I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning (keyingi o‘rinlarda Konvensiya deb ataladi) Ilovalariga kiradigan hayvonlar va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |