ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi
ham kasbiy-musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga keskin xalaqit
bermasligi mumkin.
Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordamida
o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb
tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash
ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni ochadi.
Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhala-
rida o‘z o‘rnini topa oladilar hamda
yuksak yutuqlarga erishadilar,
hatto bir necha faoliyat turida muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o‘lchash muammosi
o‘ziga xos tarixga ega. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida qator
psixologlar (Kettel, Termin, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisos-
lar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan
talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniq-
lashni taklif qilib chiqdilar. Bu bilan shaxsning mansabdorlik daraja-
sida tutgan o‘rni va uning
u yoki bu mehnat faoliyatida, oliy o‘quv
yurtlarida ta’lim olishida, ishlab chiqarishda, armiyada va ijtimoiy
hayotda rahbarlik lavozimlarini olishga layoqatlarini aniqlash taxmin
qilingan edi.
Biroq qobiliyatlarni miqdor jihatdan baholash muammosi jamiyat-
da paydo bo‘lish davridan e’tiboran ikki xil xususiyat kasb etdi. Bir
tomondan, u mehnatkash kishining real imkoniyatlarini obyektiv ra-
vishda aniqlashga imkon beradi. Busiz amalda kasb tanlashga yo‘llash
uchun layoqatli kishini topish va bu ishga layoqatli
kishilarni tanlash
qiyin bo‘lur edi. Mehnat faoliyatida inson omili (ya’ni real inson va
uning qobiliyatlari) e’tiborga olinmaydigan oldingi davrga nisbatan
qobiliyatlar psixologiyada miqdoriy tadqiqotlar g‘oyasining ilg‘orligi
ana shundadir.
Kishi egallagan faoliyat (mehnat, o‘qish, sport va shu kabi)lar
uning psixologik fazilatlari (aqliy xususiyatlari, emotsional-irodaviy
sohalari, sensomotorikasi)ga yuksak talablar qo‘yadi. Bu talablarni
qandaydir
bitta sifat, hatto u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga
erishgan bo‘lsa ham, qondira olmaydi. Alohida olingan bitta psixik
xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligini ta’minlay oladi, butun
qobiliyatlarning ekvivalenti sifatida namoyon bo‘ladi, degan fikr ilmiy
94
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrdir. Qobiliyatlar murakkab struktu-
raga ega bo‘lgan psixik fazilatlar yig‘indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifati namoyon bo‘ladigan fazilatlar yig‘indisining tuzi-
lishi pirovard natijada aniq faoliyat talablari
bilan belgilanadi va
faoliyatning har xil turlari uchun turlicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: