Jamiyatning sotsial tarkibiga ta'sir o’tkazuvchi eng muhim ko’rsatkichlar
Daromadlar taqsimlanishidagi o’zgarish.
Iqtisodiy maqom va profеssional – ta'lim saviyasi bilan bog’liq sotsial qatlamlarning jamiyat qatlamlashuv jarayonida joylashish tarkibining o’zgarishi.
Sotsial qatlamlashuvning quyi va yuqori qatlamlarida sotsial harakatchanlik miqyoslarining o’zgarishi.
O’tish davrining dastlabki bosqichida sodir bo’layotgan o’zgarishlardan yutib chiqqanlarga nisbatan mag’lub bo’lganlar ko’proq bo’lib chiqadi. Shuning uchun jamiyatning sotsial tabaqalashuvida sodir bo’luvchi tamoyillarni tushunish davlatning to’g’ri ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy shartidir.