O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Jamiyat va shaxs, o‘zaro bir-biriga ta’siri



Download 4,4 Mb.
bet257/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Jamiyat va shaxs, o‘zaro bir-biriga ta’siri.SHaxsning jamiyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati masalasi ijtimoiy falsafaning dolzarb muammolaridan biridir. Ijtimoiy-falsafiy jihatdan jamiyat odamlar uyushmasining maxsus shakli, taraqqiyotning ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Jamiyatning shakllanishi va qaror topishi uzoq tarixiy davrni boshdan kechirgan bo‘lib, murakkab jarayonning ijtimoiy hodisasidir.

Jamiyat vujudga kelishida mehnat qilish eng asosiy omil bo‘ldi. Jamiyat shunchaki odamlar yig‘ini emas, balki ijtimoiy munosabatlar orqali tashkil topadi. Ana shu jarayonda shaxs va jamiyat munosabatlari ham shakllana boradi. Bunda ijtimoiy mehnat turlaridan tashqari, odamlar o‘rtasida amal qilingan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, hududiy, mafkuraviy munosabatlarga kirishiladi. SHaxs va jamiyat munosabatlarida ham muayyan jamiyat qabul qilgan standartlar doirasida rivojlanib boradi.

Jamiyatning mazmun va mohiyati, shaxs va jamiyat munosabatlari har bir tarixiy davrda yaratilgan falsafiy ta’limotlar asosida talqin qilinib kelingan bo‘lsa, jamiyat hozirgi rivojlanish bosqichida ular o‘rniga ilg‘orroq ta’limotlarni yaratish vazifasini qo‘yadi.

Falsafiy ta’limotlarda shaxs va jamiyat munosabatlari muammosiga qadimgi dunyo olimlaridan boshlab, hozirgi davr tadqiqotchilari tomonidan turlicha yondashuv va talqinlar ishlab chiqilib, salmoqli asarlar yaratilgan. Masalan, Aflotun “Qonunlar” - asarida davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari masalasiga e’tibor qaratib, adolatli jamiyatning barqaror yashashida erkinlik qadriyatlarining ahamiyatini yuksak pog‘onaga ko‘taradi261. Aristotel o‘zining “Siyosat”, “Etika”, “Ritorika” kabi asarlarida jamiyat va shaxs munosabatini yanada takomillashtirish g‘oyalarini ilgari surdi. SHaxs adolatli ishlarga qo‘l urar ekan, adolatli, jasorat namunasini ko‘rsatar ekan, jasoratli fazilatlarning sohibiligini isbotlaydi262. SHuningdek, Markaziy Osiyoda etishib chiqqan Abu Nasr Forobiy, “Fozil odamlar shahri” asarida shaxs va jamiyat munosabatlari xususida insonlar o‘zaro ko‘maklashishga intilishi tufayli jamiyat hayotida adolatni ta’minlashga yordam beradi deb hisoblaydi263. Abu Rayhon Beruniy ham shaxs va jamiyat munosabatlari masalasiga oid qarashlari asosida jamiyatning vujudga kelishida insonlarning o‘zaro yordamga muhtojligi va odamlarning o‘zaro ixtiyoriy kelishuvini asosiy omil deb biladi264. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida jamiyat insonlarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinuvchi adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi265. Amir Temur “Temur tuzuklari”da jamiyat va shaxs munosabatlari masalasiga adolat nuqtai nazaridan yondashadi. “…Hammaga ham bir xil jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmadim”266, - deb yozadi. Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida shaxs va jamiyat munosabatlari masalasida insonning irqi, dinidan, millatidan qat’iy nazar uning barcha huquqlarini himoya qilishga e’tiborini qaratadi267. SHuningdek boshqa mutafakkir allomalar asarlarida shaxs va jamiyat munosabatlari keng va atroflicha tahlil qilingan.

Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi globallashuvi jarayonida shaxs va jamiyat munosabatlari muammosiga e’tiborning kuchayib borayotganligi tabiiy bir holdir. Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida, xususan XIX asrda shaxs va jamiyat munosabatlarini tadqiq qilish ijtimoiy zaruriyatga aylandi. Yevropalik olimlar (G.Spenser, E.Dyurkgeym, Gegel, M.Veber va boshqalar), qadimgi dunyo olimlari va Markaziy Osiyo mutafakkirlarining bu haqdagi fikrlarini rivojlantirib, shaxs va jamiyat munosabatlari mazmuniga keng va ilmiy ta’rif berishga harakat qiladilar. Ular jamiyat o‘z-o‘zini tashkil etuvchi va boshqarishdagi g‘oyat murakkab ijtimoiy organizm ekanligini e’tirof etdilar va odamlar o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlarning tarixan tarkib topgan majmui ekanligini ta’kidladilar.

SHaxs va jamiyat uyg‘un tushuncha. SHaxssiz jamiyat bo‘lmaydi va rivojlanmaydi. Bu ikkala tushunchaga yagona bir organizm sifatida qaralishi o‘rinlidir. Insonga shaxs sifatida qaraydigan bo‘lsak, uning bu holatini dastavval jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari ifodalaydi.

SHaxsning shakllanishi u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy muhitning ta’sirida kechadi. Bu jarayonning birinchi bosqichi oiladir. Oilada go‘dakning dunyoga kelgan kunidan boshlab, axloqiy va ongli faoliyatiga asos solinadi. Zero, yangi tug‘ilgan chaqaloqning shaxs sifatida shakllanishining birinchi “g‘ishti” oilada qo‘yilar ekan, bu shaxs kamolotining juda ko‘p va murakkab ob’ektiv va sub’ektiv omillari ichida muhimlaridan, hat-toki hal qiluvchi jihatlaridan biri hisoblanadi. Avvalo dunyoga yangidan kelgan go‘dak sog‘lom bo‘lishi, buning uchun uning onasi ham sog‘lom bo‘lishi va ruhiyatining tetik bo‘lishiga ko‘p narsa bog‘liq. O‘zbek xalqining allomasi, buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino shu munosabat bilan o‘zining “Tib qonunlari” nomli asarida “chaqaloqning ona qornida rivojlanishi va tug‘ilgandan keyingi davrlarda shaxs sifatida shakllanishi ona ruhiyatiga bog‘liq”268, degan edi.

Inson bolasining shaxs sifatida kamolotga etishishida, uni dunyoga keltiruvchi ota va onalarining ruhan va jismonan tetik bo‘-lishi, ayniqsa ma’naviyati boy bo‘lishi muhimdir.

Bu darajaga etishish uchun inson juda ko‘p murakkab bosqichlardan o‘tishi, zarur bilimlarga, hayotiy tajribalarga ega bo‘lishi, o‘zi yashayotgan va mehnat qilayotgan jamoa, muhit va muayyan jamiyatning talab va ehtiyojlarini o‘zida aks ettirgandagina shaxs sifatida shakllanib boradi.

SHaxsvajamiyatmunosabatlaribirxiltengvaziyatdao‘tadideyishham, shuningdek, ularnibir-birigaqarshiqo‘yishhamxatodir. SHaxsnijamiyatetishtirarekan, ujudamurakkabvaziddiyatlijarayonekanliginihisobgaolishzarur.

Jamiyatshaxsningshakllanishijarayonigabevositata’sirko‘rsatadi. Jamiyatningshaxsgata’siri: a) megamuhit; b) makromuxit; v) mikromuhitdarajasidaamalgaoshadi.269

Megamuxit insoniyat dunyosi, davr muhitining insonga ta’siri.

Makromuxit inson hayot kechirayotgan jamiyat, mamlakat.

Mikromuxit insonni o‘rab olgan, unga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muxit (oila, mehnat jamoasi).

SHaxsning jamiyatga ta’siri har bir tarixiy davrdagi ijtimoiy muhitda turlicha kechadi. Uning jamiyatga bevosita ta’siri mikromuhitda namoyon bo‘ladi. Makro va megamuhitga ta’siri u mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh, millatning aniq bir tarixiy davrdagi egallagan mavqeiga muvofiq keladi. SHaxsning jamiyatga ta’siri, uning hayotga munosabatdagi faolligi darajasiga bog‘liq. SHaxslarning muayyan tarixiy davrdagi faoliyatlari, jamiyatda tutgan o‘rinlariga ko‘ra: a) oddiy; b) talantli; v) buyuk; g) geniy turlarini ko‘rsatish mumkin. Oddiy shaxsning jamiyatga ta’siri asosan tor doirada – mikromuxitda bevosita seziladi. Buyuk shaxslar, tarixiy zotlar, daholar o‘z faoliyati bilan jamiyatga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi, uning xayotida chuqur iz qoldirishi mumkin.

Geniylikshaxs qobiliyati va faoliyatining betakrorligida namoyon bo‘ladi. Geniy ijodi va faoliyati o‘ziga xosligi bilan, insoniyat jamiyati taraqqiyoti uchun alohida tarixiy ahamiyati bilan xarakterlanadi.

Ijtimoiy fikr sohasida buyuk shaxs tushunchasi qo‘llanadi. SHaxsning buyukligi o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh, elat yoki xalqning fikr-o‘yini ifodalab, ularning asosiy maqsad-muddaolarini tarixiy jarayonlarning ob’ektiv mantiqiy talabalariga mos amalga oshirishda hal qiluvchi ishlarni bajara olishidadir. Bunday shaxsning faoliyatida o‘z xalqini baxtli-saodatli qilish, o‘zligini ro‘yobga chiqarish, milliy va davlat mustaqilligini himoya qilish, xullas insoniyat yalpi ilgarilama harakatiga ko‘mak berish belgilovchi o‘rin egallaydi. Bunday holatda shaxs tarixning sub’ekti darajasiga ko‘tariladi.

Umuman olganda, ijtimoiy taraqqiyotga yoki tanazzulga tarixiy shaxslar sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadilar.

SHuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarining real tizimining in’ikosidir. SHaxsni hech qachon jamiyatdan, jamiyatni shaxsdan ajratib bo‘lmaydi. Jamiyat shaxssiz yashay olmagindek, shaxs jamiyatdan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmaydi. Jamiyatning shaxsga ta’siri masalasini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar shaxsni qanday qilib shakllantirgan bo‘lsa, o‘z navbatida shaxs ham jamiyatni shunday tarzda barpo etadi. Bundan shaxsda u yashayotgan, faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat, u mansub bo‘lgan sinf, tabaqa, millat yoki elatning o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi, degan xulosaga kelishi mumkin. Har bir jamiyatda o‘ziga xos shaxs tipi mavjud bo‘ladi. Turlicha jamiyat, turli ijtimoiy muhitda shakllangan shaxs o‘zining ijtimoiy xislat, fazilatlari bilan boshqalardan tubdan farq qiladi.

Ijtimoiy falsafada shaxs va jamiyat munosabatlarining tarixiy tiplari masalasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra sanoatlashgan jamiyatga qadar, sanoatlashgan (industrial) jamiyat va postindustrial jamiyatlariga xos munosabatlarning: a) shaxsiy qaramlik; b) shaxs mustaqilligi; v) erkin shaxsdan iborat uch tipi ko‘rsatilgan.

Erkin, mustaqil shaxs postindustrial jamiyatga o‘tish jarayonida shakllana boshladi. Bunday jamiyatda bilim, axborot, kasbiy mahorat ustuvor hisoblanadi, xizmat ko‘rsatish sohalari jadal rivojlana boshlaydi. Qudratli moddiy-texnik baza, taraqqiy etgan ishlab chiqaruvchi kuchlari bo‘lgan bunday jamiyatda shaxs taraqqiyotining moddiy va ma’naviy omillari etilgan bo‘ladi. Ochiq, erkin jamiyat erkin shaxsning shakllanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. SHaxs faqat ochik, erkin jamiyatdagina erkin bo‘la olishi mumkin. SHuning uchun ham mustaqillikka erishgan, demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan davlat va jamiyatda inson eng oliy qadriyatga aylanadi.

SHaxs va jamiyat orasidagi munosabatlarni dinamik jarayon sifatida o‘rganish va bunda ham jamiyatdagi, ham inson shaxsidagi o‘zgarishlarni inobatga olish lozim bo‘ladi.

Jamiyat uzluksiz harakatda, o‘zgarishda bo‘lgani singari, shaxs ham doimo harakatda, o‘zgarishda bo‘ladi va bu holat shaxsnnig takomillashuvidan iborat dinamik tizimni ifodalaydi. Faylasuf olim Anvar CHoriev shaxsning shakllanishi va takomillashuvi uch asosiy bosqichni:

- vujudga kelish, shakllanish;

- ulg‘ayib borish;

- takomillashishni o‘z ichiga qarmab oladi, deb hisoblaydi.270

Jamiyat va shaxs orasidagi aloqadorlikka ijtimoiy-tarixiy nuqtai-nazardan yondoshmoq lozim. Bu narsa, bir tomondan, shaxsning jamiyatga ta’siri turli davrlarda o‘ziga xos namoyon bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, jamiyat turli davrlarda shaxs oldiga turli vazifalarni qo‘yadi. SHunga ko‘ra, SHarq madaniyatida donolik, botirlik, kamtarlik odillik qadrlangan; qadimiy YUnonistonda aqliy barkamollikka erishish yuksak baholangan; sanoatlashgan jamiyatda tadbirkorlik, tashabbuskorlik qadrlangan.

Jamiyat va shaxslar orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar taxlili shundan dalolat beradiki, jamiyatning sivilizatsiyali taraqqiyoti shaxs rolining tobora o‘sib boruviga olib keladi. Bu hol shaxs erkinligi bilan ma’suliyatini dolzarb masalaga aylantiradi. SHu munosabat bilan erkinlikning o‘zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs? kabi savollarga javob topish lozim bo‘ladi. Avvalo, erkin shaxs deganda mustaqil shaxs nazarda tutiladi. Mustaqil shaxs mustaqil fikrlash, ishlash, yashash malakasiga ega bo‘lgan individ.271

SHaxs mustaqilligini ta’minlovchi eng muxim kafolatlaridan biri – insondagi erkinlik va ma’suliyat tuyg‘ularining uyg‘unlashganidir. Erkinlik muammosiga faylasuflar o‘z munosabatlarini bildirganlar. Rus faylasufi N.Berdyaevning fikricha, erkinlik tufayli inson tanlash, saralash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin faqat tanlashning o‘zigina erkinlikni ta’minlab bera olmaydi. Xaqiqiy erkinlik ijodkorlikni taqozo etadi. Inson erkinligini ijodkorlikdan, bunyodkorlikdan ajratish mumkin emas.

Deterministik konsepsiya tarafdorlari erkinlik insonning ob’ektiv zaruriyatni anglab olish qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik tanlash uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan joyda vujudga keladi. Erkinlik insonning o‘z maqsadlariga erishishining muxim omili, uning uchun berilgan imkoniyatdir.

Erkinlik, shaxs erkinligi volyuntarizm va fatalizm falsafiy yo‘nalishlarining bosh masalasidir. Fatalizm lotincha fatalis – taqdirga oid, degan ma’noni anglatadi. Pifagorchilar, Demokrit, Nitsshe fatalizm namoyondalari xisoblanadilar. Fatalizm Kalom falsafasining eng muxim aqidalaridan biridir. Fatalizm xar bir xodisa va insonning barcha xatti-harakatlari taqdiri – azalga, qismatga bog‘liq, deb hisoblaydi. Fatalizm inson xech narsani o‘zgartira olmaydi, barcha narsa, xodisa, jarayonlar mazmuni, yo‘nalishi, okibatlari oldindan belgilangan, degan g‘oyani ilgari suradi va bu bilan insonni xech qanday faoliyat ko‘rsatmaslikka, passivlikka, qismatga buysunishga da’vat etadi.

Volyuntarizm lotincha voluntas – iroda, degan ma’noni ifodalaydi. Bu falsafiy qarash shaxs irodasini tirlamchi deb e’tirof etadi hamda tarixiy jarayonlar alohida shaxslarning sub’ektiv hoxishlariga asosan amalga oshadi, degan g‘oyaga asoslanadi. Volyuntarizmnnig mazmun-mohiyati XIX asr nemis faylasufi A.SHopengauerning iroda falsafasida o‘z ifodasini topgan.

Mustaqil shaxsga xos asosiy xususiyat erkinlikdir. Erkinlik tushunchasining ma’nosi kishining o‘z istagi bo‘yicha ish tutishdir. Erkinlik jamiyat xayotining turli sohalari bilan bevosita bog‘liq. SHunga ko‘ra erkinlik deganda: a) iqtisodiy; b) siyosiy; v) ma’naviy erkinlik nazarda tutiladi. Iqtisodiy erkinlik, bu avvalo majbur qilishdan ozodlikdir. Ayni vaqtda iqtisodiy erkinlik inson tomonidan ijtimoiy mexnatning turini tanlab olishda, mulkka munosabatda va qaerda faoliyat ko‘rsatishni tanlab olishda namoyon bo‘ladi. Bunda shaxs xam o‘z intilishlari, xam real jamiyatning real imkoniyatlaridan kelib chiqadi.

Siyosiy erkinlik xayot kechirish uchun zarur xuquq va erkinliklarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Taraqqiy etgan jamiyatda davlat insonning xaq-xuquqlarini kafolatlaydi. Saylash – saylanish xuquqi, adolatli davlat tizimi, xalqning davlat axamiyatiga molik masalalarni xal qilishdagi hal qiluvchi ishtiroki, ya’ni demokratik xuquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik tushunchasida ifodalanadi.

Ma’naviy erkinlik deganda, avvalo, vijdon erkinligi, jamiyat ma’naviy xayotida ishtirok etish, ma’naviy boyliklardan baxramand bo‘lish, ijodning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, so‘z erkinligi kabilar nazarda tutiladi.

Erkinlik ma’suliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik va ma’suliyat inson faoliyatinnig o‘zaro uzviy bog‘liq ikki tomonini tashkil etadi. Ma’suliyat avvalo, javobgarlik ma’nosini ifodalaydi. Ma’suliyat – ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilish bo‘yicha shaxsning jamiyat a’zolari oldidagi javobgarligi. Erkinlik kabi ma’suliyat xam xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Siyosiy, xuquqiy, axloqiy ma’suliyat, shaxs ma’suliyati, jamoa mas’uliyati va x.k. shular jumlasidandir.

Ma’suliyat jamiyat, ijtimoiy gurux tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talablar asosida shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi uning xatti-harakatlari, faoliyatida namoyon bo‘ladi. SHaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muxim o‘rin tutadi. Ma’suliyat shaxsning jamiyat manfaatlarini qay darajada chuqur anglay olishini nazarda tutadi. Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan, jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur xis eta oladigan inson. Jamiyat xayoti va taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko‘rinishi ekan, inson qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat ko‘rsata oladi.

Demokratik jamiyatning shakllanishi va taraqqiyotni amalga oshirish jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda odamlar o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy va mafkuraviy munosabatlarni yaxshilash va mustahkamlash uchun xalqimiz ma’naviyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHaxs va jamiyat munosabatlarining axloqiy, huquqiy jihatlarini mustahkamlash inson shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratishga bog‘liqdir.

Bu borada shaxs ma’naviyatini tinmay boyitish, uni jamiyatimiz moddiy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirokini ta’minlash muhimdir. “Barchamiz yaxshi bilamizki, -degan edi Respublikamiz Prezidenti I.Karimov, - fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat”272.

Darhaqiqat, shaxs kamolotining muhim omillaridan bo‘lgan ma’naviy madaniyatini rivojlantirish o‘z mazmun mohiyati bilan insonning shaxs sifatida shakllanishiga, shaxs va jamiyat munosabatlarini yaxshilashga xizmat qiladi hamda yangi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi.

SHaxs va jamiyat munosabatlari asosida o‘zaro hamkorlik, turli xalq va millatlar o‘rtasida hurmat va do‘stlik iplarini mustahkamlash, til va hozirgi zamon fani yutuqlarisiz (Kompyuter texnologiyasi, internet orqali aloqalar o‘rnatish va boshqalar) tasavvur qilish qiyin. Zero, hozirgi zamon fani turli texnologik vositalar orqali ilm-fan sohasida, dunyo xalqlarining turmush tarzi va hayoti haqida taraqqiyotning ijtimoiy va iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy jarayonlari, xalqaro ahvollar xususida tez va oson axborot olish imkoniyatiga dunyo xalqlari qatori o‘zbek xalqi ham muvaffaq bo‘lmoqda. SHaxs va jamiyat munosabatlarining yuqorida qayd qilingan jihatlari, faqat o‘zaro munosabatlari bilan chegaralanmasdan, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga va jamiyatni boshqarishda sub’ektning (shaxsning) rolini oshirishga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

SHaxs va jamiyat munosabatlari tushunchasining ijtimoiy-falsafiy tahlilidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

-“SHaxs” tushunchasi uning muayyan jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari bilan belgilanadi;

- shaxsni jamiyat shakllantiradi, unda biologik va ijtimoiy omillar birgalikda asosiy manba hisoblanadi;

- shaxs va jamiyat munosabatlarida inson, uning o‘zligini muayyan darajada shaxs mustaqilligi belgilaydi va shu xususiyatlari bilan jamiyatda ishtirok etib, uning rivojiga munosib hissasini qo‘shib boradi;

- shaxsning jamiyatga munosabati masalasida jamiyat madaniyatida shaxsning etuklik darajasiga e’tibor qaratiladi. SHarq xalqlarida shaxsning aql-zakovati, zehnli, qo‘rqmas, botir, kamtar va odillik kabi axloqiy, jismoniy sifatlari qadrlangan;

- shaxs va jamiyat munosabatlari muayyan jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalar, huquq va vazifalarni amaldagi talablar asosida bajarish orqali shakllanadi;

- demokratik va huquqiy davlatni shakllantirish jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda komil inson shaxsini shakllantirish shaxs va jamiyat munosabatlarini huquqiy davlatni shakllantirish shaxs va jamiyat munosabatlarini huquqiy tamoyillari asosida mustahkamlash, ma’rifiy-madaniy hayotni yuqori bosqichga ko‘tarish fuqarolik jamiyatini barpo etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlashicha, taraqqiyotning o‘zbek modeli O‘zbekiston uchun o‘zi tanlab olgan yo‘l bo‘lib, respublikaning manfaatlariga mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. YUrtboshimiz bu haqda shunday deydi: “Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishini, insonning shaxs sifatida ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin”273.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish