Madaniyat va sivilizasiya tushunchalari, mohiyati va xususiyatlari.
Madaniyat xodisasi jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega tushuncha sifatida ijtimoiy-falsafiy kategoriya ham hisoblanadi. Madaniyat jamiyatning uzviy sifat ko‘rsatkichini ifodalaydi. “Madaniyat” tushunchasini “jamiyat” tushunchasidan farqlash mumkin, lekin ular orasida favqulodda uzviy aloqa mavjud. Madaniyat shu jamiyatdagi odamlarning turmush tarzi, urf-odat va rasm-rusumlar, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan moddiy noz-ne’matlarga aloqador tushuncha. “Jamiyat” esa umumiy madaniyatga mansub bo‘lgan individlarni o‘zaro bog‘lab turadigan aloqalar tizimidir. Birorta xam madaniyat jamiyatsiz yashay olmaydi, shuningdek birorta xam jamiyat madaniyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Madaniyat bo‘lmasa, biz to‘la ma’nodagi “inson” bo‘lmasdik. Biz unda o‘z fikrimizni ifodalash uchun tilga, o‘z-o‘zimizni anglash qobiliyatiga ega bo‘lmasdik, o‘ylash va mulohaza yuritish qobiliyatimiz esa juda cheklangan bo‘lar edi.
G‘arbiy mamlakatlarda keng ishlatiladigan “kultura” so‘zi asli lotincha so‘z bo‘lib, qadimgi Rimda dehqonchilikka oid “ishlov berish”, “parvarish qilish” degan ma’noni bildirgan. Tuproqqa ishlov berish – qishloq madaniyati – dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq tushunchadir.
Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik darajasi tushunilgan. Ellinlar var-varlardan o‘zlarining farqlarini tarbiyalanganlikda deb bilganlar. Keyinroq madaniyat deganda shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushunilgan. SHarq faylasuf olimlarining asarlarida madaniyat tushunchasi va madaniy taraqqiyotning aniq ilmiy talqinlarini hamda chegaralarini ko‘ramiz. XIV asrda yashagan arab faylasuf olimi Ibn Xaldunning madaniyat bosqichlariga oid ilmiy tahlili diqqatga sazovordir. Uningcha, insoniyat dastlab yovvoyilik holatida bo‘ladi. Keyin u tabiiy olamdan ajralib chiqadi va ijtimoiylik kasb etadi. Ibn Xaldunning ko‘rsatishicha, insoniyat jamiyati doimo o‘zgarib borib, taraqqiyot jarayonida ikki bosqichni bosib o‘tadi: 1. Bidava. 2. Xidara. Bu ikkala bosqich “insonlar yashashi uchun qanday vositalar topishi”ga ko‘ra, bir–biridan farq qiladi. Birinchi – bidava bosqichida odamlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilash shug`ullanadi. Ikkinchi – xidara bosqichida yuqoridagi mashg‘ulot turlariga hunarmandchilik, savdo, fan va san’at qo‘shiladi. Har ikkala bosqich bir hudud doirasida bo‘lishi mumkin.5 Ibn Xaldunning fikricha, shaharda yo‘q, kundalik ehtiyojni qondiradigan hayot tarzi – dehqonchilik va chorvachilik ibtidoiy hayotni, hashamatli hayot kechirish va shuning uchun harakat qilish, dabdabali hayot kechirish uchun intilish, shaharlar barpo qilish tsivilizatsiyani keltirib chiqardi6.
XVIII –XIXasrlarda Yevropaliklar “kultura” so‘zini ma’naviy–ruhiy ma’noda ishlata boshlaganlar. Bu so‘z insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan boo‘ldi.
Vaqtlar o‘tishi bilan “madaniyat” tushunchasining hajmi kengayib, ta’rifi va tavsifi ko‘payib borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, madaniyat tushunchasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lgan, so‘nggi adabiyotlarda esa madaniyatning ta’rifi 500 dan ortiq7 deb ta’kidlanadi.
“Madaniyat” tushunchasini ta’riflash uchun juda ko‘p iboralar ishlatiladi. Jumladan, qatorida “insoniyatning yashash tarzi”, “insonning jamiyatdagi too‘laqonli faoliyati”, “inson o‘zining yashashi uchun yaratgan muhit”, “yaxlit ijtimoiy organizm”, “insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmui”, “ikkilamchi, ya’ni sun’iy tabiat”, “insonning ijodiy faoliyati mahsuli”, “jamiyatning ma’naviy holati”, “shartli belgilar yig‘indisi”, “me’yor va andozalar majmui” va hokazo.
Nemis faylasufi F.SHiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik darajasini madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi.
Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda, “qancha yirik madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud”360.
Madaniyatning birqancha tiplari mavjudligiga e’tibor qaratish lozim:
1. Tavsifiy talqin. Ushbu talqinda madaniyat tushunchasi inson faoliyatining barcha xillarini, ularning turli namunalarini o‘z ichiga oladi: turli tillar, kitoblar, tasviriy san’at asarlari, urf-odatlar, dinlar.
2. Tarixiy talqin. Bu talqinda madaniyat deyilganda insoniyat tomonidan yaratilgan barcha narsa va hodisalar, ya’ni suniy tabiat nazarda tutiladi.
3. Normativ talqin. Bunda madaniyat qadriyatlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
4. Mafkuraviy talqin. Bunda madaniyat avloddan avlodga o‘tib keladigan g‘oyalar oqimini tashkil etadi.
Madaniyatga berilgan ta’riflar orasida mashhur ingliz etnografi, antropologiyaning asoschilaridan biri Eduard Teylor (1832–1917) ta’rifi eng mukammal deb hisoblanadi. Uningcha, madaniyat – insonning axloqi, kuch–qudrati, baxt–saodati taraqqiy etishiga bir vaqtning o‘zida ko‘maklashish maqsadida alohida shaxsning va butun jamiyatning yuksak darajada tashkil qilinishi yo‘li bilan insoniyatning kamol topishidir8.
Rossiyada nashr etilgan “Eng yangi falsafiy lug‘at”da berilgan ta’rifga to‘xtalamiz. “Madaniyat, — deyiladi unda, — ijtimoiy hayotning barcha asosiy tomonlarini qayta ishlash va o‘zgartirish uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladigan, biologiyaviy jarayonlardan yuqori bo‘lgan, tarixan rivojlanib boradigan insoniy faoliyat va aloqalarning dasturiy tizimidir. Madaniyat binosini tashkil etadigan faoliyat, xatti-harakat va aloqa dasturlari turli xildagi shakllar rang-barangligida namoyon bo‘ladi: bilim, ko‘nikmalar, norma va ideallar, faoliyat va xatti harakat namunalari, g‘oyalar va farazlar, ishonch va e’tiqod shakllari, ijtimoiy maqsad va mo‘ljallar va h.k. SHularning hammasi birgalikda va o‘zgaruvchanlikda tarixan to‘plab (jamlab) boriladigan ijtimoiy tajribani tashkil etadi. Madaniyat faoliyat, xatti-xarakat va odamlar orasidagi aloqalar dasturlarini o‘ziga jo etadi, ularni avloddan avlodga uzatadi (translyasiya qiladi) va yangilab turadi”361.
V.Porus madaniyatga quyidagicha ta’rif beradi. “Madaniyat — deydi u,- inson xulq-atvori, ijodi, har qanday faoliyatining bosh qoidalariga (prinsiplariga) aylangan o‘zini-o‘zi ichdan (ruhiy, ma’naviy) tiyib (jilovlab) turishning poydevoriy tizimidir. Madaniyatli inson shunchaki qizil gap uchun emas, balki jiddiy ravishda “Men hech qachon, hech qanday sharoitda bunday (yomon, noto‘g‘ri) ish qila olmayman. CHunki, agar shunday ish qilsam, men odam bo‘lmayman” deb ayta oladigan insondir.””362
Hind ezoterik faylasufi Aurobindo Gxoshning uqtirishicha, “Madaniyat ruh, intellekt va vujud (tana) orasida uyg‘unlikka erishuv demakdir.”363
Bu ta’riflar umumlashtirilsa, madaniyat so‘zining ma’no-mazmunini quyidagicha tushunish mumkin:
Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomoni-dan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, osori-atiqalar yig‘indisi.
Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, mao-rif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi-ni aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
Madaniyat – umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning o‘zi yaratgan bo‘lsa-da, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi, ta’siri bo‘lishi tabiiy hol. Madaniyat aholining biron tabaqasi yoki sinfiga emas, barchaga barobar xizmat qiladi. Masalan, san’at va adabiyot durdonalari, me’morlik yodgorliklari, fan-texnika yutuqlari va boshqalar barchaga tegishlidir.
Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
Madaniyatni qo‘llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi qismlarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda “muomala madaniyati”, “mehnat madaniyati”, “nutq madaniyati”, “ishlab chiqarish madaniyati”, “xizmat ko‘rsatish madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat” kabi tushunchalar ham qo‘llaniladi.
YUqoridagi fikrlarda madaniyatning faqatgina ma’naviy-ruhiy sohasi o‘z aksini topgan bo‘lib, uning moddiy aspektlari e’tibordan chetda qolgan. SHuning uchun madaniyatning umumiyroq bo‘lgan ta’rifini keltirish o‘rinli. Madaniyat, bu – jamiyat o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratgan vorislik asosida avloddan-avlodga o‘tib boruvchi barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuidir.
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari o‘zgarib turadi. SHu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni o‘ziga xos belgilari, sifatiga qarab bir necha turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar.
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‘lish keng tarqalgan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish holatlari ham uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to‘laligicha irqiy jihatlar bilan bog‘liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog‘liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatdan eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun kontrkultu-ra, subkultura tushunchalarini qo‘llay boshladilar. Kontrkultura deganda bir guruh yoshlarning g‘arb mamlakatlardagi rasmiy qadriyatlarga qarshi g‘oyaviy-siyosiy, badiiy qarashlari, ideallari tushuniladi. YOshlarning bun-day chiqishlari so‘l radikalchilik, anarxistik, ekstrimistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Subkultura deganda jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. YOshlar orasida moda-ga berilgan xotin-qizlar, ayrim musiqaga («pop», «rok») berilgan yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar mavjud. SHuningdek, qashshoqlar, kambag‘allar, o‘rta tabaqalar, yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita qatlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag‘al tabaqalar madaniyati shaxsiy gigienadan tortib bilim darajasigacha bo‘lgan sohalarda past saviyada namoyon bo‘ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor.
Madaniyatning ikki turi farqlanadi:
moddiy madaniyat;
ma’naviy madaniyat.
Madaniyatning bunday turlarga farqlanishi uning moddiy va ma’naviy asosga ega ekanligidan kelib chiqadi. Aslida insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda madaniyatning har ikki turi birday ishtirok etadi. Ma’lum bir ma’naviy madaniyat namunalari mavjudki, ular moddiy ehtiyojlarni qondiradi, ayrim moddiy madaniyat namunalari ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga hizmat qiladi. Bunday farqlanish nisbiy harakterga ega bo‘lib, aslida madaniyatning bu turlari jamiyat hayotida yaxlit namoyon bo‘ladi.
Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi — moddiy vama’naviy ishlab chiqarish bilan ham bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’molvositalari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz ma’lum bir xalq madaniyati, uning tarixiytaraqqiyotining turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. Iste’mol vositalarini o‘rganish ijtimoiy rivojlanishning ma’lum bir bosqichida turgan inson nimalarni iste’mol qilayotganligi to‘g‘risidagina emas,balki qanday iste’mol qilayotganligi, uning ehtiyojlari qanchalik boy va taraqqiy qilganligi haqidaham ma’lumot beradi. Albatta, moddiy madaniyatnifaqat ishlab chiqarish va iste’mol vositalariga taqab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmagan bo‘lur edi. CHunki, moddiymadaniyat yuqoridagi vositalarni yaratish va foydalanish sohasidagi faoliyat usulini ifodalash uchun hamxizmat qiladi. Aynan shunday faoliyat jarayonidainsonning bilimi, tajribasi, kasbiy malakasi moddiy madaniyatning tarkibiy qismiga aylanadiganjismiy ko‘rinishga kiradi.
Ma’naviy madaniyat esa ma’naviy ishlab chiqarish,ijtimoiy ong shakllarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi.Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli shakllari har xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar vata’limotlar, ilmiy bilimlar va san’at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va h. k. ana shunday faoliyat natijasidir. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida turgan va o‘zaro muayyan munosabatlarga kirishgankishilar tomonidan yaratiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ma’naviy madaniyat ma’naviy faoliyat natijasi sifatida kelib chiqayotgan hodisalarnigina emas,balki, ularni yaratish jarayonida kishilar o‘rtasidayuzaga keladigan munosabatlarni ifodalash uchun hamxizmat qiladi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatga mansub narsa vahodisalarning turli maqsadlarga xizmat qilishi, demakki, ularning vazifalari, funksiyalaridagi farqlar yuqoridagi misollardan ham ko‘rinib turibdi. Lekin bu farqlar nisbiydir va ularni aslo mutlaыlashtirib bo‘lmaydi. Birinchidan, unisi ham, bunisi hammadaniyat ekanligini unutmaslik kerak. Ikkinchidan,inson faoliyatining mahsuli bo‘lgan ko‘pgina narsalarxam aqliy, ma’naviy, ham jismoniy mehnatning natijasi sifatida paydo bo‘ladi. Boshqacha aytganda, moddiy madaniyat insonning muayyan g‘oyalari, bilimlari,maqsadlarining namoyon bo‘lishidir. Ayni paytda harqanday ma’naviy madaniyat mahsuli ham ob’ektivlashuvi, o‘zining moddiy ifodasini (yozuv, nutq, rasm,haykal va h. k. shakllarda) topmog‘i lozim. Bundayob’ektivlashuv jismoniy harakatni, kuch-quvvatni talab qiladi. Ba’zi hollarda, masalan, haykaltaroshliksan’atidagi kabi, bunday jismoniy harakat anchayin katta o‘rin tutishi ham mumkin.
SHuningdek ma’no jihatdan madaniyat hodisasiga yaqin bo‘lgan sivilizatsiya hodisasi ham jamiyat hayotida alohida o‘ringa ega. Sivilizatsiya tushunchasi to‘g‘risida ham bir qator ta’riflar keltirilgan.
Ko‘pgina hollarda madaniyat va sivilizatsiya so‘zlari yonma-yon ishlatiladi. Masalan, “Qadimgi Misr sivilizatsiyasi”, “Qadimgi Misr madaniyati”. Bu atamalar go‘yo bir xil ma’noni anglatganday ko‘rinadi. Asli-da esa sivilizatsiya va madaniyat bir-biridan farq qiluvchi tushunchalardir. Faylasuflardan O.SHpengler va A.A. Berdyaev asarlarida, sivilizatsiya – bu insoniyat borlig‘ining moddiy-texnik tomoni, madaniyat esa uning ma’naviy-ruhiy tomonidir, deb tushuntiriladi.
Insoniyat hayotida sivilizatsiya va madaniyat o‘zaro bog‘liq holda rivojlanib kelmoqda. Gap shundaki, odam paydo bo‘lgandan beri, ongli mavjudod sifatida yashash uchun kurashib kelmoqda. Odam dastlab o‘zini o‘rab turgan olam oldida, tabiatning dahshatli hodisalari, qahraton sovuq, jazirama issiq oldida ojiz, himoyasiz, yalong‘och bir mavjudod edi. Biroq odam barcha tirik mavjudodlardan o‘z ongliligi bilan ajralib turardi, hammasidan ustun edi. Inson ongliligi tufayli yashash uchun kurashdi, o‘zini o‘rab turgan tabiatga ishlov berib, asta-sekin o‘zi uchun zarur qulayliklar yaratib bordi. Bu qulayliklar yaratilish usuli, mazmun-mohiyatiga ko‘ra sivilizatsiya yoki madaniyat atamalari bilan tushuntiriladi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan ov va mehnat qurollari, olovdan foydalanishni o‘zlashtirish, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kiyim-bosh, uy-joy, yirik suv inshootlari, binolar, mashinalar, texnika taraqqiyoti, transport, aloqa, maishiy xizmat vositalari kabilar sivilizatsiya tushunchasiga kiradi. Demak, sivilizatsiya deganda insonlar o‘zlari uchun yaratgan jismoniy qulayliklar, moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy-texnik vositalar tushuniladi.
Madaniyat esa yashash uchun kurashning ruhiy, ma’naviy usullaridir. Masalan, odam yirtqich hayvonlardan himoyalanish usulini, ya’ni sivilizatsiya yo‘lini topishi mumkin. Lekin inson o‘limdan o‘zini saqlay olmaydi, o‘lim haq. Demak, odam o‘zini o‘zgartirishi, o‘lim vasvasi bilan doimo dahshat ostida bo‘lmasligi, unga ko‘nikishi zarur bo‘ladi. Bu sohada madaniyat harakatga keladi. Madaniyat insonlarga ruhiy, ma’naviy qulayliklar yaratadi, shaxsni, uning tabiat haqidagi tafakkurini o‘zgartiradi, insonda ichki barqarorlikni shakllantiradi. Ma’naviyat orqali inson o‘lim dahshatini engadi, kezi kelganda Vatani, xalqi uchun o‘limga ham tik boradi. Ibtidoiy jamiyatdagi sehrgarlik, jodugarlik, afsungarlik, hozirgi zamon dinlari, xalq qo‘shiqlari, adabiyot, san’at, axloq-odob va boshqalar – bularning hammasi madaniyat sohasiga kiradi. Agar sivilizatsiya insonning moddiy ehtiyojlarini qondirsa, madaniyat uning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi.
Sivilizatsiya so‘zi ma’rifatparvarlarning XVII asrdan boshlab urushlarsiz hamda mutaassib ruhoniylar ta’siridan ozod, aql va adolatga asoslangan jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib keldi. Sivilizatsiya so‘zi jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchadir. Sivilizatsiya insoniyat ijtimoiy taraqqiyotidagi uchta katta davrning (yovvoyilik, vaxshiylik va sivilizatsiya) oxirgisi bo‘lib, u yozuvning, davlatning, huquqiy tartib-qoidalarning kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 ming yillar muqaddam (Misrda) boshlangan. Sivilizatsiyaning boshlanishi bilan turli xil dinlar, gumanistik va axloqiy qadriyatlar keng tarqala boshlaydi. Sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, turli mintaqalarda birin-ketin vujudga kelgan, albatta.
Sivilizatsiya madaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyotining mahsuli. Sivilizatsiya so‘zi madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi ma’nosida ham ishlatiladi. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi, O‘rta dengiz sivilizatsiyasi, Hind sivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. Sivilizatsiya dastlab ayrim hududlarda, bir-biri bilan u qadar bog‘lanmagan holda shakllangan bo‘lsa, XVII-XX asrlarda umumjahon sivilizatsiyasi shaklida uyg‘unlashdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb ta’riflaganlar.
G‘arbda keng tarqalgan va foydalaniladigan Vebsterning ingliz tili lug‘atida364 “sivilizatsiya” tushunchasi “madaniyat” (kultura) tushunchasi bilan aynanlashtirilib, insonda varvarlik va nooqilonalik mutlaqo yo‘q bo‘lgan xatti harakatlarni, uning jismoniy, madaniy, ma’naviy, insoniy resurslardan optimal foydalannishini, shuningdek individning jamiyatda to‘laqonli o‘rin egallashini xarakterlaydigan ideal holat nazarda tutilishi ta’kidlanadi.
SHuningdek, “haqiqiy sivilizatsiya” – bu intilish kerak bo‘lgan ideal” sifatida namoyon bo‘ladi;
- madaniyat jamiyatning sivilizatsiya ideali sari harakatlanishidagi muayyan holatlarni yoki taraqqiyot bosqichlarini (masalan, o‘rta asrlar madaniyati) yoki madaniyatda erishilgan muayyan yutuqlarni (masalan, yozuvning kelib chiqishini yoki urbanizatsiya, (qishloq xo‘jaligi va sanoatda) texnologiyalarning takomillashuvi, aholi sonining ortishi va ijtimoiy tuzilmalarning murakkablashuvi bilan belgilanadigan bosqichning (hozirgi davr sivilizatsiyasi) ifodalovchi tushuncha sifatida talqin etiladi;
- sivilizatsiyalashuv jarayoni fanda, davlat boshqaruvi, shuningdek inson intilishlarida va ma’naviyatida progressga erishuv sifatida qaraladi;
- sivilizatsiyalashtiruvchi faoliyat, bu ayniqsa muayyan tipdagi o‘ziga xos madaniyatni begona xalqqa zo‘rlab kiritishda namoyon bo‘ladi;
- insoniyat madaniyatining insonni hayvonot darajasidan tashqariga chiqishini belgilagan barcha yutuqlari va intilishlari (Sivilizatsiya – tosh asridan keyingi davr);
- faoliyat va tafakkurda muayyan normativlarga rioya etish (kishining fikrlashi, o‘zini tutishi va istak xohishlaridagi muayyan nazokat va nafosat);
- madaniyat va texnologiya taraqqiyotining nisbatan yuqori rivojlanishi yo‘lga qo‘yilgan ba’zi erlar (territoriyalar);
- shaharda yaratilgan qulay maishiy sharoit.
“Xalqaro ijtimoiy fanlar ensiklopediyasi”da esa “Sivilizatsiya – antropologlar tomonidan foydalaniladigan tushuncha bo‘lib, u primitiv yoki xalq madaniyatiga qarama-qarshi turadigan kategoriya” deb ta’riflanadi. Sivilizatsiya mohiyatan insoniyat o‘z taraqqiyoti mobaynida jamiyat shakllanishida erishilgan daraja sifatida yovvoyilik va varvarlikka qarama-qarshi turadi.”365
Sivilzatsiya shakllanishining eng asosiy sharti sifatida oziq -ovqat maxsulotlarini ishlab chiqishda sezilarli samaradorlikka erishish ko‘rsatiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi esa hamma erda sivilizatsiyaning iqtisodiy poydevorini tashkil etishi ta’kidlanadi. SHuning bilan birga faqat mehnat va hunar qurollarinigina emas, balki, muhimrog‘i, boshqaruv ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga oladigan texnologiyalar taraqqiyoti sivilizatsiyaning shakllanishi jarayoni bilan funksional bog‘liq bo‘lishi kerak deb uqtiriladi.
Sivilizatsiyaning yuqoridagi ta’rifidan kelib chiqib, sivilizatsiya bo‘lish mezonlari ham sanab o‘tiladi. Bunda avvalo sivilizatsiyani yovvoyilikdan ajratadigan mezonlar, asosan, ijtimoiylik, ahloqiylik va intellektuallik deb qaraladi. Ijtimoiy sohada sivilizatsiyani xarakterlovchi belgilar sifatida esa quyidagilar olinadi:
1. Mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy munosabatlar tizimi – gorizontal (kasbi va turmush tarziga ko‘ra ixtisoslashuv) va vertikal (ijtimoiy qatlamlanish).
2. Hukmron qatlam ishlab chiqilgan qo‘shimcha maxsulotni birinchi ishlab chiqaruvchilardan ajratib oladi, uni markazlashtiradi va qayta taqsimlaydi va ishlab chiqarish vositalarini (ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan birga) nazorat qiladi.
3. Savdogarlar yoki davlat tomonidan tovar almashuv tarmog‘i nazorat ostida amalga oshirilgani uchun maxsulotlar va xizmatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri almashish siqib chiqarilgan bo‘ladi.
4.Muayyan siyosiy strukturalarning tashkil topishi.
Sivilizatsiyaning ahloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi dunyoqarash prinsiplari ham, u bilan bog‘liq ahloqiy mezonlarning o‘zgarishiga olib keladi deb uqtiriladi. Masalan, sivilizatsiya shakllanishining ilk davrlarida ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar, muqaddas davlatchilik urflari, jamiyatni bu dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam tomonidan boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan tashkillanish strukturalari intizomi kabilar. Sivilizatsiyaning keyingi yuqoriroq bosqichlarida esa ma’lumotli yuqori qatlam tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy meyorlar ishlab chiqiladi. Jamiyat strukturasida sodir bo‘lgan yangi o‘zgarishlar natijastda yangi ahloqiy qadriyatlar yaratiladi.
Intellektual sohada sivilizatsiya avvalo spekulyativ tafakkurning shakllanishiga, aniq fanlar, yozuv va simvolik yozishning, aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining vujudga kelishi va rivojlanishi, keyinchalik estetik ongning shakllanishi va rivoj topishida namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi. Sivilizatsiya tuzum madaniy va siyosiy mustaqillikka erishganidan keyin o‘z taraqqiyotining eng yuksak pallasiga, ya’ni gullab yashnash davriga kiradi. Bu davrda jamiyatda adolat, erkinlik, ijtimoiy va individual bardamlik qaror topadi. Sivilizatsiyaning ijtimoiy kuch quvvatlari tugaganidan keyin bu davr tugaydi degan pessimistik xulosa ham chiqariladi. SHunga ko‘ra, sivilizatsiyaning avvalgi davrlari (Qadimgi davr, O‘rta asrlar) uzoq vaqtlarni (o‘rtachasi — 400 va 600 yillarni) o‘z ichiga olgan bo‘lsa, oxirgi davri ancha qisqa bo‘lishi kutiladi.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sivilizatsiya haqida oldinga surilgan har ikki ta’rif va qarashlarda ham jiddiy kamchiliklar juda ko‘p. Ulardan eng asosiylari deb, quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Mazkur qarashda, cheklangan va eskirganevolyusion-materialistik progressistik va sotsial-darvinistikilmiy nuqtai-nazar ifodalangan. Unga qarshi turadigan, ruhiy borliqning ham mavjudligiga tayanadigan traditsionalistik va diniy esxatologik va irratsional ezoterik falsafiy ta’limotlaro‘rganilmagan, nazardan soqit qilingan.
Keltirilgan ta’rifda sivilizatsiya bo‘lishning oliy va poydevoriy xususiyati sifatida intellektual va iqtisodiy parametrlar olinadi. Ahloqiy, estetik jihatlar ikkilamchi bo‘lib qatnashadi.
Bu ta’rif G‘arbiy Yevropani sivilizatsiyaning yagona universal namunasi sifatida qarash kontekstiga ega bo‘lib, u butun dunyoda Yevropa gegemoniyasi uchun xizmat qilib kelgan sivilizatsion monizm mafkurasining oldinga suradigan nuqtai nazardir. SHunga ko‘ra, sivilizatsiya nuqtai nazaridan qaralganda, SHarq Yevropaga, umuman, G‘arbga nisbatan notsivilizatsion, ochiqrog‘i, qoloq hisoblab kelinadi.
YUqorida keltirilgan har ikki ta’rifda ham “madaniyat” va “sivilizatsiya” tushunchalari ajratilmagan, bir biri bilan chalkashtirib yuborilgan.
Sivilizatsiyaning ushbu konsepsiyasi Yevropa kolonializmi davrida shakllangan. Lekin hozirgi davrda shu qarashlar u erda ko‘pchilik tomonidan yoqlanadi.
“Sivilizatsiya” tushunchasining 2001 yil Moskvada nashr etilgan “Falsafiy qomusiy lug‘at”dagi ta’rifida: “Sivilizatsiya varvarlik davridan keyin keladigan madaniyat darajasi bo‘lib, u insonni asta-sekin o‘zi kabi odamlar bilan rejalashgan, birgalikda tartibli faoliyat yuritishga asta-sekin o‘rgatib boradi, madaniyat uchun muhim zamin hozirlaydi”.366
Rossiyada chiqqan “Eng yangi falsafa lug‘ati”da esa sivilizatsiyaning bir emas birqancha turli tarixiy davrlarga tegishli talqinlari mavjudligiga e’tibor berilgan367. Birinchisiga ko‘ra sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotining va real tarixiy davrlarining turli sifat holatlarini ifodalovchi tushuncha. Ikkinchisiga ko‘ra u — “insoniyat jamiyati evolyusiyasining “varvarlik davri” o‘rniga kelgan bosqichi”dir (L.Morgan). Uchinchi yondashuvda sivilizatsiya deganda madaniyatning mavjud universaliyalari va poydevoriy simvollari tomonidan belgilanadigan ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun odamlar tomonidan qo‘llanadigan tashkiliy vositalar (faoliyat dasturlari) to‘plami sivilizatsiya deb tushuniladi. XIX-XX asrlarga kelib oldinga surilgan to‘rtinchi talqinga binoan esa sivilizatsiya yo butun insoniyat tarixini har biri o‘z individual taqdiriga ega bo‘lgan va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan yopiq organizmlar deb (Danilevskiy, Toynbi) qarash, yoki bir vaqtlar yaxlit va organik bo‘lgan “madaniyat” inqirozining yakuniy bosqichi (fazasi) deb (O.SHpengler) qarash oldinga suriladi.
Sivilizatsiyaning shu to‘rtinchi talqini, ayniqsa, A.Toynbining bu boradagi qarashlari oldingilaridan mukammalroq. Zero bu yondashuvda, birinchidan, hamma uchun (masalan, “ommaviy madaniyat”ga o‘xshash) yagona umumiy madaniyat emas, balki ayrim xalqlar yoki sivilizatsiyalarning o‘z milliy madaniyati mavjudligi tan olinadi. Ikkinchidan, sivilizatsiya deganda G‘arb mafkurachilari oldinga surgan kriteriylar emas (masalan, ilmiy-texnikaviy yoki moliyaviy taraqqiyot o‘lchamlari emas ), balki har bir jamiyat o‘z individual madaniyati mezonlari asosida rivojlanadigan ijtimoiy tizimning o‘z taraqqiyot yo‘li, ya’ni sivilizatsion ideali mavjudligi e’tirof etiladi.
Mazkur lug‘atda sivilizatsiyaning eng yangi ta’ifi ham o‘rin olgan. Unga ko‘ra, sivilizatsiya o‘z holicha to‘liq va noyob ijtimoiy organizm qiyofasida amalga oshadigan madaniy dasturlar (“ishchi loyixalar”) to‘plamidir. Madaniy dasturlar sivilizatsiyaning metafizikasi, ya’ni falsafasi (tabiat, Koinot va unda insonning o‘rni haqidagi eng chuqur ilmlar yoki uning poydevoriy ma’nolari va kadriyatlari) tomonidan belgilanadi deb qaraladi. SHu ma’noda sivilizatsiya tiplari (CH.U.Morris – “Sivilizatsiyaning 6 obrazi”): inson instinktlari va istak-xohishlariga bo‘ysundiriladigan (Dionisiycha) tip; shaxsiy xotirjamlikka erishish uchun tarkidunyo qilishga asoslanadigan (Buddaviycha) tipi; ruhiy qadriyatlarni deb poklanishga qaratilgan (dastlabki xristianlik davri) tipi; “g‘azovat” tadbirlari yo‘lida shaxs qiyofasining yo‘qolishiga olib keladigan (islomiy) tip, fan va texnika vositasida atrof muhitni insonga bo‘ysundirish va qayta tashkillashni ko‘zlaydigan (taxnogen) tip bir-biridan farqlantiriladi.
SHuningdek, bu talqinlarda insonning sivilizatsiyaga tegishlilik belgisi sifatida insonga xos barcha asosiy aspektlar, ya’ni (ruhiy, aqliy va vujudiy) parametrlar birlikda olingan emas, balki faqat bitta, ratsional (aqliy, fan-texnika taraqqiyoti) parametr asos qilib olingan. Boz ustiga sivilizatsiyalarni tiplashtirishda ham to‘liqlik va mantiqiy izchillik etishmaydi. Bundan tashkari, bu erda asosan biryoqlama — Yevropamarkazchilik, g‘arbmarkazchilik pozitsiyasi aks etgan. Vaholanki, A.N.Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida keltirilgan tipologiya, garchi unda jamiyat tarixining ancha avvalgi bosqichlari nazarda tutilgan esada, ushbu tipologiyaga nisbatan ancha to‘liq, aniq, konkret, mantiqan izchil va ijtimoiy ideal aniq ko‘rinishi bilan ajralib turadi.368
Umuman olganda, g‘arbmarkazchilik ta’riflarida ham ideal ijtimoiy tuzilma g‘oyasi bor. Masalan, jamiyatning “varvarlikdan keyin” tashkil topgan tuzilmasi, jamiyat “evolyusiyasining yuqori bosqichi” kabi g‘oyalar. Lekin bu g‘oyalar ishtimoiy idealni aniq tasavvur etish imkonini bermaydi. Bularga nisbatan marksacha falsafada oldinga surilgan “kommunizm” ideali, garchi o‘zini oqlamagan esada, ancha aniq va konkret edi.
Stepin sivilizatsiya deganda muayyan madaniyat tipini taqozo etadiganyaxlit ijtimoiy organizmni tushunadi. Uning bu qarashlari A.Toynbinikiga juda o‘xshab ketadi. Farq faqat shundaki, ushbu fikrni oldinga surishda u umumiy tizimlar nazariyasiga tayanadi. Uning tushuntirishicha, har qanday rivojlanuvchi murakkab organizm muayyan kodlarda ifodalangan va uning barqarorligini ta’minlaydigan o‘z informatsiyasiga ega bo‘ladi va har qanday tizimda tashqi dunyo bilan shu informatsiyaga muvofiq modda va quvvat almashinuvi sodir bo‘ladi.
Mazkur informatsiya kodlari tizimning tashqi olam bilan o‘zaro ta’sir tajribalarini jamlaydi va keyingi o‘zaro ta’sir usullarini belgilaydi. Demak, rivojlanuvchi tizimlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraganda, biologik turlarning shakllanishi va rivojlanishida genlar qanday rol o‘ynasa, ijtimoiy organizmda ham shunday rol o‘ynaydigan informatsion strukturalarni aniqlash kerak bo‘ladi.
Stepinning tushuntirishicha, madaniyatning poydevoriy qadriyatlari ana shunday strukturalardir va ular madaniyat kategoriyalarida, dunyoqarash universaliyalarida (umumiy tushunchalarida) ifodalangan bo‘ladi. Turli kod tizimlarida ifodalangan, “madaniyatning vujudini” tashkil etadigan juda katta miqdordagi inson nobiologik faoliyati xillari, xatti-harakatlari va muamola dasturlari ana shu tushunchalar asosida ishlaydi va rivojlanadi. Tirik organizmda genlar qanday vazifani bajarishsa, dunyoqarash universaliyalari (kategoriyalar) ham jamiyat hayotida shunday vazifani bajaradilar. Ular madaniyatning turli xildagi o‘ta murakkab hodisalarini yaxlit tizim qilib tashkillaydilar va shu ma’noda ijtimoiy kodning poydevoriy strukturasini tashkil etadilar, ya’ni ijtimoiy hayotning o‘ziga hos DNKsi vazifasini bajaradilar. Dunyoqarash universaliyalarining (“tabiat”, “kosmos”, “makon(fazo)”, “zamon(vaqt”), “inson”, “erkinlik”, “adolat” va h.k.) ma’nolari inson yashaydigan dunyoning yaxlit obrazini shakllantirar va muayyan madaniyatning afzal qadriyatlari darajalarini ifodalar ekanlar, uzluksiz o‘zgarib turuvchi ijtimoiy tajribaning qaysi qismlari translyasiya oqimiga tushishi (yangi avlodga etkazilishi, uning shakllanishiga jalb etilishi), qaysi qismi esa bu oqimdan chetda qolishini belgilaydilar. Bunda ular odamlarning bilimlari, e’tiqod shakllari, qadriyat va maqsad yo‘nalishlarini, faoliyat va xatti harakat namunalari, muomalalari va ishlari qanday bo‘lishi kerakligini belgilaydilar, ya’ni ularning ijtimoiy hayotini shakllantiradilar. SHu ma’noda dunyoqarash universaliyalari tizimi — bu ijtimoiy organizm mavjudligini ta’minlaydigan o‘ziga hos madaniy-genetik kod. SHu madaniy genetik kod o‘zgarmasa, ijtimoiy organizmda tub o‘zgarish bo‘lishi mumkin emas. YA’ni buningsiz yangi jamiyat vujudga kela olmaydi.
SHuning uchun, agar biz ijtimoiy organizmlarni sivilizatsiya xillari deb qaraydigan bo‘lsak, u holda ularning iqtisodiy hayoti qanday tashkil topganini o‘rganishimiz etarli bo‘ladimi, degan savol tug‘iladi. Vaholanki, iqtisodiy hayotning o‘zini ham muayyan sivilizatsiyada afzal o‘rin egallagan madaniy-genetik kodlar, tegishli poydevoriy qadriyatlar nuqtai-nazaridan tushunish kerak. Bu boradi ikki konsepsiya – markscha konsepsiya bilan M.Veber nuqtai-nazari – bir-biriga qarama-qarshi keladi. Birinchisiga ko‘ra, ishlab chiqarish usuli ijtimoiy hayotning strukturasini ham, uning ma’naviy hayotini (ijtimoiy ongini) ham belgilaydi. M.Veber, bunga qarshi o‘laroq, madaniyatning poydevoriy qadriyatlari muayyan iqtisodiy hayot usullarining shakllanishi va ildiz otishiga olib keladi, deydi. Markscha yondashuvda texnikaviy-texnologik va iqtisodiy taraqqiyotga ijtimoiy organizmlarning o‘ziga xos “tabiiy tanlanishi” faktori sifatida urg‘u berilgan bo‘lsa, Veber o‘z diqqatini ijtimoiy hayotning ma’naviy asoslariga, uning poydevoriy qadriyatlariga, shuningdek, ulardagi tub o‘zgarishlar munosabati bilan jamiyatda sodir bo‘ladigan mutatsiyalarga qaratadi.
Albatta, bu erda har ikki faktor bir-birini dialektik ravishda to‘ldirishi zarurligini nazarda tutish kerak. Zero, chindan ham ular orasida bog‘lanish mavjud. Lekin bu bog‘lanish ishlab chiqarish usulining o‘zi dunyoqarash universaliyalarini aniq va qat’iy belgilab berishi, yoki buning aksi bo‘lishi ma’nosida emas.
Madaniyat va sivilizatsiyaning farqli tomonini sof statik aspektda olib qaralsa, madaniyat bu muayyan davrda inson va jamiyat hayotining ma’no va maqsadini belgilab bergan, ularning faoliyatini yo‘naltirish uchun shakllantirilgan g‘oyalar, tasavvurlar va his-tuyg‘ular organik birligini tashkil etadi. U holda sivilizatsiya jamiyat strukturasining mazkur madaniyatga muvofik ravishda tashkillashuv tizimidir.
Dunyoda ilg‘or fan, texnika, texnologiya, axborot vositalari asosida ish yuritayotgan, ma’rifatparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurgan mamlakatlar mavjud, ular haqiqiy sivilizatsiya yo‘liga kirib bormoqdalar. Jumladan, mustaqil O‘zbekiston ham yuksak sivilizatsiyali demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda.
Demak, madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasida mantiqiy birlik, umumiylik mavjud, negaki ularning har ikkalasi ham inson faoliyatining mahsulidir. Ham moddiy, ham ma’naviy taraqqiyotning boshida insonlarning ma’naviy tafakkuri, niyatlari, g‘oyalari, o‘ylari, loyihalari, mo‘ljallari turadi, so‘ngra ular moddiy shaklda namoyon bo‘ladi. Bunga nafaqat texnik inshootlarning, shuningdek, badiiy asarlarning yaratilishi ham misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |