O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana09.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#767223
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
2013-karimov-axborot-lat

Uchinchi qoida – 
antivirus vositalaridan muntazam foydalanish. 
Antivirus vositalari muntazam yangilanib turilishi lozim. 
To‘rtinchi qoida – 
yangi yechib olinadigan axborot tashuvchilardan va 
yangi fayllardan foydalanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish. Yangi 
yechib olinadigan tashuvchilar olinganda, albatta, yuklanuvchi va fayl 
viruslari mavjudligiga, olingan fayllar esa fayl viruslari mavjudligiga 
tekshirilishi lozim. Tekshiruv, skanerlovchi – dasturlar va evristik tahlilni 
amalga oshiruvchi dasturlar yordamida amalga oshirilishi kerak. Olingan 
hujjatlar va jadvallar bilan ishlashda, ushbu fayllar to‘liq tekshirilgunga 
qadar, matn va jadval muharrirlariga o‘rnatilgan makrokomandalarning 
bajarilishini taqiqlash zarur.
Beshinchi qoida – 
tizimga, ayniqsa taqsimlangan tizimlarga yoki 
jamoa bo‘lib foydalaniladigan tizimlarga, kiritilayotgan fayllarni va 
yechiladigan axborot tashuvchilarni maxsus ajratilgan kompyuterlarda 
tekshirish. Uni tizim administratori yoki ma’lumotlar xavfsizligiga mas’ul 
bo‘lgan shaxsning avtomatlashtirilgan ish joyidan amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq. Disk va fayllarni har tomonlama antivirus tekshiruvidan 
o‘tkaziluvidan so‘ng ularni tizimdan foydalanuvchilarga taqdim etish 
mumkin. 
 
Oltinchi qoida 
– agar axborotlarni tashuvchilarga yozish nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, bunday amallarni bajarilishini blokirovka qilish. 
Yuqorida keltirilgan tavsiyalarga doimiy rioya qilinishi virus dasturlar 
bilan zararlanish ehtimolini ancha kamaytiradi va foydalanuvchini 
axborotlarni qaytib tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlardan saqlaydi.


89 
KTdan foydalanish bosqichlarida tizimdagi axborotlarning butunligi 
va ulardan foydalanish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi: 
– KTda mavjud axborotlarning butunligi; 
– KTning rad etishga barqarorligini oshirish; 
– tizimning qayta yuklanishi va «osilib qolishi»ni bartaraf etish; 
– axborot zaxiralarini yaratish; 
– qat’iy belgilangan dasturlar majmuidan foydalanish; 
– texnik xizmat ko‘rsatish va kam-ko‘stini to‘ldirish jarayonlarining 
o‘ziga xos tartibiga rioya qilish; 
– antivirus tadbirlari kompleksini o‘tkazish. 
Axborotning butunligi va foydalanishga qulayligi apparat vositalar 
zaxirasini yaratish, foydalanuvchilarning xato harakatlarini blokirovka 
qilish, kompyuter tizimlarining ishonchli elementlaridan va barqaror 
ishlovchi tizimlardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tizim 
elementlarini qasddan ortiqcha ishlatish tahdidlari bartaraf etiladi. Buning 
uchun bajariladigan dasturlarga buyurtmalarni kelib tushish intensivligini 
o‘lchash mexanizmlaridan va bunday buyurtmalarni berishni cheklash 
yoki blokirovka qilish mexanizmlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda 
ma’lumotlarni uzatish yoki dasturlarni bajartirishga bo‘lgan buyurtmalar 
oqimining birdaniga keskin oshib ketishini aniqlash imkoni ham oldindan 
nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
KTda axborotlarning butunligi va foydalanishga qulayligini 
ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ularning zaxiralarini hosil qilishdan 
iborat. Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi axborotning muhimligini, 
KTning uzluksiz ishlashiga bo‘lgan talablarni, ma’lumotlarni tiklashdagi 
qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tanlanadi.
Himoyalangan KTda faqatgina ruxsat etilgan dasturiy ta’minotdan 
foydalanilishi lozim. Foydalanishiga rasman ruxsat etilgan dasturlarning 
ro‘yxati, ularning butunligini nazorat qilishning usullari va davriyligi KTni 
ekspluatatsiya qilinishidan oldin aniqlanishi kerak.
Dasturlar butunligini nazorat qilishning sodda usullaridan biri nazorat 
yig‘indilari usuli hisoblanadi. Nazorat yig‘indisi – ma’lumotlar blokining 
oxiriga yoziladigan bitlar ketma-ketligi. Nazoratdagi faylga kiritilgan 
o‘zgartirishni, nazorat yig‘indini tuzatib qo‘yish bilan, berkitishni istisno 
qilish maqsadida nazorat yig‘indini shifrlangan holda saqlash yoki nazorat 
yig‘indini hisoblashning maxfiy algoritmidan foydalanish zarur.
Axborot butunligini nazorat qilishning ko‘proq maqbul bo‘lgan 
metodlarida bir xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-
funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib 


90 
bo‘lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko‘rinishda yoki 
jinoyatchining «qo‘li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish