O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Patologik mudroq holat (uyqudan mast bo‘lish)
– ong xiralashu-
vining turlaridan bo‘lib, sud psixiatriyasida muhim o‘rin tutadi. 
Yorqin, jumladan dahshatli tushlar bilan kechadigan uyqudan sekin 
uyg‘onishda yuzaga keladi. Bunday hollarda uyqudagi tormozla-
nishdan avvalo harakatlarga aloqador funksiyalar qutuladi, ayni 
vaqtda ongni tashkil qiluvchi oliy ruhiy funksiyalar hali turli 
darajadagi tormozlanish holatida bo‘ladi. Yarim uyg‘oq odamda u 


75
haqiqat deb qabul qilayotgan tushlar saqlanib qoladi. Ular atrofni 
noto‘g‘ri idrok etish bilan qo‘shilib, dahshatga va patologik 
kechinmalarga mos ravishda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan 
harakatlar sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Patologik mudroq 
holat chuqur uyqu bilan tugaydi. Tushlarning ayrim parchalari 
xotirada saqlanib qolishi mumkin.
Aqli zaiflik sindromi 
psixikaning qat’iy, orqaga qaytmas 
darajadagi kuchsizlanishida namoyon bo‘ladi. U o‘tmishda olingan 
bilim va ko‘nikmalarning yo‘qolishi yoki kamayishi, yangilarini 
olishning mumkin emasligi va qiyinligi bilan kechadi. Aqli zaiflik 
sindromi bosh miya qobig‘ining, faoliyatning qattiq buzilishi 
holatlarida esa ikkinchi signal tizimi organik zararlanishining oqibati 
sifatida rivojlanadi.
Tug‘ma va orttirilgan aqli zaiflik farqlanadi. Tug‘ma aqli zaiflik 
(oligofreniya)da (ko‘pincha homilaning tug‘ilish paytidagi jarohati 
oqibatida) aqliy kamchilikning nisbatan tekis, bir xil darajasi, so‘z, 
tushunchalar, bilimlar, ko‘nikmalar boyligining kamligi kuzatiladi. 
Agar bu turdagi aqli zaiflik keskin bo‘lmagan shaklda namoyon 
bo‘lsa, bemorlar oddiy va aniq faktlarni tushunish qobiliyatini saqlab 
qoladilar, odatdagi vaziyatda oriyentir oladilar, eng oddiy ko‘nik-
malarni o‘rganish, ba’zi sodda kasbiy bilimlarni egallashga qodir 
bo‘ladilar. 
Hayotda orttirilgan aqli zaiflik 
demensiya 
deb ham ataladi. 
Orttirilgan aqli zaiflikda normal aqliy faoliyat kasallik jarayonining 
oqibatida buziladi. Bunda ayrim ma’lumotlar zaxirasi, nutq tuzilishi, 
so‘z boyligi bemor ilgari boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lganligini 
ko‘rsatadi. Chuqur aqli zaiflik va ruhiy tanazzuldan dalolat beruvchi 
javob bilan bir qatorda undan ilgarigi bilimlari, avvalgi aqliy 
qobiliyati va fikrlarining parchalari bo‘lgan ayrim mulohazalarni 
eshitish mumkin.
Aqli zaiflikning ushbu ikkala shakli tafakkur sustligi, analiz va 
sintez, hukm va tushunchalarning asosini tashkil qiluvchi yuqori 
tartibdagi muvaqqat aloqalar hosil qilish imkoniyatining 
cheklanganligi bilan ajralib turadi. Aqli zaiflikda aqliy faoliyatning 
buzilishi bilan bir qatorda xatti-harakatni boshqarish ham buzilganligi 
kuzatiladi. Bu affektiv reaksiyalarning xarakterida namoyon bo‘ladi. 


76
Ifodalanganlik darajasi bo‘yicha yalpi (to‘liq) va juz’iy 
(o‘choqsimon) aqli zaiflik ajratiladi. 
Yalpi aqli zaiflikda 
tanqidiy qarash qattiq buzilgan bo‘ladi yoki 
umuman mavjud bo‘lmaydi. Bemorlarda fikrlash darajasi keskin 
pasaygan va xotira buzilgan, tafakkur susaygan va samarasiz bo‘ladi. 
Befarqlik, beparvolik, ustunlik qiladi. Ilgari xarakterga xos bo‘lgan 
individual xususiyatlar yo‘qotilgan bo‘ladi. Agar ilgari psixikaning 
har xil ijobiy simptomlari kuzatilgan bo‘lsa, endi ular mavjud 
bo‘lmaydi. «Ruhiy tuzilishining vayronalari» qoladi, xolos. Yalpi aqli 
ojizlikning yorqin misoli rivojlanib boruvchi shollikda kuzatiladigan 
aqli ojizlikdir.
Juz’iy (lakunar) aqli zaiflikda 
tanqidiy munosabat, fikrlash, xotira 
to‘liq pasaymaydi. Bemorlarda o‘zining foydasizligi hissi bilan 
kechadigan kayfiyat va yig‘loqilik kuzatiladi. Shaxsning avvalgi 
xarakteriga xos bo‘lgan asosiy jihatlar saqlanib qoladi. Markaziy asab 
tizimining qon tomir kasalliklarida kuzatiladigan aqli zaiflik bunga 
misol bo‘lishi mumkin.
Aqli zaiflikning yorqin ifodalangan shakllari bilan bir qatorda 
ruhiy faoliyat susayishining «xususiyatlarini pasayishi» tushunchasi 
bilan ifodalanadigan yengil shakllari ham mavjud. Ularga, birinchi 
navbatda, bemorning kasbiga taalluqli bo‘lgan ish qobiliyatining 
pasayishi, barqaror charchoq, xotiraning yomonlashuvi, qiziqishlar 
doirasining torligi xosdir. Bemor shaxsiga xos ba’zi jihatlar 
yo‘qolishi, boshqalari, aksincha, sezilarli darajada kuchayishi mum-
kin. Biroq, avvalgi individuallik, umuman olganda, yetarli darajada 
saqlanib qoladi. Bemor yuz berayotgan o‘zgarishlarni har doim 
anglaydi. Xususiyatlarining pasayishi barqaror (statsionar) bo‘ladi 
yoki asta-sekin aqli zaiflik simptomlari ko‘rinishlari bilan almashi-
nishi mumkin.
Aqli zaiflik sindromi turli kasalliklarda har xil namoyon bo‘ladi. 
Rivojlanib boruvchi shollikdagi (masalan, zaxm oqibatida) aqli 
zaiflikka 
tanqidiy munosabatning keskin pasayishi, kasal ekanligini 
mutlaqo anglamaslik, parishonxotirlik va tashqi ta’sirga 
beriluvchanlik xos. Bemorlar eng oddiy aqliy operatsiyalarni bajara 
olmaydilar, xotiraning borgan sari kuchli buzilishlari paydo bo‘ladi. 
Bu kasallikdagi aqli zaiflikka xos xususiyat ko‘tarinki kayfiyat 


77
(eyforiya) bo‘lib, u bema’ni buyuklik vasvasa g‘oyalari yoxud 
bema’ni mazmunga ega bo‘lgan gaplar bilan birga keladigan 
befarqlik (apatiya) va umidsizlik bilan kechadi.
Epileptik aqli zaiflikka 
assotsiatsiyalarning o‘zgaruvchanligi va 
qiyin harakatlanishi xosdir. Bemorlar o‘z fikrlarini shoshilmasdan, 
haddan tashqari batafsil bayon etadilar, o‘zlarini chalg‘itishlariga, 
gaplarini bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaydilar, nomuhim tafsilotlarga 
berilib ketadilar, ayni vaqtda asosiy muhim jihatlarni e’tibordan 
chetda qoldiradilar va so‘z boyligi kamayib boradi. 
Shizofrenik aqli zaiflik 
o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. 
Bemorlar bilim zaxiralarini yo‘qotmaydilar, mayda tanbehlar 
berishga, mavhum g‘oyalar berishga qodirdirlar. Ammo ularning bu 
bilimlari maqsadsiz bo‘ladi, chunki ular assotsiatsiyalarining poyma-
poyligi, atrofdagi hech narsaga qiziqmasliklari, voqelik bilan aloqani 
yo‘qotganliklari tufayli o‘z bilimlaridan maqsadli foydalana 
olmaydilar. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari o‘rtasida aloqa 
buzilgan so‘zlar, tushunchalar, muayyan hodisalar haqidagi bilimlar-
ning real voqelikdan uzilishiga olib keladi. Bemorlarning fikrlashi 
mavzusiz bo‘lib boradi, so‘zlarga istalgan ma’no beriladi.
Aqli zaiflikning aniqlanishi sud psixiatriyasida katta ahamiyatga 
ega. Kasallik tashxisi noaniq bo‘lib qolgan hollarda ham aqli 
ojizlikning mavjudligi aqli norasolikni tan olishni talab etadi. 
Ta’kidlash lozimki, o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunmaslik va 
ularni boshqara olmaslik kabi aqli norasolikdek yuridik mezonning 
bunday belgilari doimo barcha turdagi aqli ojizlikda mavjud bo‘ladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish