O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi nаvоiy dаvlаt pеdаgоgikа instituti



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/86
Sana05.08.2021
Hajmi2,41 Mb.
#139329
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
Bog'liq
pedagogik mahorat

 “Hissiyotlarning  qaytarish”  usuli  orqali  konfliktning  oldini  olish  va  
muvaffaqiyatli  hal  qilish  mumkin.  O’zining  kasbiy  nuqtai  nazarini  anglash, 
o’quvchi  xulqi  motivlarini  tushunish  o’qituvchiga  o’zining  shaxsiy  hissiyotlari 
asiridan  chiqish  (bu  esa  oson  emas)  va  bola  kechinmalariga  hamdard  bo’lishga 
yordam  beradi.    O’qituvchi  o’quvchilar  bilan  birgalikda  shaxs  yuksalishining  har 


bir  davrini  “boshdan  kechiradi”,  ularning  omadsizliklariga  kuyinadi, 
muvaffaqiyatlaridan xursand bo’ladi, xulq va ishilarining barbod bo’lganidan xafa 
bo’ladi,  bag’rikenglik  bilan  ularni  kechiradi  –  bularning  hammasi  o’qituvchining 
obro’sini  to’kmaydi,  balki  ularning  nuqtai  nazarlarini  hissiy  yaqinlashtiradi,  bir-
birlarini  tushunishlariga  olib  keladi,  o’quvchilar  bilan  munosabatlardagi 
stereotiplardan  qutulishga  yordam  beradi.  Bularsiz  pedagogik  hamkorlik  o’z 
ma’nosini  yo’qotadi.  Bunda  o’qituvchi  eng  yomon  o’quvchining  ham  yaxshi 
tomonini ko’ra oladi, uning tuzalishiga umid qiladi. Kunlardan birida matematika 
o’qituvchisi  o’qituvchilar  xonasida,  xursandchilik  va  hayrat  bilan  Tolib  (jud 
“og’ir”  bola)ning  ishini  ko’rsatdi:  “Qaranglar  Tolib  darsda  grafik  chizdi. 
Bilasizlarmi,  sezdirmay  sekin  yuziga  qaradim:  diqqati  jamlangan,  mehrli  va 
chiroyli.  Bu  daqiqada  u  o’zgacha  edi.  Balki,  biz  uni  erta  “og’ir”ga  chiqarib 
qo’ygandirmiz, a?” O’quvchilar o’zlari bilan xursandchiliklarini bo’lisha oladigan 
o’qituvchilar  bilan  bo’lgan  munosabatni  qadrlaydilar.  Bunday  munosabatlarda 
konfliktlar  ham  ro’y  berib  turadi,  ammo  ularni  hal  qilish  osonroq,  munosabatlar 
konfrontatsiyagacha  yetib  bormaydi.  Pedagogik  konfliktlarda  oxirigcha  “haq”  va 
“nohaq”lar,  g’olib  va  yutqizganlar  bo’lmaydi  –  har  bir  pedagogik 
muvaffaqiyatsizlikda, o’quvchining og’ir taqdirida o’qituvchining ham aybi bor.   
 
 “Jazo”.  O’qituvchi  konfliktni  hal  qilganda  jazoni  asosiy  ta’sir 
vositasidan  biri  deb  hisoblaydi.  Ularning  fikricha,  shu  bilan  xulqning 
takrorlanmasligiga erishiladi, bu o’quvchini qo’rqitadi. Ammo, bola jazolangandan 
so’ng  uning  ruhida  qanday  kechinmalar  iz  qoldiradi:  nadomat,  g’azab,  uyat, 
qo’rquv,  xafagarchilik,  aybdorlik,  agressiya?  A.S.Makarenko  yozgan  edi: 
“Tarbiyalanuvchi  qanday  qattiqqo’llik  bilan  jazolanmasin,  berilgan  jazo  doim 
konfliktni hech qanday qoldiqsiz, oxirigacha hal qilmog’i lozim. Berilgan jazodan  
bir  soat  o’tib,  tarbiyalanuvchi  bilan  normal  munosabatlarda  bo’lish  lozim”.  Jazo 
alohida  konfliktni  hal  qilmog’i  va  yo’qotmog’i  hamda  yangi  konfliktni  yuzaga 
keltirmasligi lozim, chunki ularni hal qilish qiyinlashib ketadi, axir bunda konflikt 
cho’zilib, kengayib ketadi. Keyingi vaqtda keng qo’llanayotgan jazo choralaridan 
biri – ota-onani chaqirish va ularga o’quvchining ayblarini ta’na qilmoqdir.   
Tanaffus  vaqtida  o’qituvchilar  xonasida  sinf  rahbari  VII  sinf  o’quvchisining 
onasi  bilan  uning  o’qishi,  xulqi  va  h.k.  haqida  suhbatlashardi.  O’quvchi  boshini 
egib  turardi.  Ona  o’zining  o’qituvchi  oldidagi  aybini  bilib,  o’g’lining  xulqini 
to’g’rilashdagi  ojizligidan  yig’lardi.  O’qituvchilar  xonasiga  kirgan  o’qituvchilar 
ushbu suhbatni ko’rib, o’quvchining barcha “gunohlarini” eslab, sanab o’tishardi. 
O’qituvchilardan  hech  biri  hamdardlik  bildirmadi,  yaxshi  so’z  aytmadi. 
O’smirning boshi yanada egildi, ammo endi uning yuzida afsus emas, balki hayrat 
va  g’azab  bor  edi.  SHunda  sinf  rahbari  so’radi:  “Tushundingmi,  qayoqqa  qarab 
ketayotganingni,  o’qituvchilarning  munosabatiga  qara,  onangni,  qara,  qanday 
ahvolga  solding?!    U  yig’layapti,  senga  esa  baribir!”.  U  sinf  rahbariga  jahl  bilan 
qaradi va o’qituvchilar xonasidan yugurgancha chiqib ketdi. O’qituvchilar bunday 
“suhbat”  bilan  faqatgina  o’smirni  g’azablantirdilar:  axir  u  o’zining  ko’pchilik 
odlida  hissiy  “ezilishini”  kechirmaydi.  Qiziq,  ushbu  vaziyatni  mashg’ulotlarda 
eshitgan  o’qituvchilar  va  maktab  rahbarlari  bu  hodan  kuyindilar,  ammo  uni 
favquloddagi holat deb hisoblamadilar va: “Uchrab turadi...” deb qo’ya qodlilar.  


 “Uchinchini”  taklif  qilish.    O’qituvchi  va  o’quvchi  o’rtasidagi  munosabatlar 
qarama-qarshi  kurash  holatiga  o’tganda,  ba’zan  “uchinchi”  kishini  taklif  etadilar. 
“Uchinchi” kishini chin dildan o’quvchiga yordam berishni hoxlashi, konfliktning 
sabablarini  chuqur  tushunishi  lozim.  Ota-onalar,  o’qituvchilardan  kimdir 
tengdoshlari  shunday  kishi  bo’lishi  mumkin.  Asosiysi,  “uchinchi”  kishi  o’quvchi 
uchun  ahamiyatli  inson  bo’lishi  lozim.  Ko’pincha  konfliktni  hal  etishda  maktab 
direktori yoki rahbariyatdan kimdir jalb qilinadi.  
“YOsh  o’qituvchi  endigina  ish  boshlaganidao’z  fani  yoki  usluiy  ishlar 
bo’yicha  qiyinchiliklarga  duch  kelsa,  biz  unga  yordam  beramiz,-deydi  maktab 
direktor,-maktabda  doim  tajribali  fan  o’qituvchisi  yoki  uslubiy  qo’llanma  bor. 
Ammo o’qituvchi o’quvchilar bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata olmasa, ular bilan 
doim konfliktga borsa, unga yordam berish juda qiyin:axir bu narsa uning o’ziga, 
uning nuqtai nazariga bog’liq, bizning o’zimiz ham usullarni yaxshi bilmaymiz”.  
O’qituvchi  hayotga  endigina  kirib  kelayotgan,  barkamol  shaxs  sifatida 
shakllanayotgan  insonlar-yosh  bolalar  bilan  muloqotda  bo’ladi.  O’qituvchining 
biror  tasodifiy  xatti-harakati  natijasida  o’quvchilarda  u  haqda  sodir  bo’lgan  fikr 
ham  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  salbiy  ta’sir  etishi,  o’qituvchining  ishini 
murakkablashtirishi  mumkin.  Odatda,  bunday  ziddiyatlar  uzoq  davom  etadi  va 
o’qituvchi  foydasiga  hal  etiladi.  O’qituvchi  obro’sini  saqlayman  deb,  kattalar 
ba’zan  o’quvchining  qadr-qimmatini  yerga  uradilar,  o’quvchidan  kechirim 
surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri hatti-harakati 
sabab  bo’lgan.  O’qituvchining  ishi  axloqiy  tarbiya  talablariga  to’g’ri  kelmaydi. 
Bolalar  bilan  muomola  va  munosabatlarda  ularning  har  biriga  alohida 
yondashishish  lozim.  Agar  o’qituvchi  va  o’quvchi  bir-birini  tinglasa,  o’z-o’ziga 
ham  tarbiyalaydi.  Demak,  tinglash  jarayoni  ko’pchilik  tasavvur  qilgani  kabi 
unchalik  passiv  jarayon  esa.  Tinglash    qobiliyati  gapiruvchini  ilhomlantiradi,  uni 
ruhlantiradi, yangi fikrlar g’oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Shuning 
uchun  ma’ruzachi  professorning  har  bir  chiqishi  va  ma’ruzasi  agar  talabalar 
tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng 
yutadi.  

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish