III-chorak
1. Jamiyatni ma`naviy yuksaklikka eltuvchi omil nima?
a) insonparvarlik b) do`stlik s) saxiylik d) A va B javoblar to`g`
2. Insonparvarlikka kiruvchi xislatlar qaysilar?
a) ota-onaga sadoqat, mehnatsevarlik b) diyonatlilik, to`g`rilik
s) insof, kamtarlik d) barcha javoblar to`g`ri.
3. "Qutadg`u bilig" asari kimga tegishli?
a) Mahmud Qoshg`ariyga b) Yusuf xos Xojibga s) Ahmad Yugnakiyga d) Kaykovusga
4. "Adolat" so`zi qaysi tildan olingan?
a) fors tilidan b) arab tilidan s) yunon tilidan d) hind tilidan
5. "Har bir tabaqa uchun adolatli chegara belgila, o`shanda davlat boshqaruvida adolat adl hukmronlik
qiladi" so`zlari kimga tegishli?
a) Boburga b) Amur Temurga s) Kaykovusga d) Islom Karimovga
6. Adolatsizlik qanday oqibatlarga olib keladi?
a) nosog`lom muhit paydo qiladi b) insonlar o`rtasiga adovat urug`ini sepadi
s) ota-onani farzand oldida obro`sizlantiradi d) to`gri javob yo`q.
7. Maqolni davom ettiring. "Birni sotgan mingni ham....
a) yutadi b) sotadi s) sotmaydi d) otadi
8. Mehr-muruvvat,oqibat negizida nima yotadi?
a) insonnig qadriga yetish b) insondan hol so`rash
s) insonlarning og`irini yengil qilish d) barcha javoblar to`gri.
9. "Qo`shningizga yaxshilik qiling,tinch bo`lasiz" so`zlari qaysi manbadan olingan?
a) Qur`oni Karimdan b) Hadisi Sharifdan s) o`zbek xalq maqolidan d) arab maqolidan
10. Mehr-muruvvatli,oqibatli insonga xos fazilatlar qaysilar?
a) mardlik b) va`dasiga vafodorlik s) poklik d) barcha javoblar to`g`ri.
11. Oqibat nima?
a) yaqin qarindoshlar o`rtasidagi mehrli munosabat
b) farzand bilan ota-ona
o`rtasidagi mehrli munosabat
s) qo`shni bilan qo`shni o`rtasidagi mehrli
munosabat
d) barcha javoblar to`g`ri.
12. "Oqpadar" degan tavqi la`nati qanday xislatli kishilar oladilar?
a) ota-ona holidan xabar olmaydiganlar
29
b) ota-onasi keksayganda qariyalar uyiga eltib qo`yadiganlar
s) ota-onasiga qo`l ko`taradiganlar
d) barcha javoblar to`g`ri.
13. Kishilarning o`zaro bir-birlariga,Vataniga, oilasiga munosabatlaridagi rasmiy-norasmiy
me`yorlarga nima deyiladi?
a) axloq b) oqibat s) saxiylik d) mehr-muruvvat
14. Axloq so`zi qaysi tildan olingan?
a) fors b) arab s) yunon d) ivrit
15. Ma‟naviy komillikka qanday kishilar yetishadilar?
a) odobi bilan bilimi mushtarak bo`lsa b) odobi bilan aqli mushtarak bo`lsa;
s) bilimi bilan aqli mushtarak bo`lsa d) A B C javoblar to`g`ri
16. Munojot Yo`lchiyeva san‟atning qaysi turida ijod qiladi?
a) raqsda b) aktyorlikda s) mumtoz qo`shiqlar kuylashda d) rassomlikda
17. Odobsizlik nima?
a) gapirayotgan odamning so`zini bo`lish b) qo`rslik s) shilqimlik d) barcha javoblar to`g`ri.
18. O`g`il bolalarga xos xislatlarni ko`rsating.
a) mardlik b) tantilik s) latofat d) barcha javoblar to`g`ri.
19. "Iffatning pardasi,vijdonnig niqobi hayodir"-so`zlari kimga tegishli?
a) Kaykovusga b) ibn Sinoga s) A. Avloniyga d) M.Qoshg`ariyga
20. "Vafosizda hayo yo`q, Hayosizda vafo yo`q" - jumlalari Alisher
Navoiyning qaysi asaridan olingan?
a) Mahbub ul-qulub b) Sab`ai sayyor s) Lison-ut tayr d) Farhod va Shirin
21. "Assalomu-alaykum", "Salomat bo`ling", "Marhamat", "Uzr" kabi so`zlar
nimaning belgisi hisoblanadi?
a) kamtarlikning b) saxiylikning s) donishmandlikning d) ehtiromning
22. "Ikki turli bo`lar yumushli kishi,
Yumush bilan har kun yuksalar ishi"-misralari kimning ijodiga mansub?
a) Kaykovusning b) A.Navoiyning s) M.Qoshg`ariyning d) Yusuf Xos Hojibning
23. Xalqimizning quyidagi maqolini davom ettiring. "Davlating ketsa-do`sting...."
a) kelar b) qochar s) ko`payar d) qaramas
24. Do`stlikning asosiy ma`naviy-axloqiy mezonlari qaysilar?
a) kechirimlilik b) hurmat-izzat s) insonparvarlik d) barcha javoblar to`g`ri.
25. Do`stlikning eng muhim qadriyati nima?
a) hamdardlik b) shirinso`zlik s) rahmdillik d) vafo
Do'stlaringiz bilan baham: |