O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi аbdullа qоdiriy nоmidаgi jizzах dаvlаt



Download 82,67 Kb.
bet6/7
Sana19.03.2022
Hajmi82,67 Kb.
#500956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisod nazariyasi Xalqaro savdo Arzillayev Ismoil 305 guruh

Economy english
Ishsizlik darajasi (Unemployment rate) – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati. Pul tizimi (Money system) – tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli. Banklar (Banks) – kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar. Real daromad (Real income) – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir. Moliya (Finances) – pul mablag’larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar. Bоzоr islоhоtlаri (Market reforms) – bоzоr iqtisоdiyotini vа bоzоr munоsаbаtlаrini shаkllаntirishgа qаrаtilgаn chоrа-tаdbirlаr mаjmuidir. Aksionerlik jamiyati (Joint stock company, joint stock corporation) - mas'uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, odatda ko'proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo'ladi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar) ga tegishli bo'lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas. Amortizatsiya(Amortization, depreciation) - 1) Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo'shibborish. 2) alohida shaxsni yoki tashkilotni o'z qarzini asta-sekin, darajama-daraja to'lash majburiyatidan qutulish; 3) qarz majburiyatining yo'qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish. Asosiy kapital (Fixed capital) – ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil davomida ishtirok etuvchi va o'z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga qisman o'tkazib boruvchi mehnat vositalaridir. Aholi daromadlari (Receipts (income) of the population) - aholining ma'lum vaqt davomida pul va natura shaklida olgan daromadlari miqdoridan iborat. AD ga ish haqi, tadbirkor daromadi, pensiya, nafaqa, stipendiya, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olingan foiz, devidend, renta, ko'chmas mulk, qishloq xo'jalik mahsulotini, hunarmandchilik buyumlarini sotish va har xil xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlardir. Raqobat (Competition) – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashishidan iborat bo`lib, ular o`rtasidagi yuqori foyda va ko`proq naflilikka ega bo`lish uchun kurashni anglatadi. Makroiqtisodiyot (Macroeconomics) – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy daromad (National income) – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Pul muomalasi (Curency (money) turnover) – tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati. Bank operatsiyalari (Banking transactions) – mablag’larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar. Aholi daromadlari (Receipts (income)of the population) – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori. Narx (Price) – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Moliya tizimi (Financial system) – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalardir.


XULOSA
Xalqaro savdo bugungi kunda o’zinig o’sish va ayrim sabablarga ko’ra pasayish ko’rsatkichlarga ega bo’lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o’n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o’z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo’lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo’lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
O’zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak. Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va ragbatlantirish, eksport salohiyatini mustagkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muxim ahamiyatga ega bo’ldi. Ma'lumki, 2016-yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ragbatlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi.
Xususan:

  • aylanma mablaglarini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70% dan ortiq bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish:

  • tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiyaishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan, qo’shilgan qiymat solig’i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012-yilgacha uzaytirish.



Download 82,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish