Kislota xossalari. Alkanlar va alkenlardan farq qilib, asetilen kislota xossalariga ega, uning vodorodi metallarga almashinish xususiyatiga ega. Masalan, asetilenni kumush yoki mis tuzlarining ammiakdagi eritmasidan o’tkazilsa, asetilenidlar cho’kmaga tushadi:
HC CH + 2AgOH -> Ag-C C-Ag + 2H20
HC CH + 2CuOH -> Cu-C C-Cu + 2H20
Mis va kumush asetilenidlar zarba ta'sirida portlaydi. Kalsiy karbid ham asetilenid hisoblanadi.
Kislotalar ta'sirida asetilenidlardan asetilen ajralib chiqadi:
Ag-C C-Ag + 2HC1 -» 2AgCl + HC CH
Asetilenning kislotalilik xossasini C-H bog’ining etan va etendagidan ko’ra kuchliroq qutblanganligi bilan izohlanadi. Alkanlar, alkenlar va alkinlardagi C-H bog’larining farqlanishi ulardagi C-C bog’ining tavsifiga bog’liq.
Modda tuzilishining zamonaviy nazariyasiga ko’ra uglerod atomining s-orbitali c-bog’ hosil bo’lishiga qanchalik ko’p hissa qo’shsa, elektron juftini shunchalik tortadi va C-H bog’ining qutbliligi ham ortadi. Shuning uchun asetilendagi C-H bog’ining qutbliligi alkan va alkenlardagidan kuchli bo’ladi.
G-bog’ hosil bo’lishida s-orbitallarning hissasi alkanlarda-25 % (p-orbitallar 75 %), alkenlarda-33 % (p-orbitallar 67 %), alkinlarda-50 % (p-orbitallar 50 %) ni tashkil etadi.
Olinishi. To’yingan birikmalardan ba'zi atomlarning ajralishi natijasida qo’shbog’li va uchbog’li birikmalar hosil bo’ladi. Alkenlarni va alkinlarni olish shu tamoyilga asoslangan.
Digalogenli hosilalardan galogen ajralishi [1], galogenli hosilalardan vodorod galogenid ajralishi [2], spirtlardan suvning ajralishi (degidratlanish) [3], alkanlardan vodorod ajralishi (degidrogenlanish) [4] kabi reaksiyalardan qo’shbog’li birikmalar olinadi. Quyidagi reaksiya tenglamalarini o’zingiz yozing. Bu reaksiyalarda vodorod kam gidrogenlangan uglerod atomidan ajraladi (Zaysev qoidasi):
1,2-dibrompropan + rux metali —>
2-brombutan + (spirt, ishqor) —>
butanol-2 + (350-500°C, A1203 yoki kons. H2S04, ZnCl2) —>
butan + (450-600°C, Cr203, A1203 + КОН) —>
Neft mahsulotlarining krekingi va piroUzidan ham to’yinmagan alkenlar tutgan gazlar olinadi (700°C, alkenlar 43 %):
с4н10 -> с2н6 + с2н4
Etilenni sanoatda etanni degidrogenlab, asetilenni qisman gidrogenlab olinsa, laboratoriyada etanolni konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida degidratlab olinadi. Asetilenni sanoatda va laboratoriyada metan va kalsiy karbiddan olinadi:
2CH4 -» C2H2 + 3H2
CaC2 + 2H20 -> Ca(OH)2 + C2H2
Ishlatilishi. Etilen va asetilen zamonaviy organik kimyo texnologiyasida muhim xomashyo hisoblanadi. Etilenning yarmidan ko’prog’i polietilen olish uchun ishlatiladi. Qolgan qismi etanol, xloretan, vinilxlorid, stirol kabi ko’plab organik moddalar sintezi uchun sarflanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chala pishgan holda uzoq masofalarga tashishda etilenning ularni (asosan, mevalarni) yetiltirish xususiyatidan foydalaniladi. Asetilendan etil spirti, sirka kislota, sintetik kauchuk, polixlorvinil va poliftorvinil plastmassalar olinadi.
Ikki va undan ortiq qo’shbog’li uglevodorodlar tuzilishi va xossalari.
Tabiiy kauchuk, uning tu/ilishi. xossalari va ishlatilishi.
•
|
Alkadiyenlar (diyen uglevodorodlar)-tarkibida ikkita to to'yinmagan uglevodorodlar.
|
|
|
•
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |