O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati



Download 2,06 Mb.
bet6/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

Oldingi tahrirga qarang.

“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kirmaydigan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ko‘rsatilgan erkin iqtisodiy zona qatnashchilari bilan yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlari bilan shartnomalar mavjud bo‘lganda — belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish;



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 987-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 09/17/987/0421-son)

plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug‘lar, ko‘chatlar) uchun belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirish;

belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirish — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan boshqa yerlarda yalang‘och qizilmiya g‘amlash (to‘plash) va O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiya ildizini xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda.

Oldingi tahrirga qarang.

Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxati, shuningdek respublika bo‘yicha g‘amlash (to‘plash) hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va respublikaning yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan ekstrakt va tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.



(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan ekstrakt va tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari yetkazib berishga shartnomalar nusxalarini tegishli hisobni yuritish uchun yovvoyi o‘simliklar g‘amlanadigan (to‘planadigan) hudud bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga taqdim etadilar.



(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

Oldingi tahrirga qarang.

101. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish shaklida ular bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyoz berilgan holda yalang‘och qizilmiya g‘amlanganligi (to‘planganligi) uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi, xomashyo shaklida yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzgan qayta ishlash tashkilotlari tomonidan (ruxsatnoma olinmasdan) belgilangan to‘lovlarning 3 foizi miqdorida to‘lanadi.



(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 85-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 12-son, 113-modda)

11. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar har yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Kelgusi yil uchun dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan joriy yilning 1-dekabridan 30-dekabriga qadar bo‘lgan davrda bergan buyurtmanomalari asosida shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga kelishish uchun yuboriladi. Tabiatdan foydalanuvchilarning buyurtmanomalariga asosan 1-apreldan 30-mayga qadar ushbu o‘simlik turlari zaxiralarining mavjudligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasiga asosan ularni g‘amlash (to‘plash) uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash) va respublikadan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida tabiiy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Pichan o‘rish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish me’yorlari va muddatlari tegishli qishloq xo‘jaligi, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.



(11-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)

Tasdiqlangan kvotalar, shuningdek pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish me’yorlari hamda muddatlari tabiatni muhofaza qilish hududiy qo‘mitalariga, shuningdek o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarga ularning buyurtmanomalari asosida yetkaziladi.

12. To‘lov evaziga o‘simlik dunyosidan maxsus foydalanish foydalanuvchilarni yovvoyi o‘simliklar va ularning o‘sish joylarini muhofaza qilish, qayta tiklash va biotexnik tadbirlarni bajarishdan ozod etmaydi. Muhofaza etiladigan hududlarda o‘simlik dunyosidan foydalanish ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)

14. Qurib qolgan, tabiiy zararkunandalar va kasalliklar ta’sirida kuchli zararlanib quriyotgan daraxt va butalarni kesish hududiy tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari bilan kelishilgan holda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra maxsus ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.

15. Daraxtzorlar va butazorlarning quyidagi toifalari davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar atrofiga ekilgan daraxtlar va tup-tup daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzorlar va butazorlar;

davlat zaxira yerlarida joylashgan temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, kanallar va boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari;

tashkilotlar va muassasalar hududidagi daraxtlar, shuningdek shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;

suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi ekilgan daraxtlar, o‘rmon fondida joylashmagan o‘rmon massivlari, shahar ichidagi o‘rmonlar, shahar atrofidagi va aholi yashash hududlaridagi yashil o‘rmon hududlari, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega o‘rmonlar, boshqa ahamiyatga ega o‘rmonlar, aholi yashash hududlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek boshqa daraxtzor va butazorlar.


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish