Xalqaro savdoning xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan biri- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.
Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, har bir bosqich o’z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O’rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo’llarning vujudga kelishi;
- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O’rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;
- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo’llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko’chishi;
- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to’ntarishi, G’arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog’liq;
- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog’liq;
- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi – (XX asrning o’rtasi va ikkinchi qismi);
- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:
Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;
Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog’ining qisqarishi;
Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;
Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog’liqligini ortishi;
Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi sodda shaklning turli mamlakat korxonalari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o’tilishi
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo’lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo’nalishlarini ajratish imkonini beradi:
Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;
Bir guruh mamlakatlar o’rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
Mintaqalar o’rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan mamlakatlar guruhida yig’ilganligi;
Jahoning yirik savdo imperiyalari bo’lib AQSH, Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;
AQSH eksportining faollashuvi;
Yaponiya eksportining o’sishi (birinchi navbatda, boshqa Osiyo mamlakatlariga);
Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol rivojlanishi (ko’proq Pokiston va Hindiston hisobiga);
Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)
Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o’zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;
Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;
Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari hajmining ortishi;
O’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);
Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:
Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;
Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi;
Xalqaro savdoning hududiy va tovar o’zgarishi;
Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi;
Xizmatlar sohasining rivojlanishi;
Intelektual va ilmiy-texnik faoliyatning moddiylashgan va moddiylashmagan shaklida rivojlanishi.