O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

tashqi shakllariga 
suitsidal urinishlar 
va yakunlangan suitsidlar kiradi. Suitsidal urinish va suitsid o‘z 
rivojlanishida ikki bosqichdan o‘tadi. Birinchisi – qaytarsa bo‘ladigan 
bosqich, bunda subyektning o‘zi yoki atrofidagilar aralashuvi bilan 
bunday urinishni to‘xtatishi mumkin. Ikkinchisi – qaytarib bo‘lmas 
bosqich. Ushbu bosqichlarning xronologik parametrlari suitsident-
ning niyatlari va suitsid usuliga bog‘liqdir. 
Suitsid – muayyan maqsadga bo‘ysunadigan, ammo faoliyatning 
undovchi motivini qamrab oladigan harakat. Suitsid maqsadi va 
motivining nisbati o‘zini o‘ldirishning shaxsga xos ma’nosini tashkil 
qiladi. Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra, suitsid haqiqiy hamda namoyish-
korona va shantajga oid bo‘lishi mumkin. 
Haqiqiy o‘zini o‘ldirishlar, bunga qaratilgan suiqasdlar va 
xarakatlarning maqsadi o‘zini hayotdan mahrum qilish bo‘ladi. 
Oxirgi natija sifatida o‘lim nazarda tutiladi, biroq o‘limni istashning 
haqiqiylik darajasi har xil bo‘ladi. Bu esa suitsidal xarakatlarning 
sharoiti va usullarida o‘z aksini topadi. Quyidagi holatlar suitsidal 
maqsadlarning chinligidan dalolat beradi: atrofda shaxslar 
bo‘lmasligi, shuningdek ularning kelib qolish ehtimolining kamligi; 
begonalarning aralashishiga xalal beruvchi choralarning ko‘rilishi 
(eshikni qulf bilan yopish va boshqalar); suiqasd vaqti (ko‘pincha 
ertalab oltidan kunduzi o‘n ikkigacha); alkogoldan mastlik belgila-
rining yo‘qligi; suitsidal yozuvlarning borligi; o‘lishga tayyorgarlik 
(cho‘milish, ich kiyimni almashtirish va sh.k.); suitsidni amalga 
oshirish uchun ishonchli usullardan foydalanish (tepadan qulash, 
transport ostiga o‘zini talash, o‘zini osish, o‘zini yoqish). 
Namoyishkorona-shantajli suitsidal xatti-harakatdan ko‘zlangan 
maqsad o‘zini hayotdan mahrum qilish emas, balki maqsadini na-
moyish qilish bo‘ladi. Ba’zan bunday namoyish real sharoitni 
yetarlicha baholay olmaslik oqibatida yakunlangan suitsid bilan 
tugaydi. 
Ko‘pchilik suitsidologlarning fikricha, suitsidning muhim belgisi 
– suitsid niyatlarining haqiqiyligi va bajarilayotgan harakatlarning 
jiddiyligi, ya’ni hayot uchun haqiqatan ham xavfliligi. Ko‘pgina 
odamlar o‘z hayotlari jarayonida kimnidir urish yoki hatto o‘ldirish 
istagini tuyadilar, biroq hamma ham bu niyatlarni amalga oshirishga 


123
qodir emas. Shu bois subyektning kimgadir qaratilgan tajovuzkor 
fikrlarini tekshirish kriminologiyaning tadqiqot sohasiga kiritilmaydi, 
unga faqat jinoyatni real sodir etishgina kiradi. Ushbu fenomen 
singari hayotiy mojarolarni hal qilishda ko‘pchilik odamlarda nizoni 
hal qilish usuli sifatida o‘zini o‘ldirish fikri yuzaga kelishi mumkin, 
biroq juda kam odamlar bunday niyatlarni amalga oshiradilar. 
O‘zaro mos kelmaydigan harakat maqsadi va faoliyat motivining 
nisbati, yuqorida aytilganidek, 
shaxsiy ma’noni 
tashkil qiladi. 
Suitsidal xatti-harakat shaxsiy ma’nosining noaniqligi ravshan va 
quyidagi tiplar orqali namoyon bo‘ladi: 1) e’tiroz, qasos; 2) chaqiriq; 
3) (jazo, azobdan) qochish; 4) o‘zini jazolash; 5) voz kechish. 
Suitsidal xatti-harakatning e’tiroz shakllari mojaro vaziyatida, 
uning obyektiv bo‘g‘ini suitsidentga nisbatan dushmanchilik yoki 
tajovuzkor bo‘lganida hamda suitsidning ma’nosi obyektiv bo‘g‘inda 
salbiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lganida yuzaga keladi. Qasos – 
atrofdagi dushmanlarga aniq zarar yetkazish shaklidagi muayyan 
e’tiroz. Xatti-harakatning mazkur shakllari o‘zini yuksak darajada 
baholash va qadrlash, shaxsning faol yoki tajovuzkor pozitsiyasi 
mavjudligini taqozo etadi. 
«Chaqiriq» tipidagi suitsidal xatti-harakatning ma’nosi vaziyatni 
o‘zgartirish maqsadida tashqaridan bo‘ladigan yordamni faollash-
tirishdan iborat, bunda shaxs pozitsiyasi unchalik faol bo‘lmaydi. 
«(Jazo yoki azobdan) qochish» suitsidlarida mojaroning ma’nosi 
shaxs sifatida yoki biologik jihatdan mavjudlikka tahdiddan iborat 
bo‘lib, unga yuksak darajadagi o‘zini qadrlash qarshi turadi. 
Suitsidning ma’nosi - o‘zini yo‘q qilish orqali mavjud xavfni ko‘tara 
olmaslikdan qochish. 
«O‘zini jazolash»ni «shaxsning ichki noroziligi» sifatida 
ta’riflash mumkin. O‘zini jazolash suitsidlarining ma’nosi har xil 
tuslarga ega bo‘lishi mumkin: «o‘zidagi dushmanni yo‘q qilish» yoki 
«aybini yuvish». 
Agar yuqoridagi to‘rtta tipda suitsid maqsadlari va faoliyat 
motivlari mos kelmagan bo‘lsa va bu suitsidal xulqni harakat sifatida 
baholashga asos bergan bo‘lsa, «voz kechish» suitsidlarida maqsad 
va motiv o‘rtasidagi sezilarli farqni aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. 
Boshqacha aytganda, motiv – mavjudlikdan voz kechish, maqsad esa 
– o‘zini hayotdan mahrum qilish. 


124
Ushbu sxemani birinchi tipdan beshinchisiga qarata baholab, 
suitsid maqsadining asta-sekin faoliyat motiviga yaqinlashishini 
ko‘rsatishi mumkin. Bu esa suitsidal tamoyillarning haqiqiyligi 
mustahkamlanishiga, o‘lim istagining kuchayishiga, binobarin, 
urinishlarning jiddiyligiga olib keladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish