2.1 O‘zbekistonning geologik va gidrogeologik sharoitlari.
O‘zbekiston hududi tekislik, tog‘lik va tog‘ oralig‘i cho‘kmalaridan iborat. Tog‘ massivlari Tyanshan burmali sistemasining g‘arbiy chekkasi bo‘lib, ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, uning aksariyat qismi Ural-Oxota, qolgani AlpHimolay burmali mintaqasiga mansub. Tyanshanning O‘zbekiston hududidagi geologik tuzilishida tog‘ jinslarining ikkita megakompleksi ishtirok etgan. Tog‘ tuzilmalaripi tashkil etgan quyi megakompleks proterozoy va paleozoy yoshidagi murakkab dislokatsiyalangan cho‘kindi, metamorfik va magmatik jinslardan iborat. Yuqorisi mezozoy va kaynozoyning genetik har xil bo‘lgan, aksar tekisliklarda, tog‘ oralig‘i vodiylari, botiqlar hamda kichikroq ko‘tarilmalarda tarqalgan yotqiziqlaridir. O‘zbekiston hududida O‘rta va Janubiy Tyanshan jinslari yer yuzasiga chiqib qolgan. Ularning qoplama-burmali sistemasida yer po‘stining tokembriydan perm davrigacha bo‘lgan evolyupiyasini aks ettiruvchi turli geodinamik muhitning hosilalari ishtirok etadi [3]. Tyanshanning geologik tuzilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, hududning geologik rivojlanishida uning mezozoygacha va mezokaynozoy davri tarixida keskin farq mavjud. Tog‘ inshootlari, asosan, okean havzalari doirasida shakllangan tokembriy va paleozoy yotqiziqlaridan tuzilgan. Keyinchalik takrorlangan bir qancha tektonik jarayonlar natijasida kontinental va okean osti yer po‘sti jinslari, turli davrlarda mavjud bo‘lgan orollar yoyi majmualari jinslarining qorishuvilgan Tyanshanning yer po‘sti qalinligi 55 km. li murakkab geterogen strukturaga aylangan. O‘rta Tyanshan O‘zbekistonning shimoliy-sharqida joylashgan va Ugom, Sandalash, Piskom, Chatqol va Qurama tizmalarini o‘z ichiga oladi. Quyi toshko‘mir yotqiziqlari Piskom, Ugom, Chatqol tizmalari, Pistalitov, Xonbandi va Nurota tog‘larining shimoliy etaklarida keng tarqalgan. O‘rta toshko‘mir davrida O‘rta Tyanshan hududida (Mo‘g‘ultov, Qurama, Chatqol, Piskom va boshqa tizmalar) diorit-monsodiorit-granodiorit-adamellit tarkibli intruziyalar shakllangan. Yirik va murakkab strukturali Qurama. Qoramozor, Chatqol va boshqa massivlar aynan shulardan tuzilgan. Keyinroq Qurama hududida vulkanizm rivojlangan. Tyanshan O‘zbekistan hududida Sulton Uvaystog‘, Bo‘kantov, Tomditov, Ovminzatov-Beltov, Quljuqtov, Nurota, Molguzar tog‘lari, Turkiston va Zarafshon tizmalari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari, Chaqilikalon, Hisor tizmasi, Janubiy Farg‘onani o‘z ichiga oladi. U mazkur hududlarda turli davrlarda mavjud bo‘lgan qadimiy havzalarning okean osti yer po‘sti qoldiqlari va siyalik qobiqchi mikrokontinentlar bo‘laklari, shuningdek, granitoid mintaqalarning vulkaniq-plutonik va kollizion jinslaridan tashkil topgan. Tyanshan strukturalari tokembriy va paleozoy jinslaridan tuzilgan. Tokembriy kesimida metamorfizm jihatdan bir-biridan keskin farqlanuvchi 2 ta majmua ajralib turadi. Quyisi radiologik aniqlangan yoshi 1600-1700 va 1750 mln. yoshga teng gneys; plagio-gneys; biotitli, kordierit-sillima-nitbiotitli va boshqa kristalli slanetslar; kvarsit va amfibolitlardan iborat siyalik tarkib bilan harakterlanadi. Yuqori tokembriy majmuasi Qizilqum va Nurota tog‘larida topilgan. U kechkiproterozoy paleohavzasining rivojlanish bosqichiga taalluqchi vulkanogen-kremniyli-karbonat yotqiziqlardan tuzilgan. Kembriy boshlarida Turkiston okean havzasining sayoz passiv chekkalarida karbonat va terrigen-karbonat cho‘kindilar to‘plangan. Yerlarni melioratsiya qilish nuqtai nazaridan, sug‘orish va zax qochirish obyektlari gidrogeologik sharoitlarining omillari va ko‘rsatgichlariga quyidagilar kiradi: sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi, rejimi, balansi va umumiy gidrokimyoviy sharoiti.
XULOSA
O‘zbekistonda geografiya ta’limini yo'lga qo'yilishi xaqida bir qancha malumotlar keltirdim ushbu mavzuda o`zbekistonda geografiya ta`limi uchun qanday ishlar olib borilgani ochib berdim.
Geografiya ta’limining rivojlanishbosqichlari necha bosqichdan iborat ekani bayon qilindi asosan 4 bosqichdan iborat ekanligi mavzuda to`liq ochib yoritildi. Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi O`zbekistonda qabul qilingan qaror va o`zgarishlar kadirlar tayorlash milliy dasturining mazmun va moxiyatini ochib berildi. O‘tmishda O‘zbekiston hududida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‘bek va Zaxiriddin Bobur kabi olimlar jahon geografiya faniga ulkan hissa qo‘shganlar, yashab ijod etganlar. Biroq avlodlarimiz qoldirgan ajoyib geografik meros yaqin-yaqin vaqtlargacha tarixning qora pardalari ostida qolib keldi. So‘nggi yillardagina olimlarimizning geografiya tarixi borasida tadqiqotlari tufayli O‘rta Osiyolik ko‘plab geograf va sayyohlarning ilmiy va pedagogik qarashlariga oid ma’lumotlar to‘plana boshladi.
Turkiston Rossiya iqtisodiyotiga va bu iqtisodiyot orqali jahon bozoriga tortilishi munosabati bilan mahalliy savdo burjuaziyasining o‘sib borayotgan sinfiy javob bera olmay qolganligini ko‘rsatdi. Eski maktablarning ta’lim-tarbiya ishlariga islox kitirishga ehtiyoj tug‘ildi. Shu tariqa “Yangi usul” maktablari paydo bo‘ldi. O’zbek maktab geografiyasining qaror topishi va taraqqiyotida O’zbekiston Xalqi 1934 yil 16 mayda chiqqan «Boshlang’ich va o’rta maktabda geografiya o’qitilishi to’g’risida» degan qarori juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qaror maktab geografiyasida tabiiy geografiyaning huquqlarini tikladi, buning natijasida dasturlarda tabiiy geografiya materiallari hajmi birmuncha kengaydi. Bu qarorda shunday deyilgan: «Boshlang’ich va o’rta maktablarda geografiya o’qitishda anchagina kamchiliklar bor, bulardan eng yiriklari darsning umumiy so’zlar va quruq gaplar bilan olib borilishi, tabiiy geografiyaga oid materiallarning kamligi, kartani yaxshi bilmaslik, geografiya o’qitish va geografiya darsliklarida statistik iqtisodiy materiallar va umumiy sxemalarning xaddan tashqari ko’pligidir, bular natijasida maktabni tamomlagan o’quvchilar ko’pincha elementar geografik bilimlarga ega bo’lolmaydilar».
Qarorda geografiyani qanday o’qitish zarurligi to’g’risida o’rta maktabning har qaysi sinfi uchun ayrimayrim aniq ko’rsatmalar berildi:
«Boshlang’ich maktabda (III va IV sinflarda) geografiya o’qitishda asosiy geografik nomlar (mamlakatlar, daryolar, dengizlar, tog’lar, shaharlar va shu kabilar)ning o’quvchilar yodida mustahkam saqlanib qolishiga va o’quvchilarning geografik kartani dasturda belgilangan hajmda yaxshi bilib olishlariga muvaffaq bo’lsin. O’rta maktab geografiya ta’limiga quyidagi o’zgarishlar kiritilsin: a) V sinf dastursi tabiiy eografiya bilan cheklansin va dasturning belgilangan hajmi saqlansin, lekin dasturning mundarijasi V sinf o’quvchilarining shlariga muvofiq ravishda osonlashtirilsin; b) VI sinf dastursida asosiy diqqat qit’alarning (Evropa, Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya) tabiiy geografik obzoriga qaratilsin, har bir qit’adagi eng muhim davlatlar to’g’risida qo’shimcha ravishda asosiy ma’lumotlar berilgan. Uqitish materiallari shu sinf o’quvchilarining eshlarga muvofiq ravishda kisqartirilsin va soddalashtirildi. v) VII sinf dastursida O’zbekistonning umumiy tabiiy ggografik obzori qoldirilsin va hajmi ancha oshirilsin, dasturning o’qish materiali juda osonlashtirilsin, iqtisodiy va statistika tafsilotlari olib tashlanib, O’zbekistonning respublika, o’lka va oblastlar bo’yicha obzori kiritilsin va shu bilan birga bu obzorlar har bir respublika, o’lka va oblastning geografik (daryolar, ko’llar, dengizlar, iqlim, o’simlik va hayvonot dunyosining, eng yirik shaharlar aholisining, temir yo’llar, tosh yo’llar va boshqalarning) ta’rifi kiritilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |