O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Suitsidning oldini olish (prevensiya, profilaktika)



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Suitsidning oldini olish (prevensiya, profilaktika) 
O‘zini o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan shaxslar bunday qilmas-
liklari haqidagi fikr – xavfli yanglishuv. Suitsidal urinishlarning 
o‘ntasidan bittasida ular amalga oshadi. O‘lish istagi ko‘pincha stress 
holatida bo‘lgan hamda yordamga, psixologik qo‘llab-quvvatlash va 
zarur bo‘lganida davolanishga muhtoj insonning ko‘mak berish 
haqidagi qichqirig‘i yoki noroziligi bo‘ladi. O‘zini o‘ldirishlar 
profilaktikasi prevensiyaning barcha darajalarini, shuningdek takroriy 
suiqasdlarning oldini olish chora-tadbirlarini qamrab oladigan tizim 
sifatida qurilishi kerak. Takroriy urinishlar 22–25 % ni tashkil etadi. 


130
Buning ustiga, ushbu hollarda letal oqibat darajasi dastlabki 
urinishlardagidan bir qancha marta ko‘pdir. Suitsidal urinish sodir 
etgan har to‘rtinchi shaxs uni takrorlaydi, har o‘ninchisi esa 
yakunlangan o‘zini o‘ldirish oqibatida halok bo‘ladi. Shu bois 
nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi profilaktika ham zarur. Shuni 
ta’kidlash lozimki, o‘zini o‘ldirishlarning oldini olish idoraviy
psixiatrik imkoniyatlar doirasidan chiqadi va tibbiy, psixologik, 
ijtimoiy, huquqiy va pedagogik xususiyatga ega choralarni birlashti-
ruvchi tizimni shakllantirish orqali hal etilmog‘i kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida suitsidologik xizmat tashkil qilingan. 
Uning bo‘linmalarini quyidagilar tashkil etadi: metodik suitsidologik 
markaz, «krizis» statsionari, ijtimoiy-psixologik yordam kabineti, 
«Ishonch telefoni». 
Metodik suitsidologik markazlar psixiatriya xizmati va aholi 
o‘rtasida oraliq holatni egallovchi tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish-
ning yangi shakli hisoblanadi. Markaz vazifalariga suitsidologik 
xizmatning barcha tarkibiy tuzilmalariga tashkiliy-metodik va 
konsultativ yordam ko‘rsatish, aholi o‘rtasida suitsid hollarining 
hammasi haqida muntazam ravishda axborot olish uchun IIV 
organlari hamda «tez tibbiy yordam» stansiyalari bilan tezkor aloqa 
o‘rnatish hamda suitsidologik xizmat tarkibiy bo‘linmalarining 
xodimlari, umumiy somatik tarmoq shifokorlari, yuristlar, psixologlar 
va ijtimoiy xizmat xodimlari bilan yaqin hamkorlik qilish kiradi. 
Suitsidologik xizmatning keyingi bo‘g‘ini «krizis» statsionari 
bo‘lib, u suitsidal tamoyillar yuzaga kelishi xavfi katta bo‘lgan 
psixologik krizis holatidagi shaxslarni davolash va qayta adaptatsiya 
qilish uchun mo‘ljallangan. U shahar kasalxonasining psixo-somatik 
bo‘linmasi tarkibida ochiladi. 
Ijtimoiy-psixologik yordam kabinetlari ham suitsidologik xizmat 
tarkibiga kiradi hamda psixo-nevrologik dispanserda hisobda 
turmagan va hisobga qo‘yishga muhtoj bo‘lmagan aholi toifasi 
orasida suitsidal xatti-harakati bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularga 
ambulatoriya xizmati ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 
Suitsidologik xizmatning oxirgi bo‘limi «Ishonch telefoni» 
hisoblanadi. Ushbu xizmatning psixiatr-shifokorlari, psixoterapevtlari 
va tibbiyot psixologlari ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatida 


131
bo‘lgan va psixologik krizisni boshidan kechirayotgan shaxslarga 
suitsidal urinishlar sodir etilishining oldini olish maqsadida 
kechiktirib bo‘lmas psixoterapevtik yordam ko‘rsatishlari kerak. 
«Ishonch telefoni» bo‘yicha muloqotlar anonim tarzda amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, preventiv xizmat 
tuzilishida sog‘liqni saqlash va ichki ishlar organlari tizimi yetakchi 
o‘rin tutadi. O‘zini o‘ldirish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish, 
suitsidentning ruhiy sog‘lig‘ini baholash, qarindoshlariga ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida suitsidologlarni mutaxassislar 
sifatida jalb qilish zarur. Suitsidologlar tergovchiga o‘lim turi haqida, 
ushbu holda huquqiy chora ko‘rish va tergovchini qiziqtirayotgan 
boshqa holatlarni aniqlash shakli haqida ishonchli ma’lumot olish 
uchun guvohlarga malakali savol berishda ko‘maklashadilar. 
Shunday qilib, suitsidal xatti-harakatning oldini olish muammosi 
psixiatrlar, psixologlar, huquqshunoslar, sotsiologlar va pedagoglarni 
jalb etgan holda bir qator preventiv tadbirlarni amalga oshirishni 
talab etadi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish