Madaniyat
|
Arabcha “madina” - shahar so‘zidan kelib chiqqan. Jamiyat, insonning ijodiy kuch
va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi.
|
|
Konsepsiya
|
Lotincha “conceptio” - majmua, tizim. 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2) adabiyotda - biror asarning asosiy g‘oyasi.
|
|
G‘oya
|
Inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli taʼsir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |