O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi nаvоiy dаvlаt pеdаgоgikа instituti



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/86
Sana05.08.2021
Hajmi2,41 Mb.
#139329
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
pedagogik mahorat

O‘qituvchi  mehnati  asosida  ma’naviy  dunyosini  va  umuminsoniy 
qadriyatlarga nisbatan munosabatini takomillashtirish 
O‘qituvchi mehnati faoiligining unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar, uning 
mehnatga  erkin  va  ijobiy  munosabatda  bo'lishi,  pedagoglik  kasbi  bilan  bog‘liq 
boigan barcha mehnat turlariga qiziqishi, o'qituvchi ma’naviy dunyosining boyligi, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga boigan munosabati va onglilik darajasi bilan 
ham belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologik tadqiqotlarida o'qituvchilarning milliy 
va  umuminsoniy  qadriyatlarni  o'rganishga  nisbatan  qiziqishlariga  jiddiy  e’tibor 
qaratilmoqda,  chunki  har  qanday  jamiyatda  belgilangan  me’yoriy  qonuniyatlar 
tizimi bo`lib, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlar yetakchilik qiladi. 
Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  “Yuksak  ma’naviyat-yengilmas  kuch” 
asarida  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  shunday  izohlaydi:  “Xalqimizning 
turmush  va  tafakkur  tarziga  nazar  tashlaydigan  bo`lsak,  boshqalarga  hech 
о‘xshamaydigan,  ming  yillar  davomida  shakllangan,  nafaqat  o'zaro  muomala, 


balki  hayotimizning  uzviy  bir  qismi  sifatida  namoyon  bo‘ladigan  bir  qator  о'ziga 
xos  xususiyatlarni  ко'ramiz.  Misol  uchun,  tilimizdagi  mehr-oqibat,  mehr-
muhabbat,  mehr-shafqat,  qadr-qimmat  degan,  bir-birini  chuqur  ma’no-mazmun 
bilan  boyitadigan  va  to'ldiradigan  iboralarni  olaylik...,  bu  tushunchalar  kimdir 
shunchaki  о‘ylab  topgan  shirin  kalom,  quloqqa  xush  yoqadigan  so'zlar  emas. 
Bunday  tushunchalar  asrlar  mobaynida  el-yurtimizning  dunyoqarashi,  mа’naviy 
hayotining  negizi  sifatida  vujudga  kelgan,  ongu  shuurimizdan  chuqur  joy  olgan 
buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir ”. 
Abu  Rayhon  Beruniy  o‘z  asarlarida  bilim  umuminsoniy  qadriyatlarni 
o‘rganishning  kaliti  ekanligini  alohida  ta’kidlaydi.  Ilm-ma’rifatli  odam  jamiyat 
taqdiri,  insonlar  taqdiri  uchun  kurashuvchan,  barcha  yomonliklardan  uzoqdir. 
“Ilmning  foydasi  ochko‘zlik  bilan  oltin  kumush  to‘plash  uchun  bo‘lmay,  balki  и 
orqali  inson  uchun  zarur  narsalarga  ega  bo‘lishdir”  deb  yozadi  alloma.  (Abu 
Rayhon Beruniy.: O‘ylar, hikmatlar, naqllar, she’rlar, 44—bet). 
O'qituvchi  qanday  umuminsoniy  qadriyatlarni  targ'ib  etishi  mumkin, 
tadqiqotlarimiz  jarayonida  o'qituvchilarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat  qildik: 
“Shaxsan  Siz  dars  jarayonida  o'quvchilarga  qanday  nasihat  qilgan  bo'lardingiz?”. 
“Nasihatlar”ning  asosiy  mazmuni  noaniq,  ularda  pedagogning  individualligi  va 
mavzuni  tez  tanlash  intuitsiyasi  sezilmasdi.  Dars  jarayonida  o'qituvchi  doimo 
mazmunan bir xil nasihatlar beradi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 

sidqidildan o'qish zarurligini eslatish; 

mehnatsevarlikka undash, vijdoniylikka chaqirish; 

barkamol shaxs sifatida shakllanish zarurligi haqida eslatish; 

insoniylikni yo'qotmaslikka chaqirish. 
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida muhim ahamiyat 
kasb  etuvchi  umumbashariy  qadriyatlar  o‘qituvchining  qizg‘in  mehnati  evaziga 
shakllanib  boradi  va  quyidagi  muammolar  o'qituvchi  uchun  bugungi  kunda  ham 
eng muhim ahamiyatga ega: 
• 
o'qituvchi  mehnatida  jamiyatga  xos  umumbashariy  qadriyatlarni  o'z 
maqsadlarining asosi deb bilishi; 
• 
o'qituvchi  mehnatida  maqsadli  qadriyatlarni  samarali  uzatish  istagining 
mavjudligi va imkoniyatlari; 
• 
o'quvchilar maqsadli qadriyatlarni qabul qilishi uchun o'qituvchi tomonidan 
zarur shart-sharoitlarning yaratilishi. 
Bunday  yo'naltirilganlik  mazmunida  jamiyatning  ta’lim  sohasida  olib 
borayotgan  islohotlari  mazmuni  va  mohiyati  ifodalangan.  Shuning  uchun 
o'qituvchi  mehnatining  mohiyatida  uning  ma’naviy  saviyasini  ko'rsatadigan 
intellektual  ong,  yuksak  ma’naviyat,  asriy  an’analarga  va  umumbashariy 
qadriyatlarga  tayanadigan,  zamonning  ilg'or  yutuqlaridan  oziqlanadigan  milliy 
dunyoqarash va e’tiqod kabi mezonlar mavjud bo'lishi kerak. 
Mavzuni o'zlashtirish uchun savollar 
1. 
O‘qituvchi  mehnati  respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan 
qanday ta'riflangan? 
1. 
O‘qituvchi  mehnatida  pedagogik  mahoratning  asosiy  komponentlari 
nimalardan iborat? 


2. 
O‘qituvchi  o‘z  mehnatini  ilmiy  asosda  tashkil  etishi  uchun  nimalarni  bilishi 
shart? 
3. 
O'qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan tashkil etish vositalariga ta’rif bering? 
4. 
Yosh  o'qituvchilar  mehnatini  tashkil  etishda  qanday  boshlang'ich 
yo'nalishlarni bilishi kerak? 
5. 
O'qituvchi  mehnatini  to'g'ri  tashkil  etishda  uning  “Kun  tartibi”  qanday 
ahamiyatga ega? 
6. 
O'qituvchi  mehnatini  ilmiy  asosda  tashkil  etish  qanday  tamoyillar  asosida 
takomillashtiriladi? 
7. 
O'qituvchi qanday umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilishi lozim? 
8. 
O'qituvchining  obyektiv  shaxsiy  xususiyatlari  qanday  omillarni  o'zida 
niujassamlashtiradi? 
9. 
O'qituvchi mehnatida iqtidor va qobiliyatning o'rni nimalardan iborat? 
10. 
O'qituvchi  o'z  mehnati  faoliyatida  kasbiy  turg'unlikning  ta’siri  haqida  o'z 
fikringizni bildiring? 
11. 
Pedagog  olimlar  tomonidan  e’tirof  etilgan  pedagogik  qadriyatlarga  o‘z 
munosabatingizni bildiring? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.  Karimov  l.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. -Т.: “Ma’naviyat”, 2009.- 176 
b. 
2.  Barkamol  avlod  orzusi  //Tuzuvchilar:  Sh.Qurbonov,  H.Saidov,  R.Ahliddinov.-
To‘ldirilgan 2-nashri.-Т.: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”, 2000.-248 b. 
3.  Barkamol  avlod-O‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  —  Т.:  “Sharq”,  1997.-63 
b. 
4.  “Barkamol  avlod  yili”  davlat  dasturi  to‘g‘risida.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining Qarori. “Adolat” gazetasi, 2010 yil, 29 yanvar. 
5.  Коджаспирова  Г.М.  Теория  и  практика  профессионалного  педагогического 
самообразования,- М.: МГОПИ, Алфа, 1993,- 120с. 
6.  Кузмина  Н.В.  Способности,  одаренност,  талант  учителя.  Л.:  Знанийе,  1985,- 
32 с. 
7.  Кухарев  Н.В.  На  пути  к  профессионалному  совершенству:  Книга  для 
учителя.- М.: Просвешченийе, 1990.- 159 с. 
8.  Musurmonova  О.  Ma’naviy  qadriyatlar  va  yoshlar  tarbiyasi.  —  Т.:  0‘qituvchi, 
1996.-192 b. 
9.  Ochilov M. Muallim qalb me’mori: Saylanma.-Т.: O'qituvchi, 2000. 
10. Раченко  И.П.  Диагностика  развития  педагогического  творчества  учителя.-
Пятигорск, 1992,- 196 с. 
11. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat.-Т.: Nizomiy nomli TDPU, 2005,- 149 b. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish