O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubhonasi



Download 41,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi41,5 Kb.
#18648
O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubhonasi.

Fan:Adabiyot
XX asr O’zbek adabiyotidan
Abdurauf Fitrat

( 1886-1938)


XX asr boshidagi o’zbek milliy uyg’oniah davri adabiyotning yetakchi siymolaridan biri Abdurauf Fitrat ko’xna ilm-fan markazlaridan bo’lmish Buxoro shahrida 1886-yilda tavallud topgan.

Uning otasi Abdurahimboy zamosining o’ziga to’q , o’qimishli, dunyo ko’rgan kishilardan edi.Uning tirikchiligi sarroflik ( pul maydalovchi, pil almashturuvchi) va savdogarlik bilan kechgan. Kasbi taqazosi bilan atrof yurutlarga , hatto Turkiya , Eron , Qashqarga tez – tez borib – kelib turgan.

Onasining ismi Bibijon ( to’la nomi Nastaribibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytilgan) bo’lgan. Fitrat 1937 – yilda xalq dushmani sifatida qamoqqa tashlanganda onasi hayot edi.

Bu oylada Abduraufdan keyin yana ikki farzand tug’ulgan- Abdurahmon va mahbuba.

Bo’lg’usi ijodkor avval shahardagi ko’plab eski maktablardan birida, keyin mashxur Mir Arab madrasasida o’qiydi.18 yoshida yetganda, bir muddat otosining ishlariga yordam berdi, u bilan birga haj ibodatiga ham boradi. 1904-1907-yillar oralig’ida ro’y bergan shu safarlar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkey, Eron, Hindiston, Arabiston, Rusiya singari mamlakatlarni o’zi uchun kashf qiladi. Albattaki , bu sayoxatlar uning dunyoqarashi kengayoshiga turtki bo’ladi, o’z yurtidagi ahvolga chetan turib nazar tashlash imkonini beradi.

1909-yilda Abdurauf o’zining bir necha hamshaharlari bilan birgalikda Istanbul (Turkiya) ga o’qishga ketadi.1913-yil oxirigacha Istanbuldagi dorumuallimin –muallimlar gimnaziyasida tahsil oladi.

Juda yoshligidan badiiy ijodga qiziqib, uning turli janirlarda mashqlar qilib kelotgan Fitrat 1909-yilda dastlabgi yirik asarini elon qiladi. Bu istanbulchop etilgan Munozara kitobi edi.Mazkur asarning to’liq nomi Hindistonda bir farangi ila buhorolik mudarrisining jaded maktablari xususinda qilg’an munozarasi bo’lib , u foris tilida yaratilga.

Shundan so’ng 19911-1912 – yillarda birin ketin uning forsiy tilda yozilgan sherlar to’plami- Sayha (Nara) , nasriy asari-Hind sayyohi qissasi (Bayonoti sayyoxi hindu) bosilib chiqdi.IO’sha yillari Turkiya yoshlari orasida avj olgan hurfikrlilik Fitratga ham kuchli tasir etgandi, u uzoqda turib, ona yurti Buxoroning ayanchli ahvoliga qanchalar achingani maskur asarda o’z ifodasini topdi.

Biroq o’qishni tugallab yurtiga qaytgan Fitrat mavjud ahvolni o’zgartirish oson kechmasligini ich-ichidan his qilardi.Zero butun jaholat va qoniusizlik barcha javxalarda hokum surar, kishilar ongida o’garish yasash turib, jamiyatda biror ijodiy o’zgarish qilishining imkoniyati yo’q edi.

Shu tufayli ham Fitrat o’z davrining Ismoilbek Gaspirinskiy ( Rusiya marifat parvari), Mahnudho’ja Behbudiy , Is’hoqhon Ibrat, Abdulla Avloniy singari fidoiylar tutgan yo’lidan borishga ahd qildi. Shahrisabz va Karkida yangi usul – jaded maktablari ochadi,bolalarga zamonaviy talim berishga joriy qiladi.

Fitrat nazarida millatni uyg’otish , uning ongini yuksaltirishning muhim yo’nalishlardan biri – matbuot , adabiyot va sanat orqalli xalqqa tasir etish edi. Shu maqsadda ijodkor publitsistik va adabiyotning turli janirlarda o’nlab asarlar yozib, e’lon qiladi. Rahbari najot (1915), Oila (1916) , Begijon (1916), Mavluda sharif (1916), Abo muslim kabi asarlari shular jumlasidandir. Bunga qo’shimcha Fitrat yangi maktablar uchun darsliklar ham ijod qiladi. Uning Muxtasar islom tarixi (1915), O’qi (1917), va boshqa kitoblar Behbudiy , Avloniny , Hamza darsliklari singari bolalar talim-tarbiyasida muhim ro’l o’ynadi.

Fitrat 1917 – yil oktabrda Rusiyada bolshiviklar tomonidan amalgam oshirilgan davlat to’ntarishi har kim har xil kayfiyatda qarshi oladi.Kimdur unga katta umid bog’lagan bo’lsa , ko’pchilik bo’lin o’tgan hodisaning asl manosi anglomay, taraddudda qolgandi.Fitrat esa bu hodisaga o’zining uzul-kesil bahosinishu kunningo’zidayoq ochib elon qildi.Hurriyat gazetasining 1917 – yil 7- noyabr sonida u :Rusiyada yangi bir balo bosh ko’tardi: bolshivik balosi! – deb yozdi.

5-sinifdagi adabiyot darslaridan bilasizki, xuddi o’sha paytlar Fitrat Yurt qayg’usi degan turkum sherlar yozib, bolsheviklar o’z yurtiga yanada ko’proqqayg’ilar olib kelishini oldindan bashorat qilgan edi.

Shunday bo’ldi ham : sho’rolar 1917 yil 27 yoyabrda tuzulgan Turkiston muxtoriyatiqonuniy xukumatini oradan uch oy ham o’tmay mahv etdilar. Buxoroda bo’lsa, joxil ulomolar so’zidan chiqmagan , o’z tarixidan ayrilib qolishdan cho’chigan amir yosh buxoriliklarni qirg’in qilish yo’lga o’tdi. 1918-yili bahorida Fitrat Toshkentga chaqirib olindiva bu yerda maorif va madaniy ishlarga jalb qilindi. Maktablarga , dorulfunundan til va adabiyot saboqlar berdi. 1919-yilning boshida Fitrat Toshketda birincho bor Cho’pon bilan uchrashdi. Bu ikki buyukistedodning do’stligi ular qatag’on qilinadiga kunga qadar davom etdi.

Fitrat 1918-yilda Toshkentda Chig’atoy gurungi deb nomlangan ilmiy-marifiy jamiyatni tashkil etadi . Bu tarixiy yeg’in bor-yo’g’I uch yil faoilyat ko’rsatgan bo’sada , yangi davr o’zbek madaniyati, gumanitar soha fanlarining shakillanishida beqiyos ro’l o’ynagandi.

Fitrat o’zbek dramaturgiyasi rivojiga ham salmoqli hissa qo’shgan adib hisoblanadi.Uning Og’izhon , Chin sevish (1920)Abulfayizxon (1924), Shaytoning tangriga isyoni (1924) Arslon (1926), singari o’nlab dirammalari o’zbek tiyatirlari sahnasida katta muvaffaqiyat bilan qo’yilgandi.

1920 – yil oxirlarida Fitrat o’zining sadoqatli do’sto Fayzulla Ho’jayifning taklifi bilan Buxoraga qaytadi. Unga F.Xo’jayif boshchiligidagi Buxoro xukumatining yirik lovozimlari ishonib topshiriladi. Fitrat va F.Xo’jayif tashabusi bilan o’sha yilardayoq 60 nafardan ko’proq yoshlar davlat yo’li bilan Germanyaga o’qishga yuboriladi. 1921-yil mart oyidan etiboran Buxora jumg’uryati turk

( o’zbek) tili davlat tili deb elon qilinadi. Buxora tiyatiri ish boshlaydi, ilmiy jamiyatlar tuzuladi…

Yosh , mustaqil jumxuryatining bi yutuqlardan xavoirga tushgan balshiviklar partiyasi markaz qomi 1923-yil 12 –iyundagi o’zining maqsus majlisida Buxora masalasini muxokama qiladi.Maskur majlisda Buxoro hukumati nomi ostida ish ko’rayotganlarning xalq va savet xukumatiga xech bir aloqadoligi yo’q ekani, bu yerda xokimyatga boylar, savdogarlar tortilgani, birorta ham dexqo yo’qligi qattiq tanqid qilinadi.Orada 11 kun o’tgach 23 – iyulda Buxoroda bo’lgan kamunistlar plenunimida Buxoro xukumatining besh azosi partiyadan o’chiilib, ishdan haydalanadilar. Ular orasida Xalq xo’jaligi kengashi raisining o’rin bosari Abdurauf Fitrat bor edi…

Fayzula Xo’jayifning ko’magi bilan adib Maskivaga ketagi va 1923- 1924-yillarda Sharq tillari insitutida mexnat qiladi. Shuningdek xozirgi Sank Peterburk unversetining Sharq fakultetida sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan maruzalar o’qiydi, professorlik unvoniga ega bo’ladi.

Ilmiy foilatiga jiddiy berilgan Fitrat shu yillari Bedil ilmiy ommobob o’chirkini O’zbek tili qoydalari to’g’risida 1 tajriba: Sarf ( 1 – kitob) , Naxif ( 2- kitob), Sarfi zabon tojik , Adabiyot qoydalari singari darslik – qo’llamalarni elon qiladi.

Adib o’zbekistonga 1927-yilda qaytib keladi. Samarqandda tahskil etilgan Oily Pedagogika insituti ( xozirgi SamDU) ishlay boshlaydi. Iilmiy izlanishlarning mevasi o’laroq, birin 0 ketin uning Eng eski turkey adabiyot namunalari, O’zbek adabiyoti namunalari Sharq shaxmati, O’zbek kilassik musiqasi va uning tarixi Fors shoiri Umar Xayyom singari ilmiy asarlari dunyoga keldi..


Mirrix yulduziga
Go’zal yulduz yerimizning eng qadirli tuq’gani!

Nega bizdan qochib muncha uzoqlarga tushibsan,

Tuvg’aningga nechun sira gapirmastan turibsan!

So’yla yulduz, holing nadir ? nechuk toppding dunyoni ?

Bizning yerda bo’lib turgan tubanlik xo’rliklar,

So’yla yulduz, sening dagi quchog’inda bo’lurmi?

Bormi senda bizim kabi insonla,

Ikki yuzli ish buzarlar shaytonlar

O’rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar,

Qardosh etin to’ymay yegan qoplonlar?

Bormi senda o’ksuz yo’qsinlarning qonin-

Gurumlashib, chog’ir kabi ichkanlar ?

Bormi senda butun dunyo tuzugin.

O’z qo’pchig’in to’ldirg’ali buzganlar.

Bormi senda bir o’lkani yondirib,

O’z qozoning qaynatg’uchi xaqonlar.



Bormi senda qorin-qursoq yo’lida

Eling yurting borin – yo’g’in sotqoar?
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish