazish, shuningdek, Vazirlik
vakolatiga kiradigan muammolarni hal qilish uchun yetakchi olimlar hamda davlat organlari va
tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat idoralararo ilmiy-texnik, innovatsion
kengashlar, shuningdek, fan va texnologiyalar rivojlanishining muhim yo„nalishlari bo„yicha
ekspert guruhlarini tuzish;
Qisqacha qilib xulosa qilib aytadigan bo‟lsang O‟zbekiston
Respublikasi innovatsion
rivojlantirish vazirligining tashkil etilishi ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirilishiga
yaratilayotgan innovatsion g„oyalarni qo„llab-quvvatlash va investitsiya qilishni ta‟minlash hamda
ularni yangi mahsulot va xizmatlarga aylantirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni
ta‟minlash hamda uzoq muddatli istiqbolga mo„ljallangan texnologiyalarni yaratish sohasida
dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqilishiga turtki bo‟ldi.