O`zbekiston respublikasi хаlq ta’limi vazirligi namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi uychi tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli



Download 286,37 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2022
Hajmi286,37 Kb.
#395852
1   2   3
Bog'liq
Dars ishlanma Fe\'l kesim, ot kesim

Yangi mavzu bayoni:

Mavzu rejasi:   1. Fe’l kesim haqida ma’lumot.

2. Ot kesim haqida ma’lumot.

3. Mashqlar bajarish.

O`quvchilarga darslikdagi 120-mashqda berilgan “Nima eksang , shuni o`rasan” rivoyat matni o`qib beriladi va o`quvchilardan quyi sinflarda o`rgangan ot va fe’l mavzusi haqida so’raladi.Matnda ajratilgan kesimlarning fe’l kesim va ot kesim ekanligini aniqlanadi. Namuna:

Karmiding, nodonsan-da fe’llari ot kesim, jahli chiqibdi, ta’sir qilibdi – fe’l kesim.

Ekranda mavzu slaydlar asosida ko`rsatiladi.

 


Fe’lning turli shakllari bilan ifodalangan kesim fe’l kesim deyiladi.

 Fe’l kesimlar quyidagi ko`rinishga ega:

a)   Sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.

b)  Ravishdosh bilan ifodalangan kesim :Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha ,Fotima ham barkashni olib keldi.

c)    Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It hurar – karvon o`tar.

Po`lat xatni kecha yuborgan.


 

    Fe’ldan boshqa so`z turkumlari  ( ot, sifat, son , olmosh, ravish,taqlid so`z )bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi  shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi.

 

            Ot kesimlar quyidagicha ifodalanadi:

a)   Ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u,siz xizmatini qilayotgan depo xo`jayini do`stmi? Yaxshi ro`zg`or- jannat,yomon ro`zg`or –do`zax.

b)   Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.

c)    Son bilan:Birniki –mingga, mingniki -tumanga .Ikki karra ikki- to`rt.

d)  Olmosh bilan: Maqsadim – shu. O`zim har joydaman , ko`nglim sandadir.

e)   Ravish bilan:  Sizdan umidim ko`p.

f)     Modal so`z bilan: Yo`qoling, siz bilan adi- badi aytishishga vaqtim yo`q.


        

          Yangi mavzuni mustahkamlash:

Vaqtdan unumli foydalanish, o`quvchilarning deyarli barchasi darsga qatnashishi uchun guruhlar bilan ishlanadi.O`quvchilarni 2 guruhga bo`linadi.

Birinchi guruhni “Kamolot”, ikkinchi guruhni “Yoshlik” deb nomlanadi.

121-mashqni bajarishda “Kamolot” guruhiga fe’l kesimlarni, “Yoshlik guruhiga ot kesimlarni ajratib yozish topshirig`I beriladi.Bu mashqni guruh a’zolari navbatma- navbat yozuv taxtasida hamda daftarlarda bajaradilar, xato va kamchiliklari tuzatib boriladi.Namuna:

Oltita bolani bag`riga olgan mahkam taqachi –shu.   Shu-  ot kesim, olmosh bilan ifodalangan.

Mo`tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. Chiqib ketdi-fe’l kesim.

Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta.  Qirqta-  ot kesim, ravish bilan ifodalangan.

Mashqni to`g`ri va yozuv qoidalariga amal qilib bajargan guruh rag`batlantiriladi.

122-mashqni  bajarishda “Kim ifodali o`qiydi?” usuli qo`llaniladi.She’rni ifodali o`qiladi, fe’l kesimlar aniqlanadi.

 

Alisherning onasi



Bilmam, qanday ayol bo`lgan       Balki buyuk farzandiga

Alisherning onasi.                            Terib kelgan chechaklar.

Balki uning aqliga ham                    Balki tunlar unga bedor

Lol qolgan zamonasi.                       Aytib bergan ertaklar.

Balki uning ko`zlarida                     Mayliga, u kim bo`lmasin,

Bo`lgan og`ir bir xayol.                   Yolg`iz bir so`z ma’nosi:

Balki g`amgin zotdir u,                    Alisherning onasi u ,

Balki sho`xchan bir ayol.                 Navoiyning onasi.

(A.Oripov)

Bundan tashqari, badiiy kitoblardan mavzuga doir namunalar toppish mashg`uloti o`tkaziladi..

O`quvchilar slaydlarda berilgan quyidagi savollarga javob beradilar:

1.Kesimlar qanday belgilariga ko`ra fe’l kesim va ot kesim turlariga bo`linadi?

2.Qanday kesimlar fe’l kesim hisoblanadi?

2.Qaysi turkum so`zlari bilan ifodalangan kesimlar ot kesim hisoblanadi?

2.Ot kesimga misollar keltiring.



O`quvchilarni baholash.Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilar ballari e’lon qilinadi.  To`plagan rag`bat kartochkalariga ko`ra g`olib guruh aniqlanadi.Faol o`quvchilar hamda g`olib guruh qarsaklar bilan olqishlanadi.

Uyga vazifa: 123-mashqda berilgan gaplarni ko`chirish va kesim bo`laklarini belgilash, qaysi turkum so`zi ekanligini belgilash vazifa qilib topshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.8-sinf ona tili darsligi.



2.Innovatsion texnologiyalar: nazariya va amaliyot. Toshkent,”O`zbekiston” nashriyoti,2011-yil.

3.”Til va adabiyot ta’limi “jurnali, 2014-yil, 1-son.
Download 286,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish