O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Katta yoshdagilar psixozlari 
Katta yoshdagilar psixozlari keksalikdan oldingi (presenil) va 
keksalik davridagi senil psixozlarga bo‘linadi.
Keksalikdan oldingi (presenil) psixozlar 
50–70 yoshda 
organizmning umumiy jismoniy, yosh bilan bog‘liq qayta qurilishi va 
u bilan birga kechadigan asab tizimidagi o‘zgarishlar davrida yuzaga 


92
keladi. Ayollarda keksalikdan oldingi psixozlar preklimakter va 
klimakter yoshda yuzaga keladi. Ko‘pchilik mualliflar kasallikning 
rivojlanishini organizmning umumiy involyutsiyasi, modda 
almashinuvining buzilishi va autointoksikatsiya bilan bog‘laydilar. 
Presenil psixozlarning yuzaga kelishi individuumning psixogen 
xususiyatlariga ham bog‘liq deb hisoblanadi. 
Keksalikdan oldingi psixozlar asosan emotsional buzilishlardan 
boshlanadi. Bemorlarning kayfiyati tushkun, g‘amgin bo‘lib qoladi, 
ular o‘z sog‘lig‘i va hayotidan, yaqin kishilarining hayoti va 
xavfsizligidan xavotirlanadilar. Bunga uyqusizlik, shubhalanish, 
ta’qib etilish va aybdorlik haqidagi fikrlar ham qo‘shiladi. Bemor-
larda gallyutsinator-paranoid alomatlar, harakatdagi qo‘zg‘alish yoki 
tormozlanish kuzatiladi. Eng ko‘p uchraydigan turini xavotirli - 
g‘amgin holatga xos bo‘lgan 
involyutsion melanxoliya 
tashkil qiladi. 
Bunday bemorlar jinni bo‘lib yoki o‘lib qolishlari, qarindoshlariga bir 
nima bo‘lishi haqidagi fikrlarni bildiradilar. Ba’zan bo‘lajak 
baxtsizlik haqidagi fikrlar nafaqat yaqinlar va tanishlarga, balki 
barcha atrofdagilarga taalluqli bo‘ladi. Shu bilan birga, bemorlar 
ko‘pincha o‘zini o‘zi ayblash bilan bog‘liq vasvasa g‘oyalarini 
bildiradilar, buning uchun o‘z hayotidan ayrim fakt va voqealarni 
keltiradilar.
Keksalikdan oldingi psixozlarning keyingi ko‘p uchraydigan 
shakli 
involyutsion paranoid 
bo‘lib, u zarar ko‘rganlik haqidagi 
vasvasa, keksalikdan oldingi parafreniyada namoyon bo‘ladi. Sud-
psixiatriya amaliyotida keksalikdan oldingi parafreniya bilan og‘rigan 
bemorlar ushbu kasallik uchun tipik bo‘lgan xavotirli-g‘amgin 
kayfiyat fonidagi yorqin vasvasa g‘oyalari va gallyutsinatsiyalarning 
mavjudligi bilan ajralib turadi. Vasvasa g‘oyalari va gallyutsi-
natsiyalari mazmunan turlicha bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigani ta’qib 
etilish va rashk bilan bog‘liq vasvasa g‘oyalaridir. Gallyutsinatsiyalar 
ko‘pincha eshitish bilan bog‘liq bo‘ladi. Vasvasa g‘oyalari odatda 
muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib, real hodisalarni patologik qayta 
ishlashni qamrab oladi. Bemorlar o‘zlarini ta’qib etuvchilarning 
o‘zaro so‘zlashuvlarini «eshitadilar», ularga buyruqlar beradilar. Ular 
gipnoz, nurlar, zaharli moddalar va shu kabilarning ta’sirlarini «his 
etadilar». Rashk bilan bog‘liq vasvasa g‘oyalari ham muayyan 


93
shaxslar va holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bemorlar o‘z eri yoki 
xotinini qo‘shnilari, tanishlari va hatto yaqin qarindoshlaridan 
qizg‘anadilar. O‘zlarining vasvasa g‘oyalaridan iborat gaplarini 
tasdiqlash uchun bemorlar ayrim nomuhim faktlardan foydalanadilar. 
Keksalikdan oldingi psixozlarning kam uchraydigan shakli 
katatonik 
psixozdir. Bemorlarda xavotirli-g‘amgin holat bilan bir qatorda 
harakatdagi tormozlanish rivojlanadi. U qotib qolish (stupor) 
darajasiga ham yetishi mumkin. Bemorlar atrofdagilar bilan tanlab 
muloqotda bo‘ladilar, salbiy reaksiya ayrim shaxslarga nisbatangina 
kuzatiladi. Ular o‘zlarining ovqatdan qat’iy voz kechishlarini hamma 
odamlar singari ovqatlanishga munosib emasliklari, chunki ular 
«muhim jinoyatchi» ekanliklari bilan izohlaydilar.
Sud-psixiatriya amaliyotida keksalik oldi psixozlari psixikani 
jarohatlovchi vaziyatlar sharoitida, jinoyat sodir etilganidan so‘ng, 
tergov vaqtida yuzaga kelishi kuzatiladi. Bunda dastlabki klinik 
manzara ko‘pincha psixogen-isterik simptomatikaning mavjudligi 
bilan bog‘liq bo‘ladi, buning oqibatida kasallikning haqiqiy tabiati 
darhol aniqlanmaydi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish