Ekstrapolyasiya metodlari- qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo‘lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi.
Empirizm – hissiy idrok etish va tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
Empirik – tajribada ko‘rilgan.
Etimologiya – u yoki bu so‘z yoki iboraning kelib chiqishi.
Epistemologiya – bilish haqidagi falsafiy ta’limot.
Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.
O‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish – o‘zining betakror mohiyatini faoliyatda namoyon etuvchi va gavdalantiruvchi har bir individ axloqiy faoliyatining maqsadi.
Qidiruv prognozi –ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz.
2.2.5. MASHG‘ULOTLARDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHGA OID MATERIALLARI