Loyihani amalga oshirish davrida mazkur loyiha doirasida ITB mablag‘lari, QAITJ va OPEK Jamg‘armasi qarzlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, maqsadli davlat jamg‘armalari hamda byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin