ya:sh>yash>ya^sh. Bu so’z asli “nam” ma’nosini anglatgan: ko’z yashы (ko’zning nami) ->yash ( ko’zdan ajralib chiqadigan suyuqlik) .
Kisi alsa, o’zdan quid alko’ni, Sevinchin kechurgaysa o’dlak kuni. Yuzi ko’rki qilma, qilinch edgu qul, Qilinch edgu bo’lsa yarutqa sani.
***
Xotin olsang, o’zdan quyiroqni ol.
Sevinch-la kechar kunlaring bemalol.
Husn istama, xushfe’lin istagin.
Agar bo’lsa xushfe’l, toparsan kamol. (www.ziyouz.com kutubxonasi )
Baytdagial so’zi hozirgi o’zbek adabiy tilidagi ol so’ziga teng va qadimgi turkiy tilde ham hozirgi o’zbek adabiy tilidagidek “qo’lga kirit” ma’nosini anglatgan hamdaal tarzida talaffuz qilingan. Hozirgi o’zbek adabiy tilida a unlisi a^ unlisiga almashgan: al-> a^l
Tuman tu chechaklar yazildi kula
Yiparto’ldi, kafur ajun yid bila.
Saba yali qo’pti qaranfil yidin,
Ajun barcha butru yiparburdi kin.
***
Tuman xil chechaklar ochildi kula Jahon to’ldi kofur, iporhid bila.
Sabo yelida purkar is chinni gul,
Olamni muattar qilar mushk nuqul. (www.ziyouz.com kutubxonasi )
Yipar qadimgi turkiy tilde “kiyikning moyagidan olinadigan xushbo’y modda,mushkva umuman xushbo’y narsalarning hidi”” ma’nosini anglatgan va
yipar tarzida aytilgan.O’zbek tilida bu so’z boshlanishidagi y undoshi talaffuz qilinmay qo’ygan, a unlisi a^ unlisiga almashgan: yipar>ipa^r
Mazkur parchada ham “xushbo’y hid, ya’ni chinnigulning xushbo’y hidi“ma’nosini bildirib kelgan.
Ko’ngil kimni sevsa ko’rur ko’zda ul, Ko’zun qancha baqsa uchar yuzda ul.
Ko’ngulda neki ersa arzu, tilak, Ag’iz achsa barcha tilin so’zda ul.
***
Ko’ngil kimni sevsa u ko’zda turar, Necha boqmasin ko’z yana orzular.
Dil orzu-tilagi nima bo’lsa gar,
Og’iz so’zga ochgach u tilga chiqar.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Birinchi misradagi och leksemasi “ochiq holatga keltir” ma’nosini, Bunda fe’l so’z turkumiga mansub och so’zi, dastlab, “ach” tarzida qo’llanilgan va keyinchalik a tovushining cho’ziqlik belgisi yo’qolgan. So’zlarda a unlisi a^ unlisiga almashgan.
Ajunda alindim o’zumka o’ngi, Qo’vuq, so’kni em gap, to’nim qo’y yungi.
Shakardan tatig’liq, qo’viq bo’z manga, Jo’z ul bu o’zim to’n ag’ilar tengi.
***
Jahonda ro’zimni yedim har kungi Qipiq, so’k-yemishim, to’nim qo’y yungi.
Shakardan shirinroq qipiqdir menga, Menga bo’zliboslar ipaklar tengi.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
“Go’sht, sut, jun olish uchun boqiladigan juft tuyoqli sutemizuvchi uy hayvoni”hisoblanmish qo’y so’zi qadimgi turkiy tilde ham shu ma’noni anglatgan. Bundan tashqariqoy, qon, qoj tarzida ham talaffuz qilingan: qoyun, qoyыn shakllari ham keltirilgan. Oxirgi ikki so’zdagi –n qo’shimchasi kichraytirish ma’nosini ifodalashi ham mumkin degan qarash ham mavjud. Mahmud Qoshg’ariy bu so’zningqon shakli y undoshining n undoshi bilan almashinuvi natijasida hosil bo’lganini ta’kidlaydi.Bundan tashqari qoj, qosh shakllari ma’nosi bilan bir- biridan farq qilgan. Chunki qoy- sovliq, qoj-qo’chqor ma’nosini anglatgan.
Tishi birla suhbat adi kad tatig’,
So’g’uq suqa yunmaq yanuti qatig’ Tatig’ qayda ersa tatig’siz bila
Suchig qayda ersa,so’nginda achig’
***
Ayol birla ishrat o’ta totlidir,
Sovuq suvga yunmog’I mushkul erur.
Shirin doim achchig’ bila birgadur.
Suchik qayda bo’lsa ,so’ng achchiq kelur.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Do'stlaringiz bilan baham: |