Odamlarni ham to`rt xilga bo`ladi: birinchi xil kishilar ko`p narsani biladi
va yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar bo`lib, ularga bo`ysunish kerak,
deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat qiladi, ular qobil kishilar
bo`lib, bunday kishilarni o`qitish va o`rgatish kerak. Uchinchisi, bilganini ham
bilmaydi, go`yo uyquda yashagandek, ularni uyg`otish kerak. To`rtinchisi,
bilmaydi va bilmaganini ham tan olmaydi. Bular johil kishilar bo`lib, ularni
o`qitish befoyda, ulardan qochish kerak, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |