O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Insonlarning bir-birlarini tushunish va



Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana16.06.2021
Hajmi325,56 Kb.
#66658
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va 
idrok etish mexanizmlari 
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot orqali xo-
dim o‘z xizmat burchini bajaradi, qonun asosida muloqot tartibga soli-
nadi. Muloqotning vositalari huquqni muhofaza qilish organlari 
faoliyatida nafaqat «til», shuningdek yuqorida aytib o‘tganimizdek, 
imo-ishora, eng asosiysi muloqot davomida shaxsning yuzidagi 
o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organi 
xodimlarining muloqoti xizmat faoliyati davomida quyidagi xusu-
siyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Til so‘z belgilari tizimi bo‘lib, u psixik faoliyatni ifodalovchi, shu 
bilan birga, nutqda foydalaniladigan aloqa vositasidir. Biroq nutqning 
buzilishi muloqot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bosh miya qo-
big‘ining ayrim qismlari zararlanishi natijasida nutqning izdan chiqi-
shidan iborat psixopatologik nuqson afaziya deyiladi. Nutqning buzi-
lishi insonning yozma nutqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqdagi 
turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi agrafiya deyiladi. 
Agrafiya holatida odam yozish qobiliyatini butunlay yo‘qotadi 
yoki so‘zlardagi harflarni tushirib qoldiradi, harflarni bir-biriga qo‘sha 
olmaydi. Agrafiya katta odamlarda bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining 
buzilishi natijasida ro‘y bersa, bolalarda u duduqlik natijasida kelib 
chiqadi. 
Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U 
ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida 
muloqotning vazifalari turlicha. Shu boisdan, muloqotning quyidagi 
vazifalarini ko‘rsatishimiz mumkin. 
Muloqotning psixologik vazifalari: 
– informatsion; 
– regulyativ; 
– signal; 
– nazorat; 
– tarbiya. 
Informatsion vazifa axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir. 
Regulyativ  vazifa muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan 
to‘g‘ri munosabatni tashkil qilishdan iborat. 
 
129


 
Signal  vazifasining ko‘magida biz bo‘lib o‘tayotgan katta aha-
miyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi signalni qabul qilamiz va 
uzatamiz. 
Nazorat  vazifasi ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish 
jarayoni nazorat qilinadi. 
Tarbiya qilish vazifasi muloqot orqali shaxsni shakllantirish jara-
yoni bo‘lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqotidagi 
psixologik xususiyatlar: 
1) muloqotning kasbiy yo‘nalganligi; 
2) muloqotning huquqiy jihatdan tartibga solinishi; 
3) muloqotning majburiyligi; 
4) muloqot maxsus obyektining mavjudligi; 
5) muloqotda psixologik to‘siqlarning mavjudligi; 
6) jinoyatchilarning maxsus tili va tatuirovkalarning ahamiyati 
hamda xususiyatlarini bilish zarurligi. 
Ichki ishlar organlari xodimining faoliyatida bo‘ladigan muloqot-
ning muhim xususiyatlaridan biri uning kasbiy yo‘nalganligidir. Zero-
ki, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari jinoyat qilgan 
shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa 
shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochib 
tashlashga harakat qilsalar, aksincha, jinoyatchilar jinoyatni yashirish-
ga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutulishga hara-
kat qilishadi. 
Tergovchi protsessual qonunlarning normalari asosida harakat qi-
ladi. Shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan, xo-
dim muloqot qilishga majbur. 
Muloqotning uzoq davom etishida ziddiyatli holatlar tez-tez uch-
rab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Mulo-
qotga kirishgan har bir shaxs, uning yakuniy holatiga qarab turlicha 
xulosa chiqarishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari xodi-
mida muloqotga kirishish, jinoyat sodir bo‘lgandan so‘ng boshlanadi.  
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi 
ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko‘p hollarda bunday 
shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Mu-
loqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular 
sun’iy ravishda vujudga keladi. 
 
130


 
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud: 
1) motivatsion to‘siqlar; 
2) aqliy (intellektual) to‘siqlar; 
3) emotsional to‘siqlar; 
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar. 
Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh 
tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamas-
ligi jarayonida namoyon bo‘ladi.  
Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining 
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi 
mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi. 
Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va 
emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo‘rquv, 
asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar). 
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar huquqni muhofaza qilish or-
ganlari xodimlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va 
muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib 
borayotgan vaqtda uchraydi. 

Download 325,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish