O‘zbekiston respublikasi hukumat qarorlariga asosan yuridik Shaxslarga berilgan imtiyozlar ro‘yxati



Download 73,18 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2017
Hajmi73,18 Kb.
#6368
  1   2   3   4   5
O‘zbekiston respublikasi hukumat qarorlariga asosan yuridik

Shaxslarga berilgan imtiyozlar ro‘yxati




Yuridik shaxs

Kategoriyasi (toifa)

Imtiyoz turi

Amal qilish

muddati

Asos

1

"O‘zsanoatmashimpeks" DATK

subpudrat tashkilotlari


qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar

4-ilovaga* muvofiq hajmlarda chetdan olib kiriladigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), shuningdek import bo‘yicha olib kelingan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yog‘och-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasiga sotilganida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;

yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish doirasida, "Qishloq qurilish invest" MChJ injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma bo‘yicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi qismida yagona soliq to‘lovi to‘lashdan;

5-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar - barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamg‘armalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.

2015 yilning

1 yanvarigacha


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

15.11.2013 y.

PQ-2068-sonli

“Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014 yil dasturi to‘g‘risida”

Qarori



2

Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar

Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda:

barcha turdagi soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga, byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006 yil 5 yanvardagi PF-3706-sonli Farmonining amal qilishi Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar - dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzadigan bo‘lsalar, tatbiq etilsin;

yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha yangi texnologiya uskunalarini xarid qilish chog‘ida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishga doir amaldagi tartib respublika korxonalari va tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturiga kiritiladigan axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdoriga joriy qilinsin.

2017 yilning

1 yanvariga qadar


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

20.09.2013 y.

PQ-2042-sonli

“Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

Qarori


3

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno.


2019 yilning

1 yanvariga qadar



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 08.08.2013 y.



PQ-2022-sonli

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash

borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

Qarori


4

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)

Mazkur loyiha doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti va O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lari hisobiga, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlardan ozod qilinsin.


2013 - 2017 yillar

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

15.07.2013 y.

PQ-2001-sonli

"Buxoro viloyatining

olot va qorako‘l tumanlarini

ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash" loyihasini xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

Qarori


5

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

Belgilab qo‘yilsinki, bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha Memorandumga muvofiq o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashganlik va ko‘nikmalarni baholaganlik uchun to‘lanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mablag‘lari Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining daromadi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqqa tortilmaydi.

Memorandumni amalga oshirish doirasida test o‘tkazish va mehnat migrantlarining ko‘nikmalarini baholash uchun olib kirilayotgan test materiallari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.






O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

01.07.2013 y.

PQ-1993-sonli

“Koreya respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

Qarori


6

Xizmat ko‘rsatish korxonalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2012 - 2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida" 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarorining 5-ilovasiga qo‘shimchalar 6-ilovaga* muvofiq kiritilsin.

2017 yilning 1 yanvariga qadar



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

17.04.2013 y.

PQ-1957-sonli

“2013 - 2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

Qarori


7

"O‘zsanoatmashimpeks" DATK

subpudrat tashkilotlar

qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar



2016 yilning 1 yanvarigacha: (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2013 y.№ PQ-2068 Qaror)

"O‘zsanoatmashimpeks" DATK 5-ilovaga* muvofiq olib kelinadigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), shuningdek importga olib kelingan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yog‘och payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar "Qishloq qurilish invest" IKga sotilganida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;

subpudrat tashkilotlar - yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish doirasida "Qishloq qurilish invest" Injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma bo‘yicha ular tomonidan bajarilgan ish hajmlari qismida yagona soliq to‘lovi to‘lashdan;

4-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar - barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamg‘armalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.


2016 yilning 1 yanvariga qadar



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

04.01.2013 y.

PQ-1902-sonli

“Qishloq joylarda namunaviy

loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil

dasturi to‘g‘risida”

Qarori


8

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari ushbu qarorning 2 ilovasida* nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan, jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan litsenziya bitimlari asosida texnika, butlovchi buyumlar va ularga detallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda:

texnika, butlovchi uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlarning yangi turlari sotilishi yuzasidan foydadan olinadigan soliqdan;

texnika, butlovchi uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlarning yangi turlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy mablag‘lar yuzasidan mol-mulk solig‘idan 5 yil muddatga ozod qilinsin.


5 yil muddatga

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

21.05.2012 y.

PQ-1758-sonli

“2012-2016 yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”

Qarori


9

Xizmat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar

qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan, 5-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin.

Quyidagilar 2012 yilning II choragidan boshlab:

qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo‘yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga;

qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko‘rsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq to‘lovi hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.



2017 yilning 1 yanvarigacha

5 yil muddatga



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

10.05.2012 y.

PQ-1754-sonli

“2012-2016 yillarda o‘zbekiston

respublikasida xizmat ko‘rsatish

sohasini rivojlantirish dasturi

to‘g‘risida”

Qarori




10

Mikrofirmalar va kichik korxonalar

Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tatbiq etilsin.


5 yil muddatga

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

26.03.2012 y.

PQ-1731-sonli

“Eksport qiluvchi korxonalarni

rag‘batlantirishni kuchaytirish

va raqobatbardosh mahsulotlarni

eksportga yetkazib berishni

kengaytirish borasida qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”

Qarori


11

Ommaviy axborot vositalari

2012 yilning 1 yanvaridan boshlab:

ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyatlari cheklangan shaxslar (ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqalar) uchun adabiyotlarni sotishdan olingan foydadan foyda solig‘ini hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan;

tahririyatlar, nashriyot va bosmaxonalar ommaviy axborot vositalarining mahsulotlari, kitob mahsulotlarini sotishdan va ularning nusxalarini ko‘paytirish bo‘yicha xizmatlardan olinadigan daromadlar qismida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashdan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, teleradioeshittirish kompaniyalari va poligrafiya tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan qog‘oz, poligrafiya materiallari va axborot saqlash moslamalari, uskunalar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) besh yil muddatga ozod etilsin.

Belgilab qo‘yilsinki, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.

2012 yilning 1 yanvaridan boshlab:

mikrofirmalar va kichik korxonalarga mansub bo‘lgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, poligrafiya tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga;

chop etilgan mahsulotlarni sotishdan, muharrirlik xizmatlari, poligrafiya va nashriyot xizmatlarini ko‘rsatishdan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” Jamg‘armasiga nashriyot va matbaa tashkilotlari to‘laydigan majburiy ajratmalar miqdori ikki foizdan bir foizga;

gazeta, jurnallar va kitob mahsulotlarini chakana sotishga ixtisoslashgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rta hisobda 2 barobarga pasaytirilsin.


besh yil muddatga

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

30.12.2011 y.

PQ-1672-sonli

“Ommaviy axborot vositalarini

yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha

soliq imtiyozlari va afzalliklar

berish to‘g‘risida”

Qarori




12

DAK "O‘zbekengilsanoat"

5-bandi. "O‘zbekengilsanoat" davlat - aksiyadorlik kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan xonalarni berish aylanmasi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslarning foyda solig‘i, shuningdek Dizayn markaziga berilgan mol-mulk va maydonlar bo‘yicha mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

belgilanmagan


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

17.06.2011 y.

PQ-1554-sonli

«O‘zbekengilsanoat davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

huzurida dizayn markazi tashkil

etish to‘g‘risida»gi

Qarori





Dizayn Markaz

8-bandi. Dizayn markazi 2016 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga soliqlarning barcha turlarini to‘lashdan, shuningdek faoliyatining asosiy turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin.

2016 yil

1 yanvargacha






13

Tijorat banklari


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamg‘armasi resurslari hisobidan kredit berishdan olinadigan tijorat banklarining daromadlari bo‘shaydigan mablag‘larni mazkur jamg‘armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan yuridik shaxslar foydasidan to‘lanadigan soliqdan 2011 yil 1 apreldan boshlab 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod etish taklifi qabul qilinsin.

2011 yil 1 apreldan

boshlab 2016 yilning

1 yanvarigacha


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 11.03.2011 y.



PQ-1501-sonli

«Kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik

subyektlariga kredit berishni

ko‘paytirishga oid qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi

Qarori


14

Tijorat banklari ixtiyoriga o‘tgan bankrot-korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan xo‘jalik subyektlari


Belgilansinki, tijorat banklari ixtiyoriga o‘tgan bankrot-korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan xo‘jalik subyektlari:

strategik investorlarga sotilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2011 yilning 1 yanvaridan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.


belgilanmagan


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

26.11.2010 y.

PQ-1438-sonli

“2011-2015 yillarda respublika

moliya-bank tizimini yanada isloh

qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga“ erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”

Qarori


15

Xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar



2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika

yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin.

Belgilansinki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:





O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 11.04.2005 y.



PF-3594-sonli

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri

xususiy xorijiy

investitsiyalarni jalb etishni

rag‘batlantirish borasidagi

qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida»gi

Farmoni








300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha

3 yil muddatga










3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha

5 yil muddatga;










10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda

7 yil muddatga.




16

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Dastur doirasida OTB qarzi mablag‘lari hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar


Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Dastur doirasida OTB qarzi mablag‘lari hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga, byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin. (O‘zR Prezidentining 11.02.2011 y. PF-4275-son Farmoni tahriridagi xatboshi)

Belgilansinki, ushbu imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan ulushi hisoblanadi.

Ushbu imtiyozlar mazkur loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarga, shuningdek transport vositalariga nisbatan joriy etilsin.

Loyihani amalga oshirish 5 yilga mo‘ljallangan (2010-2015 yy)




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2010 y.

PQ-1331-sonli

«Osiyo taraqqiyot

banki ishtirokida "mintaqaviy

avtomobil yo‘llarini

rivojlantirish. 2-faza"

loyihasini ko‘p transhli

moliyalashtirish dasturini

amalga oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi

Qarori


Download 73,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish