Оzbekiston respublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi respublikа tа’lim mаrkаzi



Download 208,7 Kb.
bet1/8
Sana31.05.2022
Hajmi208,7 Kb.
#623504
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbek tili yangi 9-sinf 2021-2022


ОZBEKISTON RESPUBLIKАSI ХАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI
RESPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI
2021-2022-OʻQUV YILIDА UMUMIY OʻRTА TА’LIM MАKTАBLАRINING 9-SINF OʻQUVCHILАRI UCHUN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI OʻTKAZISH BOʻYICHA OʻZBEK TILI FАNIDАN METODIK TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR


Toshkent-2022

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda kоʻpaytirib tarqatish ta’qiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari bosqichli nazorat imtihoni materiallariga 15-20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


Tuzuvchi:
D. Xidoyatova - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining pedagogika bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.


Taqrizchi:
M.Yusupova -Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM oʻzbek tili fani oʻqituvchisi.
F.Rahmatova -Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM oʻzbek tili fani oʻqituvchisi.
OʻZBEK TILI 9-SINF


Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 9-sinf oʻquvchilari oʻzbek tilida oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olishi, oʻzaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda oʻz pozitsiyasini himoya qilishi, jamoaviy hamkorlikda ishlay olishi, mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi; ish qogʻozlari bilan ishlay olishi; badiiy va san‘at asarlarini tushunib, ulardan ta‘sirlana olishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi; oʻrganilgan grammatik bilimlarga tayangan holda oʻzbek tilidagi mustaqil va yordamchi soʻz turkumlari, grammatik vositalarning soʻzlarga qoʻshilishi bilan bogʻliq imlo qoidalarini bilish va amal qilishi; soʻzlarni oʻzaro bogʻlash vositalari, soʻz birikmasi, gap va gap boʻlaklari haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan: tez aytish, topishmoq, maqol, masal, rivoyatlarni, oʻrganilgan mavzu boʻyicha oʻzbek adabiyoti namunalaridan berilgan parchalarni oʻqib, soʻzlab berishi, she‘rlarni ifodali oʻqishi va yoddan aytishi; oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy hayotiga oid lavhalarni, oʻzbek allomalari, olimlari, madaniyat ravnaqiga hissa qoʻshgan insonlar haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek tilidagi muomala odobi, murojaat shakllarini, shuningdek, oʻzbek tilida xabarlar, xatlar yozish qoidalarini amalda qoʻllay olishi kerak boʻladi. Shunga koʻra, oʻzbek tili fanidan imtihon materiallari davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturida belgilangan materiallar asosida tayyorlandi. Imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat boʻlib, 1-savol 9-sinf darsligida berilgan nutqiy mavzular boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi matnni oʻqib mazmunini soʻzlab berishi hamda matn yuzasidan berilgan savollarga javob berishi, savol tuzishi lozim. Oʻqituvchi darslikda adabiy oʻqish uchun tavsiya etilgan matnlar, she’rlar, mustaqil tanlangan matnlardan parchalarni oldindan tayyorlab qoʻyadi. Oʻquvchi matnni oʻzi bilgan qoʻshimcha maֹ’lumotlar bilan toʻldirishi ham mumkin. 2-savol grammatik topshiriq boʻlib, bunda oʻquvchi oʻrganilgan leksik va grammatik materiallar asosida berilgan topshiriqni bajaradi. Ya’ni nuqtalar oʻrnini kerakli qoʻshimchalar, soʻzlar bilan toʻldirishi; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratishi, berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini oʻrinli qoʻllashi, soʻzlarni oʻz oʻrnida qoʻllab gaplar hosil qilishi talab etiladi. 3-savol erkin mavzuda suhbat tarzida boʻlib, savollar oʻquvchilarning kundalik hayotida zarur boʻlgan soʻzlashuv mavzulari boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi berilgan savollar asosida oʻz fikrini bogʻlanishli bayon etadi yoki she’rni yoddan ifodali aytib, mazmunini qisqacha izohlaydi. Jumladan, Ustozingizga ta’rif bering, qanday kitoblarni oʻqishni yaxshi koʻrasiz?, Oʻzbekistonning mashhur sportchilaridan kimlarni bilasiz?, tejamkorlik deganda nimani tushunasiz? kabi mavzular orqali oʻquvchi ustoziga, kitob oʻqishga, sportga va h.k. boʻlgan munosabati va kelgusi rejalari haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishi mumkin. Oʻquvchilarga topshiriqlar boʻyicha tayyorlanish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi.

Download 208,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish