O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi «Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi 4 kurslar uchun Navoiy-2007


Mikrotsikllarning turlari va ularning xillari



Download 202,83 Kb.
bet8/8
Sana07.04.2017
Hajmi202,83 Kb.
#6185
1   2   3   4   5   6   7   8
Mikrotsikllarning turlari va ularning xillari
Mikrotsikllarning quyidagi xillarini bir-biridan farq qilinadi: kirishtiruvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi (modelli), musobaqa va tiklanish.

Kirishtiruvchi mikrotsikllar. Bunday mikrotsikllar yuklamalar yig’indisining juda yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi. Hajmi sportchi organizmini tayyorgarlik ishlariga jalb etishga qaratilgan bo’ladi. Bunday mashqlar tayyorgarlik (umumiy tayyorgarlik ko’rish) davrining birinchi bosqichida qo’llaniladi.

Zarbdor mikrotsikllar ish hajmining juda katta miqdorda jamlanganligi, yuklamalarning yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi.

Bunday mikrotsikllarning asosiy maqsadi sportchilar organizmida sodir bo’ladigan moslashish jarayonini rag’batlantirish ham texnik-taktik, jismoniy, ahlokiy, irodaviy, maxsus ruhiy va integral tayyorgarlikning asosiy vazifalarini hal qilishga qaratishdan iborat bo’ladi. Ularning asosiy o’rni - tayyorgarlik (ayniqsa uning ikkinchi bosqichida) hamda musobaqalar davrida yaqqol seziladi.

YAqinlashtiruvchi, modellashtiruvchi mikrotsikllar. Bunday mikrotsikllarning asosiy vazifasi sportchida musoba-qalashish sharoitidagi mashqlarni bajarishni talab etishdan iboratdir. Ularda bo’lajak musobaqalarning tartibi asos qilib olinadi va undagi mashqlar qayta takrorlab bajariladi. Bunda mehnat va to’la tiklanish dam olish tartibi masalalariga alohida e’tibor berish kerak. SHunday qilish lozimki, sportchi musobaqalarga horib-charchab kelmasligi zarur.

Tiklanish mikrotsikllari – odatda xaftalik mikrotsikllar seriyasi mana shu tiklanish mashqlari bilan poyoniga yetkaziladi. Ularni qizg’in musobaqalar faoliyatidan keyin ham o’tkazish rejalashtiriladi.

Musobaqa mikrotsikllari. Bunday mikrotsikllar orqali bellashuvlarda ishtirok etiladi. Ularni u yoki bu sport turi bo’yicha o’tkazilishi mo’ljallanayotgan musobaqalar dasturiga muvofiq ravishda tuzib chiqiladi. Tayyorgarlik mikrotsikllarini to’g’ri tuzib chiqish uchun quyidagi omillarni bilish zarur. Kattaligi va yo’nalishi turlicha bo’lgan yuklamalar sportchi organizmiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Bunday yuklamalardan keyin, kuch-quvvatni tiklash dinamikasi va jarayonlari qanday davom etadi? Ancha kattaroq jismoniy zo’riqishlardan keyin kuch-quvvatni tiklab olish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida kichik va o’rtacha yuklamalardan foydalanish imkoniyati qanday? Mikrotsiklda yuklama bilan dam olishni o’zaro almashtirib turish quyidagi uch xil ko’rinishdagi reaksiyalarga olib kelishi mumkin:

tayyorgarlik – mashq ko’rsatkichi darajasining maksimal sur’atining o’sishi;

unchalik katta bo’lmagan tayyorgarlik samarasining mavjudligi yoki bunday samaraning umuman bo’lmasligi;

sportchining qattiq toliqishi.
Birinchi xildagi reaksiya
Bu barcha hollar uchun xos bo’lib, optimal miqdordan katta va o’rtacha yuklamali mashg’ulotlar mikrotsikllar tarkibiga kiritiladi. Bunday turli yuklamali mashg’ulotlar, o’zaro bir-biri bilan, shuningdek kichik yuklamada o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan oqilona almashtirib turiladi.

Ikkinchi xildagi reaksiya
Bunday reaksiya turidagi mashg’ulotlar (mikrotsikl tarkibiga kiradigan mashg’ulotlar) soni o’z yuklamasi bilan sportchi tayyorgarligi uning mashqlanganligining o’sishiga turtki siftida oz ta’sir ko’rsatsa, u holda bunday mashg’ulotlar ushbu turga mansub bo’ladi.

Uchinchi xildagi reaksiya

Mashg’ulotlar xaddan tashqari katta-katta yuklamalar bilan o’tkazilsa yoki ular nooqilona tarzda bir-biri bilan almashtirib turilgan bo’lsa, mashg’ulotlarning suiste’mol qilinishi mana shu uchinchi xildagi reaksiyaga sababchi bo’ladi.

Ayrim zarbdor mikrotsikllarda turli yo’nalishdagi ishlar rejalashtiriladi. Bunday ishlar tayyorgarlikning turli ji-hatlarining iloji boricha ko’proq takomillashtirilishini ta’-minlashi kerak. Bunday tayyorgarlik muayyan bir bosqichda tuziladigan tayyorgarlik tuzilmasi qonuniyatlariga muvofiq kelishi lozim. Ushbu qoidaning ijodiy tarzda amalga oshirilishi qaysi soha ustuvor darajadagi yo’nalish bilan ifodalangan bo’lsa, o’sha sohaga ko’proq yoki kamroq qo’llashni nazarda tutadi.

Biroq bunda ustuvorlik yaqqol ifoda etilgan, ya’ni yuklamalar bir tomonga yo’naltirilganda jamlangan mikrotsikllar hatto harakat (musobaqalashish) amallari cheklanmagan tartibdagi sport turlarida ham, masalan, eshkak eshish, yugurish, og’ir atletika, uloqtirish va boshqa sport turlarida keng ravishda qo’llanmasligi kerak.

YAkkama-yakka olishuv va sport o’yinlari hamda sportning murakkab muvofiqlashtiruvchi turlariga (gimnastika, akrobatika, badiiy gimnastika, figurali uchish va boshqa shunga o’xshashlar) kelganda shuni aytish lozimki, ularda bunday yo’nalishdagi mikrotsikllarni qo’llashga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Mashg’ulot yuklamalarini nazorat qilish
Mashg’ulot jarayonini boshqarishda mashg’ulot yuklamalarini nazorat qilish va tahlil etish katta ahamiyatga ega.

Mashg’ulot jarayonini boshqarish uchta bosqichni o’z ichiga oladi :

- boshqarish ob’ekti va ob’ekt shakllanadigan tashqi muhit to’g’risida axborot yig’ish;

- olingan ma’lumotlarni tahlil qilish;

- qaror qabul qilish va rejalashtirish.

Zamonaviy kurash treneri mashg’ulot yuklamasi darajasini muntazam tahlil qilib borishi va musobaqa faoliyati ko’rsatkichlari bilan uni taqqoslab turishi lozim. SHu orqali yuklamaning qanday turi sportchi texnikasini takomillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi, yuklama hajmi yetarlichami, har xil yuklama turlarining hajmi va yo’nalishi o’rtasidagi nisbat optimal qanchalik ekanligi aniqlanadi.

M.A.Godik (1980) tomonidan ishlab chiqilgan mashg’ulot yuklamalarining tasnifiga muvofiq yuklamalarni nazorat qilish hamda tahlil etish uchun quyidagi tavsiflarning son qiymatlarini aniqlash zarur:

-ixtisoslashganlik, ya’ni ushbu mashg’ulot vositasining musobaqa mashqi bilan o’xshashlik darajasi;

-u yoki bu harakat sifatini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning ta’sir etish yo’nalishi;

-mashg’ulot samarasi hajmiga ta’sir etuvchi koordinatsion murakkablik;

-mashqning sportchi organizmiga ta’sir etishining son darajasi sifatidagi hajmi.

Ushbu tavsiflarni sport kurashiga taalluqli holda ko’rib chiqamiz.

YUklamaning ixtisoslashganligi. Sport kurashi mashg’ulotlarida bajariladigan hamma mashqlar kurashchining ixtisoslashgan maxsus mashqlari, texnika va taktikani takomillashtirish mashqlari, sherik bilan mashqlar, bellashuvlardagi mahoratni takomillashtirish mashqlari hamda ixtisoslashmagan mashqlarga (sport o’yinlari, og’ir va yengil atletika, akrobatika va gimnastika, kross tayyorgarligi) bo’linadi. Mashg’ulotni rejalashtirishda ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan mashqlar nisbatini hisobga olish zarur. Ko’p sonli ixtisoslashmagan mashqlarni rejalashtirish o’smir kurashchilarning har tomonlama tayyorgarligiga yordam beradi. Ixtisoslashgan mashqlar ulushi sportchining ko’p yillik mashg’ulotlari jarayonida asta-sekin oshib boradi.

Ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan yuklamalar sonining trener tomonidan doimo qayd qilib borilishi mashg’ulot jarayonini maqsadli tashkil etishga yordam beradi.

YUklama yo’nalishi. Ma’lumki, sport kurashida musobaqa faoliyatining o’ziga xos xususiyati tezkorlik-kuch tayyorgarligi va maxsus chidamlilikka katta talablar qo’yishi bilan tavsiflanadi. SHuning uchun mashg’ulot yuklamalari kurashchining shu harakat sifatlarini tarbiyalashga qaratilishi lozim. Mashg’ulotlarda yuklamani to’rtta guruhga bo’lish qabul qilingan: anaerob-alaktat (tezkorlik-kuch); anaerob-glikolitik (tezkorlik chidamliligi); aralash; aerob (umumiy chidamlilik yuklamasi).

Mashg’ulot jarayonida turli yo’nalishdagi mashqlarni bajarish ketma-ketligini hisobga olib borish zarur. N.I.Volkov mashg’ulotda mashqlarni quyidagi ketma-ketlikda bajarishni oqilona hisoblaydi:

-avval alaktat-anaerob (tezkor-kuch), so’ngra anaerob-glikolitik mashqlar (tezkorlik chidamliligiga qaratilgan mashqlar);

-avval alaktat-anaerob, so’ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilikka qaratilgan mashqlar);

-avval anaerob-glikolitik (kichik hajmda), so’ngra aerob mashqlar.

Muallifning fikricha, mashqlar boshqacha uyg’unlashtirilsa, ijobiy o’zaro ta’sirga erishish juda qiyin, qolaversa, mumkin ham emas.

Trener amaliy faoliyatda mashg’ulot jarayoni yo’nalishini quyidagi tavsiflar: davomiylik va shiddat, mashqlar o’rtasidagi dam olish oraliqlari va xususiyati, takrorlashlar soni va bajarilayotgan mashqning koordinatsion murakkabligi bo’yicha o’zi baholay olishi lozim.

Trener, mashg’ulotlarda yuklamani qayd qilayotib, uni yuklamalar tasnifi bilan taqqoslashi zarur.

Mashqlar yo’nalishini yurak qisqarish sur’ati (YU+S) bo’yicha nazorat qilib borish mumkin. Maksimal shiddatda va kichik hajmda bajariladigan mashqlar, oddatda, tezkorlik-kuch sifatlarining rivojlanishiga ta’sir etadi.

Xuddi shunday, lekin katta hajmdagi mashqlar yoki katta shiddat bilan 30-120 s. atrofida bajariladigan mashqlar tezkorlik chidamliligiga ta’sir ko’rsatadi. Ularni bajarish paytida YU+S 160-190 zarb/daq. gacha yetadi. Uzoq vaqt davom etadigan kam shiddatli mashqlar umumiy chidamlilikning takomillashishiga ta’sir etadi, YU+S- 130-160 zarb/daq.

Ma’lumotlariga ko’ra, mashqlarning YU+S bo’yicha yo’nalishini qayd qilishda ularning ketma-ketligini hisobga olish lozim. Bu ketma-ketlik mashg’ulot boshidagi xuddi shu mashq bilan solishtirganda, uning yakunida YU+S ning nisbatan 20-30%ga oshishiga imkon beradi. Birinchi holda yuklama umumiy chidamlilikning, ikkinchi holda tezkorlik chidamliligining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.

YUklamaning koordinatsion murakkabligi. Bu tavsif mashg’ulot yuklamalarini kamida ikkita: oddiy (raqib qarshiligisiz, kam tezlikda va h.k.) va murakkab (musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan holda) guruhlarga taqsimlashni nazarda tutadi. Mashg’ulotlarda oddiy va murakkab texnik harakatlarni nazorat qilib borish zarur.

Oddiy texnik harakatlarga dast ko’tarishlar, siltab ko’tarishlar, ushlab olishlar, ushlab olishlardan chiqib ketish, oddiy hujum harakatalari kiradi (HH, ya’ni hujum darhol usul tarkibidan boshlanadi).

Murakkab texnik harakatlarga murakkab hujum harakatlari (MHH, ya’ni taktik tayyorgarlik usullari bilan hujum harakatlari va usullar kombinatsiyalarini qo’llab hujum qilish), himoyalanishlar, qarshi usullar, usullar bog’lanishlari, ya’ni ikki usul birikmasidan (birinchisi tik turishda- parterda boshlanadi, ikkinchisi parterda yakunalanadi) iborat usullar kiradi.

Sport kurashi bo’yicha yirik musobaqalarning tahlili shuni aniqlashga imkon beradiki, MHH ni tez-tez qo’llab turadigan kurashchilar katta muvaffaqiyatlarga erishar ekan. Demak, mashg’ulotlarda murakkab texnik harakatlarni rejalashtirish kurashchining jismoniy imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.

YUklama hajmi. YUklama hajmi deganda sportchi bajarayotgan mashqlarning uning organizmiga ta’sir etish darajasi (maksimal, katta, o’rta, kichik) tushuniladi. YUklama hajmi, odatda, hajm va shiddat ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi.

Kurashchilar mashg’ulotida yuklama hajmini nazorat qilayotib, quyidagilarni qayd etish zarur: mashg’ulot va musobaqa faoliyatiga sarflangan vaqt (soatlar, kunlar, haftalar, oylar), mashg’ulotlar soni (sikllar, bosqichlar, davrlar).

Sport kurashida V.A.Sorvanov tomonidan taklif etilgan yuklamalar shiddatining tasnifi qo’llaniladi
YUklamalar shiddatini tasniflash

(V.A.Sarvanov bo’yicha)



Mashg’ulot ta’siri yo’nalishi

YU+S

Baho, ballar




10 sek.

1 daq.







ichida




Ko’proq aerob

19

144

1




20

120

2




21

126

3




22

132

4




23

138

5




24

144

6




25

150

7

Aralash aerob-anaerob

26

156

8




27

162

10




28

168

12




29

174

14




30

180

17

Anaerob-glikolitik

31

188

21




32

192

25




33

198

35


Mashg’ulotdagi yuklama hajmini aniqlash uchun mashqdan keyin YU+S ning o’rtacha hisobi topiladi, so’ngra jadvaldan shiddat qiymati topiladi, uni shu mashqni bajarish vaqtiga ko’paytiriladi. YUklama hajmini mashg’ulotning ta’sir etish yo’nalishi bo’yicha qayd etish maqsadga muvofiqdir.

Mashg’ulot dasturini tuzuvchi trener sportchi tomonidan bajarilgan ishlar to’g’risida aniq hamda ishonchli ma’lumotga ega bo’lishi lozim, trener uning tayyorgarligidagi ijobiy hamda salbiy tomonlarni bila turib, mashg’ulot jarayonini maqsadga muvofiq holda amalga oshirishi mumkin.
Mashg’ulot yuklamasining kattaligini aniqlash uchun mashqdan keyin o’rtacha YU+S o’lchanadi, so’ngra jadvaldan shiddatning qiymati topilib, u mazkur mashqni bajarish uchun sarflangan vaqtga ko’paytiriladi. YUklama kattaligini, imkon bo’lsa, mashg’ulot ta’sirining yo’nalishi bo’yicha qayd etish kerak.

SHunday qilib, bizning mashg’ulotimizda umumiy ish muddati 60 daqiqani tashkil etadi. Har bir mashq uchun biz YU+S ning o’rtacha ko’rsatkichini va sarflanadigan vaqtni aniqlaymiz. V.A.Sarvanov jadvali asosida biz mashg’ulot shiddati ballini bilib olamiz. Masalan, badan qizdirish mashqlari YU+S 132 zarbag’daq bo’lgani holda 15 daq.davom etgan, bu 7.2.4-jadvalga ko’ra 4 ballga teng. Endi, formulaga asosan, yuklama kattaligini aniqlaymiz, bunda mashqni bajarish uchun sarflangan vaqt uning shiddati balliga ko’paytiriladi.

Mazkur mashg’ulot yuklamasini sportchi organizmiga ta’sirning yo’nalishiga qarab ham aniqlash mumkin. Odatda, ishning shiddati vaqtini uch zonada hisoblash mumkin:

I-asosan aerob YU+S –140-150: II-zona-aralash-aerob–anaerob YU+S – 156-180 va III-zona – anaerob YU+S-186 va undan baland.

SHunday qilib, birinchi zonada bajarilgan ishning umumiy vaqti 39 daq. yoki umumiy vaqtning 65%ini, yuklama kattaligi esa 182 shartli birlikni tshkil etdi. Ikkinchi zonada ish vaqti 15 daq ga yoki umumiy vaqtning 25% ga, yuklama kattaligi esa 150 shartli birlikka teng bo’ldi. Uchinchi zonada sportchi 6 daq. yoki umumiy vaqtning 10% icha ish bajardi, yuklama kattaligi esa 126 shartli birlikni tashkil qildi.

Mashg’ulot yuklamasini bunday tahlil qilish mikro-mezo-, makrotsiklda bajarilgan ish kattaligini aniqlashga imkon beradi.
Download 202,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish