Uyga vazifa:
1. Darslikda berilgan test topshiriqlarini mustaqil bajarish.
7-DARS. §8. Uglerod guruhidagi elementlarning umumiy tavsifi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda elementlar Davriy sistemasidagi IV guruh bosh guruhchasi elementlari haqida umumiy tushunchalar berish. Ularning xossalarini yadro zaryadi va atom tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ilmiy asosda tushuntirib berish.
IV guruh bosh guruhchasi elementlari haqida umumiy tushunchalar berishda elementlar Davriy qonun va Davriy jadvali, atom tuzilishi nuqtai-nazaridan yondoshish kerak.
Dars Davriy jadval va quyidagi 1-jadval asosida tashkil etiladi:
1-jadval
Element
|
Kimyoviy belgisi va Ar
|
Тartib nomeri va yadro zaryadi
|
Nisbiy elektromanfiy ligi
|
Atom radiusi, nm
|
Elektron konfiguratsiyasi
|
Uglerod
|
C
|
12,01
|
6 (6)
|
2,5
|
0,077
|
(He)2s22p2
|
Kremniy
|
Si
|
28,05
|
14 (14)
|
1,8
|
0,134
|
(Ne)3s23p2
|
Germaniy
|
Ge
|
72,59
|
32 (32)
|
1,8
|
0,139
|
(Ar)3d104s24p2
|
Qalay
|
Sn
|
118,6
|
50 (50)
|
1,8
|
0,158
|
(Kr)4d105s25p2
|
Qo‘rg‘oshin
|
Pb
|
207,2
|
82 (82)
|
1,9
|
0,175
|
(Xe)4f145d106s26p2
|
Quyidagi savollar asosida o‘quvchilarga nazariy bilimlar beriladi:
-
Uglerod guruhiga qaysi elementlar kiradi?
-
Uglerod guruhi elementlarining
-
tashqi elektron pog‘onasidagi elektronlar
-
valentligi
-
oksidlanish darajasi
-
yuqori oksidlari
-
vodorodli birikmalari
-
yadro zaryadiga bog‘liq ravishda elektromanfiyligi o‘zgarishi
-
Yuqori oksidlari xossalaridagi o‘zgarishlari
-
Uglerod guruhiga C, Si, Ge, Sn, Pb elementlari kiradi
-
Uglerod guruhi elementlari p-elementlar oilasiga kiradi
-
Valentligi II va IV ga teng
-
Oksidlanish darajasi -4, 0, +2, +4
-
Yuqori oksidlari RO2 umumiy formulaga ega
-
Vodorodli birikmalari RH4 umumiy formulaga ega
Uyga vazifa:
-
Darslikdagi §8 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
8-DARS. §9. Uglerodning davriy sistemadagi o`rni, atom tuzilishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglerodning Davriy sistemadagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, biologik ahamiyati haqida nazariy bilimlar berish.
Darsni rejasi:
-
Uglerodning:
-
Davriy sistemadagi o‘rni
-
Atom tuzilishi
-
Тabiatda uchrashi
-
Allotropiyasi
-
Uglerod va uning birikmalarining xalq xo‘jaligida ishlatilishi
Darsni tashkil qilishda o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yahshi natija beradi. Chunki o‘quvchilar 8-sinfda, davriy qonun, Davriy jadval, atom tuzilishi haqida bilimlarga ega.
O‘qituvchi darsning har bir bosqichida, o‘quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun savol yoki topshiriqlar beradi. O‘quvchilar esa berilgan savol va topshiriqlarga 8-sinf kimyo darsligidan yoki qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib topshiriqlarni bajaradilar.
O‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar tekshirib olinishi va yakuniy hulosani o‘qituvchi berishi kerak.
Dars reja asosida shu tarzda davom etadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |