O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

UKRAIN ADABIYOTI
XI-XII asrlardayoq juda boy og`zaki ijod asarlariga va yozma yodgorliklarga ega
bo`lgan qadimgi rus adabiyoti ukraina adabiyotiga kuchli ta'sir ko`rsatdi. Ukrain shoirlari
T.Shevchenko,   I.Franko,   S.Rudamskiy,   P.Mirniy,   M.Rilskiy,   N.Zabilalarning   xususan,
«Igor jangnomasiga» qiziqishlari kuchli edi. Ular bu yodgorliklarni ukrain tiliga tarjima
qilganlar. Ukrain adabiyoti tarixi XIV-XV asrlarda ukrain xalqining Sharqiy slavyanlardan
ajralib chiqib, shakllanish davridan boshlanadi. Xalq ratgan qo`shiq, ertak, duma (katta
hajmdagi   epik   va   liroepik),   latifa   va   rivoyatlarda   ommaning   asrlar   davomidagi   orzu-
umidlari,   bosqinchilarga   qarshi   olib   borgan   kurashlari   o`z   aksini   topgan.   «Tutqunlar»,
«Ivan Boguslovets», «Xmelnitskiy ta Barabash» dumalari shular jumlasidandir. Ukrain
47


Aim.uz
xalqining   XIV-XV   asrlarda   boshlagan   milliy   tili   va   madaniyatini   yuzaga   keltirishdagi
urinishlari   polyak   shlyaxtalari   qarshiligiga   uchradi.   Natijada   XVI-XVIII   asrlarda
munozaraviy adabiyot (polemicheskaya literatura) paydo bo`lib, Ivan Vishinskiy, Mixail
Andrelalar ushbu yo`nalishda ijod qilishdi. Munozaraviy adabiyot bilan hamohang tarzda
maktab   adabiyoti   (shkolnaya   literatura)   ham   shakllandi.   Ukrain   xalqining   1648-1654-
yillarda   polyak   panlariga   qarshi   olib   borgan   kurashi   Ukrainaning   Rossiya   bilan
birlashuviga olib keldi. E.Slavinetskiy, S.Polotskiy, F.Prokopovich kabi ukrain shoirlari
Moskvaga qo`chib ketishdi. Ukrain adabiyotining XVIII asr ikkinchi   yarmidagi ulkan
arboblaridan biri Grigoriy Skovoroda edi. O`z zamonasining o`qimishli faylasufi bo`lgan
Grigoriy maktab adabiyotiga qarshi chiqib, masal janrini ukrain adabiyotiga olib kirdi.
Uning «Xarkov masali» asari 30 ta masalni o`z ichiga olib, xalqning manfaatlarini himoya
qildi. undan keyin bu janrni I.Kotlyarevskiy, G.Kvitka-Osnovyanenkolar davom ettirishdi.
I.Kotlyarevskiyning   «Natalka-Poltavka»   asari   yangi   ukrain   dramaturgiyasinri   boshlab
bergan ilk qaldirg`och edi. XIX asrning birinchi yangi ukrain adabiyotining shakllanishida
yangi   davr   bo`ldi.   Taras   Grigorevich   Shevchenkoning   ijodi   adabiyotining   yorqin
sahifalarini   tashkil   qiladi.   N.Dobrolyubov   ta'biri   bilan   aytganda,   «Shevchenko   suyak-
suyagi bilan xalq shoiri edi».
XIX   asrning   50-60-yillarida   ukrain   adabiyoti   ravnaqiga   Marko  Vovchok   alohida
hissa qo`shdi. «Xalq hikoyalari», «Rus xalqi hayotidan hikoyalar», «Uch taqdir» asarlarida
u o`zining ijodiy salohiyatini ko`rsata oldi. Sekin asta-adabiyot olamiga kirib kelgan Ivan
Franko   «Cho`qqilar   va   tubanliklar»,   «Vesnyanka»,   «Quyosh   qizitmoqda»,   «So`lg`in
yaproqlar», «Pan hazillari,» «Ivan Vishenskiy», «Muso», «Ko`mirchi», «Lesixin oilasi»,
«Borislav», «Ikki do`st», «Rusalka», «O`zi aybdor», «O`g`irlangan baxt», «O`qituvchi»,
Mixail   Kotsyubinskiy   «Fata   Morgana»,   «Kulgi»,   «Yo`lda»,   «Otlar   aybdor   emas»,
«Persona Grata», Lesya Ukrainka «qanotli qo`shiqlar», «Orzu va xayollar», «Aks-sado»,
«Robet Bryus», «Qadimgi ertak» asarlarini chop etishdi.
XX   asrning   20-yillaridan   to   50-yillarigacha   A.Golovko,   Ivan   Le,   Yu.Smolich,
A.Kopilenko,   Yu.Yanovskiy,  O.Vishnya,  A.Shiyan,   L.Smilyanskiy,  N.Ribak,   V.Kucher,
S.Tudor,  Ya.Golan,   P.Kozlanyuk,  A.Desyak,   O.Gonchar,   I.Muratov,  M.Stelmaxlar   turli
mavzularda ijod etib, ijtimoiy hayotni realroq tasvirlashga harakat qiladilar.
Ukraina dramaturgiyasi «Diktatura», «Eskadra halokati», «Bogdan Xmelnitskiy»,
«Platon Krechet», «Svichka to`yi», «Front», «Makar Dubrava», «Ukraina cho`llarida»,
«Tongdagi   muhabbat»,   «Abadiy   birga»,   «Faust   va   o`lim»   asarlari   bilan   eng   yuqori
pog`onaga chiqdi. Mazkur asarlarning ko`pchiligi boshqa tillarga tarjima ham qilingan.
O`zbek-ukrain adabiy aloqalari ham baquvvat ildizlarga ega. Ukrain adiblarining ko`pgina
asarlarini G`afur G`ulom, Hamid Olimjon, Zulfiya o`zbekchaga o`girgan bo`lsa, o`zbek
adiblarining asarlaridan qardoshlar bahramand bo`lishgan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish